Imkoniyati cheklangan bolalarning sog’lom bolalar bilan bir qatorda va barcha sharoitlar yaratilgan muhitda o’qishi


«To‘lov pulidan boshqa kattaroq muammolar ham yuzaga chiqadi. Ular haqida ham jiddiy o‘ylash kerak»



Yüklə 30,28 Kb.
səhifə2/2
tarix20.11.2023
ölçüsü30,28 Kb.
#166148
1   2
Imkoniyati cheklangan bolalarning sog’lom bolalar bilan bir qatorda va barcha sharoitlar yaratilgan muhitda o’qishi. 1

«To‘lov pulidan boshqa kattaroq muammolar ham yuzaga chiqadi. Ular haqida ham jiddiy o‘ylash kerak»
Muhabbat Muhitdinova, Madaniyat vazirligi Ta'lim muassasalari va tarmoqlarini metodik ta'minlash boshqarmasi xodimi:
– Ayni paytda respublika bo‘yicha jami 340 nafar (ularning 320 nafari ko‘zi ojiz bolalar) imkoniyati cheklangan bolalar musiqa va san'at maktablarida ta'lim oladi.
Davlat rahbarining may oyida tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan imkoniyati cheklangan bolalar ham musiqa maktablarining to‘lov pulidan ozod qilinuvchi 25 foizlik kvotaga kiritildi. Buning bilan respulika bo‘yicha musiqa maktablarida ta'lim oladigan barcha bolalar 25 foizlik kvota asosida to‘lovdan ozod qilindi. Biroq faqat Toshkent shahridagi musiqa maktablarida ta'lim oluvchi 60 nafar o‘quvchiga mazkur kvota yetmadi.
Endilikda yangi qaror loyihasi ham tayyorlanyapti. Unga ko‘ra, imkoniyati cheklangan bolalarning barchasi musiqa maktablari uchun to‘lovdan 100 foiz ozod qilinishi ko‘zda tutilgan. Qaror loyihasi tasdiqlanmaguncha, uning bilan qanday yengilliklar bo‘lishi haqida biror narsa deya olmaymiz.
Bundan tashqari, oldimizda yana bir muammo turibdi: imkoniyati cheklangan bolalarning barchasi musiqa va san'at maktablarining to‘lov pulidan ozod qilinishi bilan ta'lim olish xohishini bildirganlar soni oshadi.
O‘z-o‘zidan kadrlar muammosi yuzaga keladi. Davlat uchun to‘lov pulini bekor qilish muammo emas, kadrlar masalasi esa haqiqatda yaxshilab o‘ylab ko‘rishni taqazo qiladi. Imkoniyati cheklangan bolalar ta'limi uchun alohida dasturlar, o‘quv reja, kadrlar bo‘lishi kerak.
Masalan, ko‘zi ojiz bolaning qo‘lidan ushlab musiqa chaldirish mumkin, lekin unga professional ta'lim berish uchun ko‘p narsa talab etiladi. O‘qituvchilar Brayl yozuvidagi notalar bilan ishlay olishi kerak. Bunday mutaxassislarni tayyorlash uchun ham mutaxassislar kerak.
Imkoniyati cheklangan maktablarda musiqa va san'at maktablarining filiallarini ochish orqali Brayl yozuvini, imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash usullarini o‘rgana oladigan kadrlarni tayyorlashga bosqichma-bosqich erishish mumkin.
Masalan, hozir Toshkent shahridagi 77-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatda faoliyat yuritayotgan 17-sonli musiqa va san'at maktabida ham hamma o‘qituvchilar Brayl alifbosidagi notalar bilan professional darajada ishlay olmaydi.
Imkoniyati cheklangan bolalarda bir emas, bir nechta diagnozdagi kasalliklar bo‘lishi mumkin. Ular bilan o‘ta ehtiyotkor bo‘lib ishlash lozim bo‘ladi. Aytaylik, qaysidir bolaga xoreografiya bilan shug‘ullanish shifokor tomonidan tavsiya qilinishi mumkin. Lekin qaysidir turdagi raqs bolaning rivojlanishiga yordam berishi, qaysidiri aks ta'sir qilishi mumkin. Bu yerda shifokor va xoreograf birga hamkorlikda ishlashi talab etiladi.
Avvalo, bolalarning sog‘ligiga to‘g‘ri yondashuv, keyin ularning professional o‘qitilishi masalalari ham e'tibor qaratilishi lozim. Vazirlikda bu masalalar ustida ham muhokamalar olib borilyapti. Hozirga qadar bir nechta Brayl yozuvidagi musiqa darsliklari ishlab chiqilib, chop etishga tayyor qilindi.
Yüklə 30,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin