Ch ch harflar birikmasi
choy, chevar, chiroyli, chaman; achchiq, uchun,
bichiqchi; kuch, kech
kabi so`zlarda til oldi jarangsiz qorishiq undoshni ifodalash
uchun yoziladi.
20.
Rr harfi
rahmat, rohat, orom, doira, bor, diyor
kabi so`zlarda til oldi
ovozdor titroq undoshni ifodalash uchun yoziladi.
21.
Ll harfi
lola, loyiq, la`l; iloj, mahal
kabi so`zlarda sirg`aluvchi ovozdor
yon undoshni ifodalash uchun yoziladi.
22.
Nn harfi:
1)
non, nomus; ona, tana; bilan, tomon
kabi so`zlarda til oldi ovozdor burun
undoshini ifodalash uchun yoziladi;
2)
shanba, yonbosh, jonbozlik; yonma-yon, ko`rinmaslik
kabi so`zlarda
n
tovushi ba`zan
m
aytilsa ham,
n
yoziladi.
23.
Gg harfi
gul, go`zal; ega, gugurt; teg, eg
kabi so`zlarda til orqa jarangli
portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
24.
Kk harfi
ko`l, ko`ylak; uka, moki; tok, bilak
kabi so`zlarda ti1 orqa
jarangsiz portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
25.
Yy harfi
yo`l, yigit, yetti, yaxshi, yoz, yulduz; tuya, dunyo, tayyor; soy, tuy
kabi so`zlarda til o`rta sirg`aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
26.
Ng ng harflar birikmasi
yangi, ko`ngil, dengiz, singil, keling, bordingiz;
tong, ming, teng
kabi so`zlarda ti1 orqa ovozdor burun tovushini ifodalash uchun
yoziladi.
27.
Qq harfi
qizil, qimiz, qirq, haqiqiy, aql
kabi so`zlarda chuqur til orqa
jarangsiz portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
28.
G`g` harfi
g`oz, bag`ir , tog`
kabi so`zlarda chuqur til orqa jarangli
sirg`aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
29.
Xx harfi
xabar, xo`roz, xohish, xushnud, baxt, axborot, mix
kabi so`zlarda
chuqur til orqa jarangsiz sirg`aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
30.
Hh harfi
hosil, hamma, bahor; isloh, nikoh
kabi so`zlarda jarangsiz
sirg`aluvchi bo`g`iz undoshini ifodalash uchun yoziladi.
31. Yonma-yon keladigan undoshlarning imlosi:
1)
baland, Samarqand, poyezd; do`st, artist, g`isht
kabi so`zlarda
d, t
tovushi
ba`zan aytilmasa ham, yoziladi;
2)
metall, kilogramm, kilovatt, kongress
kabi o`zlashma so`zlar oxirida bir
undosh aytilsa ham, ikki harf yoziladi. Lekin bunday so`zlarga xuddi shu tovush
bilan boshlanadigan qism qo`shilsa, so`z oxiridagi bir harf yozilmaydi: metall+lar=
metallar, kilogramm+mi=kilogrammi kabi.
32.
Dostları ilə paylaş: |