Imkoniyati cheklangan bolalarning sog’lom bolalar bilan bir qatorda va barcha sharoitlar yaratilgan muhitda o’qishi. Reja:
1. Inklyuziv ta`limni tashkil etish.
2. Imkoniyati cheklangan bolalarning bilim olishga qiziqishlari.
3. Imkoniyati cheklangan bolalar ta`limi uchun zarur sharoitlar.
Inklyuziv ta’lim vazifasi bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat’i nazar, ularning barchasiga sifatli ta’lim taqdim etishdan iborat. Shu bilan birga, inklyuzivlik tamoyili imkoniyatlari cheklangan bolalar ijobiy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga ega bo‘lishlari uchun oilada yashashlari va o‘z tengdoshlari bilan birga oddiy maktabda bilim olishlari lozimligini nazarda tutadi. Inklyuziv ta’lim tizimi nogironlar aravachasidagi bola yaqin atrofda joylashgan har qanday maktabda ta’lim olishi, o‘zlashtirishda qiynalayotgan bo‘lsa, o‘qish va yozishga o‘rganish uchun maxsus yordamga ega bo‘lishi, darslarga qatnamay qo‘ygan bolaga esa maktabga qaytish uchun tegishli yordam ko‘rsatilishini kafolatlaydi. O‘tgan yigirma yil davomida maxsus ehtiyojli bolalarni umum ta’lim muassasalari tizimida o‘qitish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Ammo, inklyuziv ta’limi tizimini joriy qilish asosan shaharlar miqiyosida bo‘lib qishloqlardagi hududlarda hali-hamon maxsus ehtiyojli bolalar ta’limdan chetda qolib ketmoqda yoki qishloqlardagi ota-onalar nogiron farzandini shaharlardagi maxsus muassasalarga qatnashlarini ta’minlash uchun qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Shuning uchun ham maxsus ehtiyojli bolalarni inklyuziv ta’limga jalb etish barcha hududlarda barcha maxsus ehtiyojli bolalarni qamrab olgan bo‘lishi ta’minlanishi lozim. Nogiron bolalarga ularga nogiron deb faqatgina nuqson jihatdan yondashishi emas, balki bu bolalrga har tomonlama yondashish lozim. Bu esa maxus ehtiyojli bolalar uchun ta’lim masalasini rejalashtirayotgan uning butun hayoti davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ehtiyojini hisobga olgan holda tuzishni talab etadi . Bundan tashqari, inklyuziv ta’limda nogiron boladagi mavjud nuqonlarni bartaraf etish, korrektsiyalash, kompensatsiya qilish bilan bir qatorda bilim ko‘nikmalarga ega qilish, kasb hunarga o‘rgatish ishlarini parallel ravishda olib borish talab etiladi. Bu tamoyilning mohiyatida maxsus ehtiyojli bolalarga ilk yosh davrida erta yondashish ham yotadi. Maxsus ehtiyojli bolalar ta’limi boshlang‘ich va o‘rta-maxsus ta’limni olishlari blan yakunlanmasligi kerak. Nogiron bolalarning kasb-hunar ta’limi va oliy ta’limi ham amalga oshirilishi taalab etadi. Chunki inklyuziv ta’lim tizimining vazifalaridan biri maxsus ehtiyojli bolalrni har tomonlama rivojlantirish, ularning barcha huquqlarini ta’minlashdan iboratdir. Maxsus ehtiyojli bolalar ta’lim tarbiyasi masalasi bugungi kunda eng dolzarb masalalar sirasiga aylanib bormokda. Maxsus ta’lim imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’lim tizimi sifatida rivojlangan. Ushbu ta’lim imkoniyati cheklangan bolalarning ehtiyojlarini umumta’lim muasasalarida qondirib bo’lmaydi degan taxminlar asosida qurilgan. Maxsus ta’lim butun dunyoda maktab yoki internat shaklida, shuningdek umumta’lim maktablarining katta bo’lmagan qismlari sifatida