liar bir probirkaga 0,4 ml dan gemolitik sistema qo'shilgach, probirkalar silkitiladi va 37°C da 20-30 daqiqa davomida saqlanadi. Probirkalarda gemoliz sodir bo'lgan yoki bo'lmaganligiga ko'ra tajriba natijasi aniqlanadi (29-jadval). Agar probirkadagi suyuqlik tiniq bo'lib, eritrotsitlar cho'kmaga tushsa (0-4 °C da 18-20 soat inkubatsiyada) va gemoliz butunlay bo'lmasa, reaksiya musbat, agar eritrotsitlarning barchasi erib, suyuqlik qizil rangga bo'yalsa, reaksiya manfiy hisoblanadi. Har ikkala inkubatsiya usullarida ham reaksiyaning natijasi to'rt musbat belgi qo'yish sistemasi bilan aniqlanadi: (++++) - gemoliz yo'q, (+++) _ gemoliz 25%, (++) - gemoliz 50%, (+) - gemoliz 75%, (+) - hamma eritrotsitlar gemolizga uchraydi. Birinchi va ikkinchi ko'rinishlarda reaksiya musbat hisoblanadi.