Imitatsion modellashtirish tushunchasi



Yüklə 42,25 Kb.
tarix17.09.2022
ölçüsü42,25 Kb.
#63741
Imitatsion modellashtirish tushunchasi


Imitatsion modellashtirish tushunchasi
Imitatsion model – murakkab tizimlarni tadqiqot qilishning universal vositasi, tizimning alohida elementlarini harakatini va ularning modellanuvchi tizimda paydo bo‘luvchi hodisalarning ketma-ketligini aks ettiruvchi o‘zaro ta’siri qoidalarining mantiqiy-algoritmik tasnifidir. Agar statistik modellashtirish imitatsion modeldan foydalanib bajarilsa, bunday modellashtirish imitatsion deb nomlanadi. Statistik va imitatsion modellashtirish tushunchalari ko‘pincha sinonim sifatida ko‘riladi. Lekin nazarda tutish kerakki, statistik modellashtirish imitatsion bo‘lishi shart emas. Masalan, aniq integralni Monte-Karlo usulida statistik tajribalar to‘plami asosida integralosti maydonni aniqlash yo‘li bilan hisoblash statistik modellashtirishga kiradi, lekin imitatsion deb nomlanmaydi. Imitatsion modellashtirish harakatlanishi diskret xarakterga ega bo‘lgan murakkab tizimlarni tadqiqot qilishda, shu bilan birga ommaviy hizmat ko‘rsatish modellarida ham keng qo‘llanildi. Bunday tizimlarning harakatlanish jarayonlarini tasniflash uchun odatda vaqt diagrammalaridan foydalaniladi. Vaqt diagrammasi – tizimda bo‘layotgan xodisalarning ketma-ketliginig grafik taqdim etilishidir. Vaqt diagrammalarini qurish uchun tizim ichidagi xodisalarning o‘zaro aloqasini aniq tasavvur qilish kerak. Diagrammalarni tuzishda batafsillik darajasi modellanuvchi tizim xususiyatlari va modellashtirishning maqsadlariga bog‘liq bo‘ladi. Har qanday tizimning harakatlanishi vaqt diagrammasida yetarli darajada to‘liq aks ettiriladi, shuning uchun imitatsion modellashtirishni alohida elementlar harakatlanish xarakteri va ularning o‘zaro bog‘liqliklari haqidagi axborotlar asosida o‘rganilayotgan tizimning harakatlanish diagrammasining amalga oshirish jarayoni deb aytish mumkin.
Imitatsion modellashtirish odatda EHMda berilgan aniq mantiqiy algoritmik tasnifni amalga oshiruvchi dasturga binoan bajariladi. Bunda o‘rganilayotgan tizimni ishlashining bir nechta soati, xaftasi yoki yillari EHMda bir necha daqiqa ichida modellanishi mumkin. Ko‘p xollarda model tizimning aniq analogi emas, balki shunchaki ramziy aks ettirilishi bo‘ladi. Lekin bunday model boshqa usul bilan bajarib bo‘lmaydigan o‘lchashlarni amalga oshirishga imkon beradi. Imitatsion modellashtirish o‘rganilayotgan tizim ustida bevosita ta’sirsiz tajriba, baholash va ilmiy tajribalar o‘tkazishga imkon yaratadi. Har qanday aniq tizimni tahlil qilishda birinchi qadamda elementlar ajratiladi va bu elementlarni o‘zaro ishlashini boshqaruvchi mantiqiy qoidalarni ifodalanadi. Buning natijasida olingan tasnif tizimning modeli deb nomlanadi. Modelning ichiga tizimning qiziqish o‘yg‘otayotgan yoki tadqiqotga muxtoj aspektlari kiradi. Har qanday modelni yaratishdan maqsad modellanuvchi tizimning xarakteristikalarini o‘rganish bo‘lganligi uchun imitatsion modelga matematik statistika usullariga asoslangan formula va xarakteristikalar bo‘yicha statistik axborotni yig‘ish va qayta ishlash vositalari kiritilishi kerak.
Ommaviy hizmat ko‘rsatish tizimi (OHKT) nazariyasi
Xotira qurilmasi (bufer) – buyurtmalarni hizmat ko‘rsatish qurilmasidan oldin kutib turish uchun joylar to‘plami bo‘lib hizmat qiladi. Kutish uchun joy soni xotira qurilmasining sig‘imini belgilaydi. OHKT kirishiga tushgan buyurtma ikki hil holatda bo‘lishi mumkin: Hizmat ko'rsatish (qurilmada) holatida; Agar hamma qurilmalar boshqa buyurtmalarga hizmat ko‘rsatish bilan band bo‘lsa, kutish holatida (xotira qurilmasida). Xotira qurilmasida va hizmat ko'rsatishni kutishda bo‘lgan buyurtmalar navbatni hosil qiladi, xotira qurilmasidagi hizmat ko‘rsatishni kutayotgan buyurtmalar soni navbat uzunligini belgilaydi. Buferlash tartibi (BT) – xotira qurilmasi (bufer)ga tushayotgan buyurtmalarni xotiraga yozilish qoidasini tartibga soladi. Hizmat ko‘rsatish tartibi (XKT) – buyurtmalarni qurilmada hizmat ko‘rsatish uchun navbat tanlash qoidasini tartibga soladi.
Buyurtmalarga hizmat ko‘rsatish vaqti.
Hizmat ko‘rsatish vaqti – buyurtmaning qurilmada bo‘lish vaqti ya’ni, umumiy holda, kattalik tasodifiy va funsiyasi yoki taqsimot zichligi bilan yoziladi. Turli sinf buyurtmalariga hizmat ko'rsatish vaqtining yuklamasi bir jinsli bo‘lmagan holda, taqsimlash qonunlari yoki faqat o‘rtacha kattalik bilan farq qilishi mumkin. Odatda har bir sinf buyurtmalariga hizmat ko‘rsatish vaqtining bog‘liq emasligi ko‘rsatiladi.
Buyurtmalar oqimini boshqarish strategiyasi.
Ommaviy hizmat ko‘rsatish modelida buyurtmalar oqimini boshqarish strategiyasi quyidagi ko‘rinishda beriladi: Buferlash tartibi (BT); Hizmat ko'rsatish tartibi (XKT). XKT va BT lar quyidagi xususiyatlari bo‘yicha tasniflanadi:
- Turli sinf buyurtmalari orasida imtiyozning bo‘lishi;
- Buyurtmalarni navbatga qo‘yish usuli (BT uchun) va hizmat ko'rsatish uchun olish (XKT uchun).
- Buyurtmalarni navbatga qo‘yish yoki hizmat ko'rsatishga tanlash qoidasi;
- Imtiyozning o‘zgartirish imkoniyati.
Ommaviy hizmat ko‘rsatish tarmog‘i modellarining tasnifi.
Diskret xarakterli real tizimlarni funksiyalashtirishni modellashtirishda OHKT ko'rinishidagi bazaviy modellar keng qo‘llaniladi, ular quyidagicha tasniflanadi:
xotira qurilmasidagi joylar soni bo‘yicha;
hizmat ko‘rsatuvchi qurilmalar soni bo‘yicha;
OHKT ga tushuvchi buyurtma sinflari soni bo'yicha.
OHKT ning parametr va xarakteristikalari.
OHKT ni tavsiflash uchun uch guruh parametrlardan foydalaniladi:
struktura;
yuklama;
funksional parametrlar (boshqaruv parametrlari).
Struktura parametrlariga quyidagilar kiradi:
- hizmat ko‘rsatuvchi qurilmalar soni K, 1 ga teng bo‘lsa bir kanalli OHKT va K>1 bo‘lsa ko‘p kanalli OHKT;
- xotira qurilmalari soni k va sig‘imi Ej (j=1,…,k);
- xotiraning qurilmalar bilan o‘zaro bog‘lanish usuli (ko‘p kanalli OHKT uchun), masalan, matritsali aloqa shaklida.
OHKTning yuklama parametrlariga quyidagilar kiradi:
tizimga tushuvchi buyurtmalar sinflari soni N, buyurtmalar oqimi bir jinsli OHKT lar uchun 1 ga teng, buyurtmalar oqimi bir jinsli bo‘lmagan OHKT lar uchun H>1;
tizimga tushayotgan i=1,…,H sinf buyurtmalari orasidagi vaqt intervalining taqsimot qonuni Ai(τ) yoki berilgan, masalan, intensivlik λi va variatsiya koeffitsienti νai shaklida intervalning birinchi ikkita moment taqsimoti;
i=1,…,H sinf buyurtmalariga hizmat ko‘rsatish vaqti taqsimot qonuni Vi(τ) yoki birinchi ikkita momentning ko‘pincha foydalaniladigan hizmat ko‘rsatish o‘rtacha vaqti bi yoki intensivligi μi=1/bi va variatsiya koeffitsienti νbi sifatidagi taqsimoti.
OHKT ning belgilanishi (Kendall simvolikasi).
Ommaviy hizmat ko‘rsatish tizimlarini ixcham qilib tavsiflash uchun ko'pincha D.Kendall tomonidan taklif etilgan quyidagi ko‘rinishdagi belgilanish ishlatiladi:
A/B/N/L bu erda A va B – mos holda buyurtmalarni tizimga tushish momentlari orasidagi vaqt intervali va buyurtmalarga qurilmada hizmat ko‘rsatish vaqti taqsimot qonunini beradi; N – tizimlagi hizmat ko‘rsatuvchi qurilmalar soni (N=1,2,…,∞); L – xotira qurilmasidagi joylar soni, 0,1,2,... qiymatlarni qabul qilishi mumkin (L ning mavjud bo‘lmasligi xotira qurilmasi cheksiz sig‘imga ega ekanligini ko‘rsatadi).
A va B taqsimot qonunlarini berish uchun quyidagi belgilashlardan foydalaniladi:
G (General) – umumiy shakldagi ihtiyoriy taqsimot;
M (Markovian) – eksponensial (ko‘rsatkichli) taqsimot;
D (Deterministik) – determinirlangan taqsimot;
U (Uniform) – tekis taqsimot;
Ek (Erlangian) – Erlangning k-tartibli taqsimoti (k ta ketma-ket bir xil eksponentsial fazalar bilan);
hk (hiroexponential) – k-tartibli gipoeksponensial taqsimot (k ta ketma-ket har xil eksponensial fazalar bilan);
Hr (Hiperexponential) – r tartibli gipereksponensial taqsimot (r ta parallel eksponensial faza bilan);
g (gamma) – gamma taqsimoti;
P (Pareto) – Pareto taqsimoti va h.k.
Misollar:
M/M/1 – cheksiz sig‘imli xotira qurilmasiga ega bir kanalli OHKT, tushayotgan bir jinsli buyurtmalar oqimidagi ketma-ket buyurtmalar orasidagi vaqt intervali (oddiy oqim) va qurilmada buyurtmaga hizmat ko‘rsatish vaqti eksponensial taqsimot bilan berilgan.
M/G/3/10 – xotira sig'imi 10 ga teng 3 kanalli OHKT, bunda tushayotgan bir jinsli buyurtmalar oqimidagi ketma-ket buyurtmalar orasidagi vaqt intervali eksponensial taqsimot (oddiy oqim) va qurilmada buyurtmaga xizmat ko'rsatish vaqti umumiy shakldagi taqsimot qonuni bilan berilgan.
D/E2/7/0 – xotirasiz (xotira sig'imi 0 ga teng) 7 kanalli OHKT, bunda bir jinsli buyurtmalar oqimidagi ketma-ket buyurtmalar determinirlangan vaqt intervali (determinirlangan oqim) bilan tushadi va qurilmada buyurtmaga hizmat ko‘rsatish vaqti Erlangning 2-tartibli taqsimot qonuni bilan berilgan.