faoliyat yuritadi. Maxsus ehtiyojli bolalarning maxsus ta’lim tizimda o’qitilishi ularning maktabni tugatgach ijtimoiy jamiyatga moslashib ketishlarini qiyinlashtiradi. Shuningdek ularning o’z oilasidan uzokda bo’lishlariga majbur qiladi. Bu toifa bolalar boqimandalikka o’rganib qoladilar, o’z-o’ziga xizmat qilishlarida qiyinchiliklarga duch keladilar. Bundan tashqari juda ko’plab maxsus ehtiyojli bolalar ta’limdan chetda qolib ketmokdalar. Hozirgi kunda Respublikamizda alohida yordamga muhtoj bolalarni rivojlanish darajasi, imkoniyati nuqson xususiyatlari va qobiliyatlariga ko’ra maxsus yoki umumta’lim tizimida ta’lim olishini amalga oshirish maqsadida inklyuziv ta’lim siyosati amalga oshirilmokda. Inklyuziv ta’lim bu -davlat siyosati bo’lib, nogiron va sog’lom bolalar o’rtasidagi to’siqlarni bartaraf etish, maxsus ta’limga muhtoj bolalar, (ayrim sabablarga ko’ra nogiron bo’lgan) o’smirlar rivojlanishda uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat’iy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo’naltirilgan umumta’lim jarayoniga qo’shishni ifodalovchi ta’lim tizimidir. Inklyuziv ta’lim alohida yordamga muhtoj bolalarni normal rivojlanishdagi bolalar bilan teng xuquqlilik asosida ta’lim tarbiya olishlarini taminlaydi. Shuning uchun ham ahamiyatlidir. Tavsiyalarda barcha bolalarning ta’lim olish muhitini o’rganib maxsus ehtiyojli bolalarning ta’limiy ehtiyojlariga umumiy baho beriladi. Asosiy ma’no shundaki, sog’ligining yomonlashuvi yoki rivojlanishining orqada qolishi sababli alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalarni ham mumiy ta’lim jarayoniga kushish mumkin. Inklyuziv ta’limda, ta’lim berishning diqqat markazida bola turadi (o’quv rejasi emas) deb bu jarayonga yondashadi. Ushbu yondashuvlar bolalar xar xil sharoitda o’qiydi , rivojlanadi, ma’lumotni xar xil tezlikda qabul qiladi degan e’tirofga asoslanadi. Ular xar bir bolaning shu qatorda maxsus ehtiyojli bolalarning ham ehtiyojlarini qondiradigan ta’lim muxitini yaratib berishga qaratilgan. Mazkur tavsiyalarning maqsadi - maktablarni maxsus ehtiyojli bolalarnig ehtiyojlariga javob beradigan qilib moslashtiradigan jarayonni qo’llab– quvvatlash. «Moslashtirish» deganda nafaqat maxsus ehtiyojli bolalarni maktabga bemalol borib kelishi, balki shu qatnashdan kandaydir foyda olishi va optimal o’quv rejasining mavjudligidir. Maktab muxiti moslashuvchan bo’lib, bola ta’limdagi tartibga moslashishi kerak deb taxmin qilinmasdan, alohida xar bir bolaning ehtiyojlarini qondirishi kerak. Maxsus yordamga muhtoj bo’lgan bolalar ta’lim-tarbiyasi ularni o’qish va yozishga o’rgatish muammolarini ijtimoiy hayotga moslashtirishga ko’mak berish, bu ishlarni samarali amalga oshirish, maxsus soxa xodimlari hamda nogron bolalar ota-onalariga amaliy yordam berish kabi masuliyatli ishlar jumlasiga kiradi. Maxsus yordamga muhtoj bolalar asosiy muamolarini ular o’zlari yashab turgan muxitdan, oiladan uzoqda ta’lim tarbiya berish bilan hal qilib bo’lmaydi. Jamiyat o’z a’zolariga javobgarlikni o’z bo’yniga olmas ekan, cheklab qo’yilgan huquq va imkoniyatlar qaytarib berilmas ekan ijtimoiy integrasiyaga erishish qiyin. Maxsus ehtiyojli bolalarni ta’lim tarbiyasida tenghuquqlilik muammosini hal