UNLILAR IMLOSI
1. Aa harfi:
1) aka, alanga, aloqa, og`a; sentabr, noyabr kabi so`zlarda old qator keng
unlini ifodalash uchun yoziladi;
2) bahor, zamon; savol, gavda; vasvasa kabi so`zlarning oldingi bo`g`inida,
vaqt, vahm kabi so`zlarda a aytiladi va yoziladi.
2. Oo harfi:
1) ona, omon, quyosh, fido, baho, xola, lotin; mukofot, mahorat kabi so`zlarda
orqa qator keng unlini ifodalash uchun yoziladi;
2) boks, poyezd, tonna, talon; agronom, mikrofon; direktor, termos kabi
o`zlashma so`zlardagi unlini ifodalash uchun yoziladi.
3. Ii harfi:
1) ish, iz, qil; xirmon, ilhom, ikki, ixtisos, shoyi, tulki; volida, piramida; bilan,
biroq, sira, qishloq, chiroq kabi so`zlarda old qator tor unlini ifodalash uchun
yoziladi;
2) o`tin, o`rik, bo`lim kabi oldingi bo`g`inida o` unlisi keladigan so`zlarning
keyingi bo`g`inida i aytiladi va yoziladi.
4. Uu harfi:
1) uy, kun; buzoq, buloq, Buxoro; butun, uchuq, usul, yulduz; mafkura;
ko`zgu, uyqu; aluminiy, yubiley kabi so`zlarda orqa qator tor unlini ifodalash uchun
yoziladi;
2) qovun, sovun, tovush, yovuz, qirg`ovul, chirmovuq kabi so`zlarning oldingi
bo`g`inida o unlisi kelsa, keyingi yopiq bo`g`in boshidagi v undoshidan keyin u
aytiladi va yoziladi.
5. O`o` harfi o`t, o`q, o`zbek, o`simlik, do`ppi; bo`tako`z, semizo`t, gulko`rpa,
noo`rin kabi so`zlarda orqa qator o`rta-keng unlini ifodalash uchun yoziladi.
6. Ee harfi ekin, esla, evara, ekran, eksport; kel, zehn; kecha, behi; telefon,
teatr; poyezd, atelye; e`lon, ne`mat, she`r kabi so`zlarda old qator o`rta-keng unlini
ifodalash uchun yoziladi.
Dostları ilə paylaş: |