Buyurtmalar oqimi bir jinsli bo'lgan OHKT xarakteristikalari.
Funksiyalashtirish xarakteri stoxastik bo‘lgan tizimlar xarakteristikasi tasodifiy kattaliklar hisoblanadi va to‘laligicha mos bo‘lgan taqsimot qonunlari bilan tavsiflanadi. Amaliyotda modellashtirishda faqatgina o‘rta qiymat (matematik kutilma) ni aniqlash bilan chegaralanadi, bu xarakteristikaning birinchi ikkita momenti aniqlanadi. Buyurtmalar oqimi bir jinsli bo‘lgan OHKT ning asosiy xarakteristikalari sifatida quyidagi kattaliklardan foydalaniladi:

1. Tizim yuklamasi.


Y=λ/μ=λb
2. Buyurtmaning navbatda o‘rtacha kutish vaqti w;
3. Buyurtmaning tizimda o‘rtacha bo‘lish vaqti, kutish vaqti w va hizmat ko'rsatish vaqti b ni o'z ichiga oladi:
u=w+b
4. Buyurtmalar navbatining o‘rtacha uzunligi:
l=λ·w
5.Tizimdagi buyurtmalarning o‘rtacha soni (navbatda va xizmat ko‘rsatuvchi qurilmada):
m=λ·u
Yuklama (нагрузка) va yuklanish (загрузка) OHKT ning tizimni funksiyalashtirish sifatini aniqlovchi muhim xarakteristikalari hisoblanadi.
Imitatsion modellar yaratishda o’quv-metodik qarashlari hamda uning me’yoriy tarkibi
Hozirgi kunda jamiyat hayotida innovatsion sohaning jadal rivojlanishi, iqtisodiyotda intellektual mahsulot, axborot va ilmiy-texnik va innovatsion faoliyat ulushining o’sishi shunga olib keldiki, innovatsiyalar xuddi foydali
qazilmalar, ishlab chiqarish quvvatlari va intellektual salohiyat kabi, mamlakatning boyligi hisoblana boshladi. Mamlakatimiz va uning har bir
fuqarosi manfaatlari yo’lida innovatsion va ilmiy-texnik salohiyatdan samarali foydalanishning mamlakatda kompleksli innovatsion siyosatni shakllantirish va
uni amalga oshirish uchun qonunchilik asoslari yaratmasdan turib hech ham imkoni yo’q edi. Bozor islohotlarining amalga oshirilishi, mamlakatning jahon
hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, jahon iqtisodiy tizimining bilimlar va axborot rolining o’sishi tomon o’zgarishi, yangi texnologiyalar va kapital bozori
o’rtasidagi aloqalar kuchayishi bilan mamlakatimiz iqtisodiyotining innovatsion rivojlanish yo’liga o’tishi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Dunyoning yetakchi
rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida rivojlanish umumiy qonuniyatlari va tendensiyalarini bilish, shuningdek, boy tabiiy resurslar, ishlab
chiqarish va ilmiy-texnik salohiyatga ega bo’lgan O’zbekistonning o’ziga xos sharoitlarini hisobga olgan holdagina O’zbekistonning innovatsion rivojlanish
yo’liga o’tish yo’llari va usullarini ishlab chiqish mumkin. Zamonaviy dunyoda intellektual mahsulotning tijoratlashuvi, fan va texnika rolining tubdan
o’zgarishi sababli har bir davlat, shuningdek, alohida korxonalar darajasigacha
bo’lgan quyi boshqaruv darajasidagi strukturalar bozor sharoitlarida ilmiytexnik
va innovatsion faoliyatga resurslar ajratish, bu faoliyat natijalarini amalga
oshirishga o’z munosabati xaqida tasavvurga ega bo’lishi, ya’ni mamlakat,
mintaqa, tashkilot va alohida shaxsning belgilangan ijtimoiyiqtisodiy
maqsadlariga samarali erishish imkonini beradigan o’z innovatsion siyosatini
ishlab chiqishi lozim. XX asrning oxiri, yangi ming yillikka o’tish davri jamiyat davriy
rivojlanishining bir bosqichidan boshqa, yanada ilg’or bosqichga o’tish bilan
mos keldi. Asrlar yuz ko’rishgan davrda ro’y bergan industrial jamiyatdagi
umumiy inqiroz sivilizatsiyaning barcha pog’onalarini: ehtiyojlar, qobiliyatlar,
bilim va ko’nikmalar ma’lum bir darajasiga ega bo’lgan insonni; ishlab
chiqarishning texnologik usulini, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni: mulkchilik,
taqsimot, ayirboshlash, milliy, siyosiy, huquqiy munosabatlarni; ma’naviy
qadriyatlar olami: fan, ta’lim, madaniyat, mafkura, jumladan, dinni qamrab oldi.