etish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Ammo bugungi kunda ham juda ko’plab bolalar turli xildagi sabablarga ko’ra ta’limdan chetda qolib ketmoqdalar. Inklyuziv ta’limga jalb qilishning tashkiliy, ilmiy-uslubiy choralarini ko’rib chiqish ya’ni mutaxassislarini tayyorlash, malakasini oshirishga oid tadbirlarni ishlab chiqish lozim. Alohida yordamga muhtoj bolalarni umumta’lim muassasalariga jalb qilishning ikki asosiy omili bor: Birinchidan, alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalar ham sog’lom bolalar bilan birgalikda o’zaro faoliyat ko’rsatishlari mumkin. Inklyuziv ta’lim maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilsa, maxsus ehtiyojli bolalar ijtimoiy tomondan himoyalanadilar, sog’lom bolalar esa ijtimoiy adolat va tenglikning tan olinishi buyukligini nogiron bolalarga nisbatan yanada mehribon va e’tibor bilan munosabatda bo’lishni his etadilar. Ikkinchidan, nogiron bolalar ham sog’lom tengdoshlari bilan yonmayon o’qish, tarbiyalanish huquqiga ega ekanligi. Bu ishlarni muvaffaqiyati xar bir davlatning qonunlarida aks etilishi zarur. Inklyuziv ta’limga bo’lgan ehtiyoj uning jamiyatga va maxsus ehtiyojli bolalar uchun quyidagi nafli jihatlari mavjudligidan kelib chiqadi: Inklyuziv ta’lim maxsus ehtiyojli bolalarga doimo o’z oilasi mahallasi va qarindosh-urug’lari davrasida bo’lishga imkon beradi. Bolalarni oilasidan, uyidan uzoqda bo’lgan iternatlarga joylashtirish ularning uyi, oilasi hamjamiyat hayotiga ishtirok etish huquqiga to’sqinlik qiladi. Uyidan, oilasidan, ota-ona mehridan uzoqda bo’lgan bola diydasi qattiq bo’lib o’sadi. Chunki oila tarbiyaning bosh markazidir. Inklyuziv ta’lim barcha uchun ta’lim sifatini yaxshilaydi. Inklyuziv ta’lim ta’lim sifatini yaxshilashga olib keladigan katalizator bo’lib xizmat qilishi mumkin. Maxsus ehtiyojli bolalrni umumta’lim muassasalariga qabul qilinishi o’quvchilarni yanada bolaga qaratilgan faolroq va ko’proq o’quvchilarni qamraydigan yangi o’qitish uslublarini ishlab chiqishga undaydi. Buning nafi esa hamma bolaga tegadi. Inklyuziv ta’limga yangicha fikrlarning talqin etilishi milliy, tashkiliy va uslubiy islohotlarni talab etadi. Maxsus ta’limga muhtoj bolalar hozirgi maktab tizimida ehtiyojlari qondirilmayotgan bolalardir. Shu sababdan maktablar barcha bolalarning turli xildagi va umumiy maqsadlari, intilishlari, qiziqishlariga javob berishi va ularning bilim olishlarini ta’minlashi lozim. Inklyuziv ta’limni rivojlantirish uchun umumiy ta’lim tizimiga tarkibiy o’zgartirishlar kiritish muhimdir. “Umum ta’lim” va “maxsus ta’lim” o’rtasidagi to’siqlar olib tashlanishi kerak. Maxsus ta’lim oddiy ta’limning bir qismi bo’lishiga qaramasdan, o’zining o’quvchilari, o’qituvchilari, boshqaruv jamoasi va ta’minot tizimidan tashkil topgan ikkita ta’lim tizimi amalda qo’llanilib kelinmoqda. Barcha o’quvchilarning talablariga javob beruvchi “Inklyuziv maktab”da bunday tizimga ehtiyoj qolmaydi. Islohotlar ta’lim maqsadlarining amaliyotini boshqarish mumkin, lekin ularning pedagogik amaliyotini to’g’ridan-to’g’ri boshqara olmaydi. Shu sababdan samarali bo’lishi uchun islohotlar yaxshi muhokama qilinishi va ta’lim tizimi boshqaruvchilar hamda uni amalda qo’llovchilar tomonidan ko’rib chiqilishi kerak.
