SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
ǀ
ISSUE 5
ǀ
2022
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 218
O‘ZBEKISTONDA RAYONLASHTIRISH MASALALARI VA ISTIQBOLLI
IMKONIYATLARI
Mavludaxon Mo‘minjon qizi Ibroximova
TVCHDPI magistranti
ANNOTATSIYA
Maqolada iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning bosh masalalaridan biri –
rayonlashtirish masalasi, uning mamlakat uchun ahamiyati yoritilgan. O‘zbekiston
sharoitida rayonlashtirishning o‘ziga xos jihatlari va istiqbolli imkoniyatlari tahlil
qilingan.
Kalit so`zlar:
rayon, hududiy
ishlab chiqarish majmualari, inson resursi, hudud
iqtisodiy-gegrafik imkoniyatlari, ma’muriy
hududiy tuzilish, milliy iqtisodiyot,
ixtisoslashuv.
KIRISH
Har bir mamlakat taraqqiyoti birinchidan, shu mamlakat geografik joylashuvi,
tabiiy
boylik va imkoniyatlari bilan, ikkinchidan shu mamlakat xalqining ijtimoiy-
iqtisodiy, huquqiy ongi yuksalish darajasi bilan belgilanadi. Xalq o’z tabiiy
boyliklaridan unumli foydalanishi uchun unda iqtisodiy bilim zarur darajada
shakllangan bo‘lishi lozim. Masalan, Yapon xalqi tabiiy
qazilma boyliklari boshqa
davlatlarga nisbatan katta bo’lmasada, xalqining iqtisodiy bilimi va intellektual
salohiyati samarasida dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatoridan o’rin egallaydi.
Shu nuqtai nazardan xalqning mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish
ko’nikmalarini shakllantirish,
munosib islohotlarni, yangiliklarni o’z vaqtida amalga
oshirishga doir bilimlarini oshirishda geografiya va iqtisodiyot fanlarining o’rni
beqiyos. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya geografiya fanlari tizimiga kiradi va u, avvalo,
tabiiy geografiya bilan chambarchas bogʻliq.
Mavjud resurs (inson – ishchi kuchi resursi, xomashyo resursi,
eksport-import
omillari)larni to’g‘ri taqsimlash, ulardan oqilona foydalanish mamlakat qudratini
namoyon etishning asosiy shaklidir. Mustaqillik ne’mati o’laroq O’zbekiston o’z
boyliklarini o’zi tasarruf etish, o’z taqdirini o’zi belgilash huquqini qo’lga kiritdi.
Dastlabki mustaqillik yillaridagi islohotlar samarasida o’z imkoniyatlarimizdan
o’zimizning manfaat va maqsad yo’lida foydalanishimiz mumkin bo’ldi.
Shavkat
Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Yurtimiz qadimdan jahon sivilizatsiyasi markazlaridan
biri bo‘lgan. Mustaqillik yillarida mamlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy salohiyati
misli ko‘rilmagan darajada yuksaldi. O‘zbekistondagi iqtisodiy taraqqiyot mustahkam
makroiqtisodiy asos yaratilganidan dalolat beradi. Xorijiy sarmoyadorlarning faol va