Ana shudnday jamiyatda insonga AKT vositalari bilan birga o`rganish jarayonini tezlashtirish uchun Kompyuter imitatsion model (KIM) tushunchasi kirib kela boshladi. Ushbu atama nafaqat ta`lim sohasida balki boshqa sohalardaham qo`llanila boshladi. Shu o`rinda model tushunchasini izoh qilib
o`tish kerak. Model (lat. modulus – o‘lchov, me’yor) – biror obyekt yoki
obyektlar tizimining obrazi yoki namunasidir. Masalan, Yerning modeli –
globus, osmon va undagi yulduzlar modeli. Keng ma’noda model deganda real
ob’ektlarning ixtiyoriy tasviri yoki ifodasi tushuniladi.Ob’ektlar bir-bridan
murakkablik darajasi bilan farq qilgani kabi, ularning modellari ham u yoki bu
murakkablik darajasiga ega bo‘ladi.Bundan tashqari ular ifodalanish xarakteri
bo‘yicha ham bir-biridan farqlanadi:og‘zaki tasvir, grafik tasvir, matematik
formula va tenglamalar, fizik ob’ektlar(real ob’ektlarning kichiklashtirilgan yoki
soddalashtirilgan analoglari).Modellar statik(o‘zgarmas tizimni aks ettiruvchi)
yoki dinamik(tizim faoliyatini ma’lum vaqt oralig‘ida kuzatish imkoniyati
bo‘lgan) bo‘lishi mumkin. Model inson bilish jarayonidagi muhim qurol hisoblanib, ob’ektning
tarkibiy qismlarini va ular orasidagi bog‘lanishni ko‘rsatib beradi.Bunda muhim
jihatlarga e’tibor qaratilib, ikkinchi darajalilar inkor etiladi.Bu bilan model
tasvirdan farq qiladi. Masalan, stol modeli gorizontal sirtning erdan maxsus
elementlar (oyoqlar) yordamida ko‘tarilib turishi faktini aks ettiradi.Bu stolning
qanday rangda ekanligi yoki qirilgan-qirilmaganligi ahamiyatga ega emas. O’t
o‘chirish mashinasi modeli uchun esa qizil rang muhim xususiyat hisoblanadi,
chunki u mashinaning maxsus vazifasi xaqida ma’lumot beradi[ 24, 142 ].
