Page 219
erkin ish yuritishi uchun keng qulayliklar yaratilgan. Bunday imtiyoz va imkoniyatlar
xorijliklarning O‘zbekistonga qiziqishini tobora oshirmoqda”[1]. Mustaqillik yillarida
ijtiomiy-iqtisodiy rayonlashtirish masalalarida ko’plab islohotlar amalga oshirildi.
Masalan, joriy yilda Qashqadaryo viloyatida ijtimoiy-siyosiy rayonlashtirish sohasida
yangi Ko’kdala tumani tashkil etildi. (Chiroqchi tumani 1926-yilda tashkil etilgan
bo’lib, bugungi kunda tuman markazidan eng chekka qishloqqacha bo‘lgan masofa 65-
100 kmni tashkil etar edi. Bu esa, aholining tuman markaziga borib-kelishi uchun 2-3 ta
yo‘lovchi transportidan foydalanishiga va bir kun yo‘qotilishiga sabab bo‘layotgan edi.
Shuningdek, Chiroqchi tumanida 45 mingdan ortiq tarbiyalanuvchisi bo‘lgan 230 ta
maktabgacha ta’lim tashkiloti, 93 mingdan ortiq o‘quvchisi bo‘lgan 234 ta umumta’lim
maktabi hamda 8 ta oilaviy poliklinika faoliyat yuritib, ularni samarali boshqarish
birmuncha qiyinchiliklar tug ‘dirayotgan edi.[2])
ASOSIY QISM Har bir fanning o'ziga xos tushuncha va qonuniyatlari bo'ladi. Fan tilida bu
tushunchalar fan kategoriyalari deb ataladi. Ana shu kategoriya va qonunlar tegishli
fanning mazmun-mohiyatini anglashda asosiy manzil hisoblanadi. Iqtisodiy
geografiyaning kategoriyalari bo‘lib, hududiy mehnat taqsimoti, iqtisodiy
rayonlashtirish, hududiy ishlab chiqarish majmualari va iqtisodiy geografik o‘rin
hisoblanadi. Aytish mumkinki, bular iqtisodiy geografiyaning “asosi” - tayanch
ustunlaridir. Ana shu kategoriyalarni mukammal o'zlashtirgan talaba, o’quvchida
iqtisodiy geografik fikrlash va bilim shakllangan deya olamiz. Bu kategoriyalarning
mazmuni quyidagicha:
Hududiy mehnat taqsimoti — iqtisodiy geografiyaning asosiy fundamental
tushunchasi hisoblanadi. Chunki ushbu fanning qolgan barcha tushunchalari, hududiy
mehnat taqsimoti bilan bog'liq. Hududiy mehnat taqsimotini iqtisodiy geografik jarayon,
uning natijasida vujudga kelgan rang-barang iqtisodiy makonni, ishlab chiqarishning
hududiy tarkibini, “areal, nuqta va chiziqlarning” o‘zaro munosabatini iqtisodiy
geografik vaziyat yoki holat sifatida ko‘rish mumkin. Mazkur tushuncha orqali fanning
maqsad va vazifalari ham yaqqol namoyon bo’ladi.
Hududiy mehnat taqsimoti ijtimoiy mehnat taqsimotining bir tomonidir. Agar
ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida kishilarning kasb-hunari, nima bilan mashg'ul
bo‘lishi (o‘qituvchi, muhandis, tabib, savdogar va h.k.) shakllansa, hududiy mehnat
taqsimoti Iqtisodiy rayonlarning vujudga kelishiga, iqtisodiy makonning turli-
tumanligiga olib keladi. Hududiy mehnat taqsimotining doimiy «yo‘ldoshi» yoki uning
ajralmas jihati ixtisoslashuvdir. Ammo ixtisoslashuv ham ijtimoiy va hududiy bo‘ladi.
Bu yerda hududiy ixtisoslashuv nazarda tutiladiki, u turli joylarning ma'lum mahsulot
ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanishini anglatadi.