Xulosa.
Albatta,nogiron bolalar uchun yaxshi bo‘lgan qulayliklar normal rivojlanishdagi bolalar uchun hech bir muammo keltirib chiqarmaydi. Jismonan bog‘lanishlarni yaratish inklyuziv ta’limning asosiy muammolarini hal etishga xizmat qiladi. Bundan tashqari inklyuziv ta’limda nogiron boladagi mavjud nuqonlarni bartaraf etish, korreksiyalash, kompensasiya qilish bilan bir qatorda bilim ko‘nikmalarga ega qilish, kasb hunarga o‘rgatish ishlarini parallel ravishda olib borish talab etiladi. Bu tamoyilning mohiyatida maxsus ehtiyojli bolalarga ilk yosh davrida erta yondashish ham yotadi.
– 2019 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘yicha rasmiy tarzda 710 mingga yaqin nogironligi bo‘lgan shaxs ro‘yxatga olingan. Ularning 101 ming nafari – 16 yoshgacha bo‘lgan imkoniyati cheklangan bolalardan iborat.
Bu bolalarni ta'limga qamrab olinishida kamchiliklar bor. Masalan, ta'lim bilan qamrab olinmagan, uyda o‘tirib qolayotgan imkoniyati cheklangan bolalar bor. Agar maktablarda inklyuziv ta'lim bilan qamrab olish uchun sharoit yaratilsa, 101 ming imkoniyati cheklangan bolalarning 80 ming nafari bemalol maktabga bora oladi.
Hozir «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonun Senat tomonidan ko‘rib chiqilyapti. Qonunning 20-moddasida inklyuziv ta'lim to‘g‘risidagi band kiritilyapti. Biroq bu modda xalqaro talablarga javob bermaydi.
Moddada maktablarda nogiron bolalarga sharoit yaratib berilsa, imkoniyati cheklangan bolalar u yerda ta'lim olishlari mumkinligi aytilmoqda. Agar sharoit yaratilmasa-chi?
Shuning uchun biz bu borada o‘z takliflarimizni ishlab chiqdik va Senatga yubormoqchimiz. Unda quyidagilar nazarda tutilmoqda:
Avvalo, qonunda inklyuziv ta'lim tushunchasini ochib berish lozim. Sababi bizda hozirgacha bu tushuncha aniq ochib berilmagan.
Maktablarda inklyuziv muhit yaratish davlat tomonidan majburiy bo‘lishi kerak. Hozirgi qonunga ko‘ra, maktablarda imkon bo‘lsa, inklyuziv ta'lim sharoiti yaratilishi, imkon bo‘lmasa, yaratilmasligi mumkinligi aytilgan. Imkoniyati cheklangan bolalar ham O‘zbekiston fuqarolari, ular ham boshqalar qatori ta'lim olish huquqiga ega.
Bolalarning sifatli ta'lim olishi juda muhim. 2019 yil holatiga ko‘ra, 710 mingga yaqin nogiron fuqarolarning 609 ming nafari 16 yoshdan kattalar va ularning bor-yo‘g‘i 10 foizi oliy ma'lumotli hisoblanadi. Ko‘rinib turganidek, oliy ma'lumotli nogiron fuqarolar juda kam. Biroq kambag‘allikni qisqartirishning asosiy shartlaridan biri – oliy ta'lim berish.
Bundan tashqari, nogironlar uchun ta'lim yashash quroli sanaladi. Ularda jismoniy mehnat bilan shug‘ullanish imkoni kam bo‘ladi, shuning uchun sifatli ta'lim olish va oliy ma'lumotli bo‘lish orqali daromad topish imkoniga ega bo‘lishadi. Oliy ma'lumoti bo‘lmagan nogironlar ko‘p hollarda uyda o‘tirib qolishadi.
Ayni paytda, O‘zbekiston bo‘yicha kam ta'minlangan fuqarolarning 3 foizi mahallalardagi kam ta'minlanganlar ro‘yxatida turadi. Sababi mahalla mutasaddilari nogironligi bor shaxsning nafaqa pulini ham daromad sifatida qayd etishadi. Biroq bu nafaqa puli daromad emas, nogironlik uchun to‘lanadigan kompensatsiya hisoblanadi. Biz mana shuni ham tushuntirishga harakat qilyapmiz.
Lekin umumiy hisobda ta'lim olish imkonini oshirish orqali imkoniyati cheklangan shaxslarning kelajagini yaxshilash imkoniga ega bo‘lamiz.
– Imkoniyati cheklangan bolalarning keyinchalik soha tanlashi cheklangan. Ularga musiqa va san'at ta'limini berish orqali kelajakda kasb tanlashiga yordam berish mumkin. Bundan tashqari, musiqa ta'limi imkoniyati cheklangan bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishiga ham ta'sir ko‘rsatadi.
Aytaylik, sog‘lom bolalar ko‘rgan narsalari haqida tasavvurga ega bo‘la olsa, ko‘zi ojiz bola musiqa orqali tasavvur qilish imkoniga ega bo‘ladi. San'at ularning maktabdagi o‘qishlarini yaxshi o‘zlashtirishiga ham yordam beradi.
Biroq imkoniyati cheklangan, ko‘zi ojiz bolalarning aksar qismining musiqa to‘lovini amalga oshirish imkoni cheklangan, chunki ularning ota-onalari ham nogironligi bo‘lgan shaxslar yoki moddiy jihatdan imkoniyati yo‘q. Toshkent shahrida esa musiqa maktablari uchun to‘lov boshqa hududlarga qaraganda ancha qimmatroq: 177 ming so‘m atrofida.
Shuning uchun bolalarni to‘lovdan ozod qilish masalasida necha yillardan beri turli tashkilotlarga murojaat qilib kelyapman.
Davlat rahbarining may oyida tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan imkoniyati cheklangan bolalar musiqa maktablarining to‘lov pulidan ozod qilinuvchi 25 foizlik imtiyozli kvotaga (avvallari faqat kam ta'minlangan oilalar farzandlariga bunday imkon berilgan edi) kiritildi.
Biroq men ishlayotgan Toshkent shahridagi 17-sonli musiqa va san'at maktabida 280 nafar bola ta'lim oladi. Ularning 133 nafarini ko‘zi ojiz bolalar tashkil qiladi. Demak, faqat ko‘zi ojiz o‘quvchilarning o‘zi 25 foizdan ancha yuqori. Lekin imkoniyati cheklangan va kam ta'minlangan bolalarning faqat 25 foizigina to‘lov pulidan ozod qilinishi mumkin. Buning bilan imkoniyati cheklangan bolalarning musiqa ta'limini olish imkoni cheklanadi.
Shuning uchun nogironligi bo‘lgan bolalarning musiqa va san'at maktablarida to‘liq bepul tarzda ta'lim olishi masalasi ko‘rib chiqilishi lozim.
Bu bo‘yicha sobiq Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev qaror ishlab chiqilganini va yangi 2020 yildan respublikadagi ko‘zi ojiz bolalarning barchasi bepul o‘qishinie'lon qilgan ham edi. Biroq bu qaror haqida aytilgan ma'lumot tasdiqlanmadi va hanuz masala yechilmasdan qolyapti.
Hozir Madaniyat vazirligiga savol bilan murojaat qilganimda imkoniyati cheklangan bolalarni 100 foiz to‘lovdan ozod qilish masalasi yana qayta ko‘rilayotgani aytildi. Bunday imtiyoz berilishi bilan davlat budjetiga katta yuk tushmaydi, aksincha, hozir o‘qiyotgan bolalar keyinchalik olgan ta'limi asosida ishli bo‘lib, davlatdan yordam so‘rashi ehtimoli kamayadi.
Bu borada yana bir muammo borligini bilaman: imkoniyati cheklangan bolalar uchun alohida darsliklar zarur bo‘ladi. Masalan, ko‘zi ojiz bolalarga ta'lim berish uchun men ham Brayl yozuvidagi notalar bilan ishlay olaman, yana bir qancha mutaxassislar bilan ko‘zi ojizlar uchun darsliklar ishlab chiqishda yordam berishimiz mumkin. Faqat bu masalani chuqur o‘ylab ko‘rib, to‘lovdan ozod qilish masalasini va boshqa muammolarni hal qilish zarur.
Chunki imkoniyati cheklangan bolalar musiqa ta'limini olish orqali kelajakda o‘zlarini ish bilan ta'minlay olishi mumkin.
– Ayni paytda Qonunchilik palatasida «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokamasi o‘tkazilyapti. Qonunning 36-38-moddalari imkoniyati cheklangan shaxslar ta'limiga bag‘ishlangan normalardan iborat.
Hujjatda imkoniyati cheklangan shaxslarning umumiy ta'lim, o‘rta ta'lim, oliy ta'lim, zarur hollarda esa ixtisoslashtirilgan o‘rta ta'lim olish huquqiga egaligi qayd etilgan.
Bundan tashqari, «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonunda ta'lim turlari sanab o‘tilgan. Jumladan, maktabdan tashqari ta'lim ham qayd etilgan bo‘lib, u musiqa va san'at maktablaridagi, «Barkamol avlod» markazlaridagi, turli to‘garaklaridagi ta'limni nazarda tutadi.
Ko‘p hollarda ko‘zi ojiz imkoniyati cheklangan bolalarning musiqa va san'at maktablarida o‘qishga ishtiyoqi baland bo‘ladi. Chunki ularda eshitish qobiliyati yaxshi rivojlangan, bundan tashqari, kuylashga ham iste'dodli bo‘lishadi.
Musiqa va san'at maktablarida o‘qish esa pulli ta'lim hisoblanadi. Sababi u yerda musiqiy cholg‘ular bor: royal, fortepiano yoki turli Yevropa cholg‘ulari. Bular turli chet davlatlardan keltiriladi va bu ma'lum sarmoyani talab qiladi. Shuning uchun musiqa ta'limi azaldan pulli bo‘lib kelgan va buni to‘g‘ri tushunish lozim.
Qo‘shni davlatlar tajribasida ham, O‘zbekistonda ham musiqa ta'limi pullik. Lekin hozir ko‘zi ojiz bolalarga musiqa ta'limini bepul qilish borasidagi masala ko‘rib chiqilyapti.
Respublika bo‘yicha 500ga yaqin ko‘zi ojiz bolalar musiqa ta'limini olishga qiziqishadi. Shuning uchun biz ularning bepul musiqa ta'limi olishi mumkinmi, degan savol kiritdik.
Ayni paytda «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida»gi qonun loyihasi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi tomonidan o‘rganilyapti. Qo‘mitaga ko‘zi ojiz bolalarni musiqa ta'limi to‘lovidan ozod qilish masalasini o‘rganish va ijobiy hal qilish mumkin yoki yo‘qligini aniqlash masalasi topshirilgan.
Buning uchun hozir Toshkent bo‘yicha ko‘zi ojiz bolalar ta'lim olayotgan musiqa va san'at maktablarini o‘rganishni rejalashtirganmiz. Sababi Toshkentdagi musiqa va san'at maktablarining oylik to‘lovi boshqa viloyatlarga solishtirganda ancha qimmat hisoblanadi.
Davlat rahbarining yaqinda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan yaqindan musiqa va san'at maktablarida bepul ta'lim oluvchi 25 foizlik kvotaga kam ta'minlangan bolalar bilan birgalikda imkoniyati cheklangan bolalarga ham imtiyoz belgilash nazarda tutildi. Bu imtiyoz yanvar oyidan kuchga kirgan va imkoniyati cheklangan bolalar ham undan foydalanishi mumkin.
Biz esa, albatta, imkoniyati cheklangan bolalar uchun musiqa ta'limining bepul bo‘lishi tarafdorimiz. Chunki bu kelajakka kiritiladigan investitsiya hisoblanadi. Agar hozir bolalar yaxshi ta'lim olishsa, ular uchun oliy ta'limda maxsus kvota ajratiladi va u yerda grant asosida o‘qishi mumkin. Biroq san'at ta'limi maktabdanoq yaxshi berilgan bo‘lishi kerak. Buning bilan ular kelajakda oliy ta'limni ham tugatib, o‘zalarini va oilalarini ta'minlay oladigan shaxslarga aylanadi. Albatta, budjet bilan bog‘liq o‘ziga xos masalalar bor. Bu borada balki homiy jalb qilish ham zarurdir.
Lekin imkoniyati cheklangan bolalarning sifatli ta'lim olish imkoniga ega bo‘lishi yillar o‘tib, o‘z natijasini ko‘rsatishini unutmasligimiz zarur.
– Imkoniyati cheklangan bolalarni musiqa to‘lovidan ozod qilish masalasi partiyamiz tomonidan bir necha marta ko‘tarilgan. Ularning musiqa ta'limi olishi keyinchalik o‘zini o‘zi ta'minlash imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun biz ularning musiqa maktabi to‘lovidan ozod qilinishi tarafdorimiz. Yaqinda Madaniyat vazirligi tomonidan imkoniyati cheklangan bolalarni musiqa maktabi to‘lovidan ozod qilish bo‘yicha loyiha ishlab chiqildi. (Bunday loyiha ishlab chiqilgani haqida vazirlik tomonidan o‘tgan yili ham ma'lumot berilgan edi – tahr.) Bizdagi ma'lumotlarga ko‘ra, hozir loyiha Moliya vazirligi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Moliya vazirligiga ham o‘tgan yili partiyamiz bu borada savol bilan murojaat qilgan.
Vazirlik mas'ullari «Ota-onalar tomonidan bolalarning musiqa va san'at maktablarida o‘qishi uchun haq to‘lash va undan foydalanish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga o‘zgartirish kiritish lozimligi, ya'ni nizomda imkoniyati cheklangan bolalarning 100 foiz to‘lovdan ozod qilinishi ko‘rsatilishi lozimligini aytishgandi. Vazirlik bergan javobga ko‘ra, agar nizom o‘zgarsa, ularni to‘lovdan ozod qilish muammo bo‘lmasligi kerak. Lekin muammo qayerga borib taqalayotgani va hozirgacha hal bo‘lmayotgani tushunarsiz.
Ayni karantin sharoitida bu masalani hal qilish doimgidan ham muhim. Chunki oilalarda kuzatilishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy qiyinchiliklar imkoniyati cheklangan bolalarning musiqa maktabi uchun to‘lov qilish imkonini yanada pasaytirishi mumkin. Shuning uchun barcha mas'ul tashkilotlar, jumladan, Moliya vazirligi bu masalani faol o‘rganib chiqishi lozim.
Yaxshi ta'lim olgan bolalar o‘zini o‘zi ta'minlash imkoniga ega bo‘ladi va kelajakda kam ta'minlanganlar ro‘yxatida bo‘lishi ehtimoli kamayadi.
– Bizda bor ma'lumotlarga ko‘ra, to‘lovdan ozod qilish masalasiga Moliya vazirligi e'tiroz bildiryapti. Chunki musiqa va san'at maktablarida dars beruvchi o‘qituvchilar maoshi maktab o‘quvchilarining to‘lov pulidan shakllantiriladi. Va agar imkoniyati cheklangan bolalar musiqa ta'limi pulidan ozod qilinsa, o‘qituvchilarning maoshi qayerdan moliyalashtiriladi?
2020 yil uchun tasdiqlanadigan davlat budjeti xarajatlari tasdiqlab bo‘lingan va unda imkoniyati cheklangan bolalarning to‘lovdan ozod qilinishi va agar shunday bo‘lsa, dars beruvchi muallimlarning maoshi budjetdan ajratilishi nazarda tutilmagan. Shuning hisobiga, berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, Moliya vazirligida e'tiroz paydo bo‘lmoqda.
Masalan, agar o‘qituvchilar maoshiga yo‘naltirish uchun qo‘shimcha mablag‘ topilsa, demak, bolalar ham to‘lovdan ozod qilinishi mumkin. Demak, masalani hal qiluvchi asosiy tashkilot Moliya vazirligi bo‘lib qolmoqda.