Turli murakkab ko‘rsatkichlar, jumladan, milliy daromad, ish bilan bandlik,
iste’mol, jamg‘armalar, investisiya ko‘rsatkichlarining dinamikasi va nisbatini
tahlil qilish, uni oldindan aytib berish uchun katta iqtisodiy modellar
qo‘llaniladi. Aniq, xo‘jalik vaziyatlarini tekshirishda kichik iqtisodiy
tizimlardan, murakkab iktisodiy tizimlarni tekshirishda, asosan, matematik
modellardan foydalaniladi. Tarixiy jarayonlar ham aynan ana shu kategoriyaga tegishli bo‘lib, ularga
og‘zaki modellash uslubi mos kelmaydi. Ko‘p hollarda matematik
modellashtirish uslubi effektiv bo‘lib, qaralayotgan ob’ekt faoliyati formula va
tenglamalar sistemasi vositasida ifodalanadi.Shu zaylda ehtimollar
nazariyasining matematik asosi bir holatdan boshqasiga tasodidiy o‘zgaruvchi
tizimlarni tasvirlashga imkon beradi. Ammo matematik modellashtirish ko‘p
sonli bir xidagi yoki bir-biriga o‘xshash elemenlar mavjud bo‘lgandagina effekt
beradi. Ko‘p sonly turli tipdagi ob’ektlarni tasvirlovchi matematik modellar
juda murakkablashib, katta xajmdagi hisob-kitoblarni talab etadi.Kompyuter
dasturlari og‘zaki, grafik va matematik modellash usullarini birlashtirish
imkoniyini beradi. Shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalari natijalarni
sonli, grafik va dinamik (animatsion) ko‘rinishlarda ifodalash imkoniyatlariga
ega. O’qitish nazariyasiga va bu sohaga oid bir qator ilmiy tadqiqotlar natijalari
ko‘rsatadiki, bugungi kunda o‘qitish asosan an’anaviy tushuntirish usullariga
tayangan holda olib borilmoqda. Gipermatn, gipermedia, grafika va kompyuterli
ovoz dasturlarining yaratilishi nafaqat axborot texnologiyalaridan ta’lim
tizimida samarali foydalanishga, balki undan fan mavzulari bo‘yicha
noan’anaviy darslarni tashkil etishga imkon yaratmoqda. Taraqqiy etgan xorijiy
davlatlar oliy o‘quv yurtlarida hamda respublikamizning yetakchi ta’lim
muassasalarida kompyuter texnologiyalari asosida o‘qitish jarayonini tahlil
qilinganda bir nechta yo‘nalishlarni ko‘rish mumkin [36]
Modellashtirish – bilish obyektlari (fizik hodisa va jarayonlar) ni ularning
modellari yordamida tadqiq qilish, mavjud predmet va hodisalarning modellarini
yasash va o‘rganishdir [25, 76]. Modellashtirish uslubidan hozirgi zamon fanida keng foydalanilmoqda. U
ilmiy tadqiqot jarayonini yengillashtiradi, ba’zi hollarda esa murakkab
obyektlarni o‘rganishning yagona vositasiga aylanadi. Mavhum obyekt, olishda
joylashgan obyektlar, juda kichik hajmdagi obyektlarni o‘rganishda modellashtirishning ahamiyati katta. Modellashtirish uslubidan fizika, astronomiya, biologiya, iqtisod fanlarida obyektning faqat ma’lum xususiyat va
munosabatlarini aniqlashda ham foydalaniladi. Modellashtirish hozirgi paytda til
o`rganishda ham ken foydalanilmiqoda. Ushbu modellashtirish ko`pincha
imitatsion model sifatida qo`llaniladi. Imitatsion model bu tasvirdagi obyektni
harakatini namoyon qilib unga ta`sir etuvchi omilni ro`yobga chiqaradigan
vosital mahsuliga aytiladi. Imitatsion model yaratishda unda meyoriy talablarni
bilib oshish birinchi masala hisoblanadi. Ushbu dastur o`ziga quyidag talablarni
o`z ichiga oladi.
1. Imitatsion model yaratishda dasturiy ta`minotlar bolan tanishib chiqish
2. O`quv uslubiy metodikasini yaratish hamda dars jarayonida qo`llanilish samarasi.
Ushbu model yaratishda dasturiy ta`minot deganda unda kerakli bo`ladigan
eng birinchi ma`lumotlar hisoblanadi. Chunki ma`lumotni aniq bir maqsadga
yo`naltirilmagan shaklda bo`lsa vertual resurslar orqali tayyorlanayotgan
imitatsion model mahsuli mavhumligicha qoladi. Ma`lumot yig`ilgandan so`ng
uning taxminiy xaritasi tuziladi. Ushbu xarita orqali imitatsion model tuziladi
hamda unga sayqal beriladi. Mahsulot tayyor holda kelishdan oldin uning
kamchiliklari yana o`rganiladi. Buni tajriba sifatida SamDCHTI da maxsus
jamoa bilan amalga oshirilgan ish mahsulida misol keltirilgan bo`lib, unda ham
eng birinchi ingliz tilidan maxsus o`quv uslubiy qo`llanmalar asosida imitatsion
modelning xaritasi tuzildi. Shundan so`ng uning ta`limda oqitilish metodikasiga
mos keladigan dasturlardan kelib chiqib ma`lumotlar yi`gildi. Ushbu
ma`luomtlar saralasjdan o`tib oxirida vertual resurslar orqali dasturni yaratish
amalga oshirildi. Ushbu misollar tajribadan olingan bo`lib bu nafaqat chet tilida,
balki boshqa ta`lim sohalarida ham metodik uslub sifatida qo`llaniladi. Misol
qilib biologiya fakultetidagi qilinayotgan imitatsion modellarni ham ko`raylik.
Asosan chizmalarni izohlash orqali qilinayotgan bu model chizmali modelning
kompyuter grafikasi orqali amalga oshirilayotgan harakati sifatida qaralishi
mumkin. Chet tilini esa ushbu grafalar orqali ham qilish mumkin unda
ko`pincha tarixilyik hamda o`zgaruvchanlikni hisobga olib amalga oshiriladi.
O`quv uslubiy metodikasini yaratish hamda uning dars jarayonida
qo`llanilish sifatini tekshirish, bu narsa hosil qilingan mahsulotni amaliyotda
qo`llash hamda talabalar orqali uning jarayonda qanday ta`sir qilishini
tekshirishdir. Zero imitatsion model metodik yo`nalishga ega bo`lgan chet
tilinining uslubiy qo`llanmasi talablariga javob bera oladigan bo`lishi shart.
Ushbu metodik qo`llanmalar imitatsion modellar yaratishda yo`nalish sifatida
qaraladi. Ingliz tilini o`qitishda talabaga tushunarli bo`lishi uchun turli metodlar
orqali dars o`tiladi. Bu narsa talabaga qiziqtirish uyg`otadi. Buning natijasida
fanga bo`lgan qiziqish yanada kuchayadi, shundan so`ng natija bilinadi. Ingliz
tilini o`rgatishda eng birinchi uning qanday metodda o`qitilishi muhim
hisoblanadi. Metod tushunchasi ham uslub tushunchasiga ega bo`lib har xil
uslublarni qo`llab talabaga yoki o`rganuvchiga ingliz tilini sifatli tarzda
yetkazishga aytiladi. Metod tushunchasi nafaqat tili o`rganishda balki turli
sohalarda ham qo`llanilmoqda. Ana shunday metodlar orqali ham imitatsion
modellar yaratilishi mumkin, chunki metod vertual resurslarni qanday qilib
ro`yobga chiqarib uni havola qilishini ta`minlaydi.
Demak imitatsion modellar orqali vertual resurslar yaratishda nafaqat uning
o`quv metodik qarashlariga balki uning meyoriy tarkibiga ham e`tibor qaratish
kerak. Chunki tarkib orqali uning yo`nalishi anqlanadi. Strukturasi tuzilib
jarayonni yaratish tuziladi. Imitatsion model qurish jarayonida chet tilini ayniqsa
ingliz tilidan mavzularni tanlab olish va ularga tasvir grafalarini harakatga
keltirish, bu uning to`liq amalga oshirilganini bildiradi. Chunki so`nggi jarayon
faqat tekshirish jarayoni bo`lib unda tayyor modelni faqatgina amalda qo`llash
qoladi xolos.
Yüklə 42,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin