Immunitet haqida tushuncha. Immunitet tijrlari. Organizmning maxsus va nomahsus himoya


-rasm. Immun sistcmaning struktura va funksional tuzilishi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə24/38
tarix03.12.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#171776
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38
Immunitet haqida tushuncha. Immunitet tijrlari. Organizmning max

61-rasm. Immun sistcmaning struktura va funksional tuzilishi



makrofaglar qo'shiladi, ularning javob reaksiyalari mahsuloti maxsus antitelalar, killer limfotsitlar, effektor limfotsitlar, sitokinlar va boshqa organizmning yallig'lanish reaksiyalari bo'lishi mumkin. Begona antigenlar organizmda tugatilgandan so'ng, immun javob sustlashadi, lekin limfoid xotira hujayralarda bu antigenlarni antigen xususiyatlari (determinanti) saqlanib qoladi. Agar shu antigen organizmga qaytadan tushsa, immun javob oldingi javobdan bir qancha kuchli va tez ro'y beradi.
Shunday qilib, maxsus javobda immun sistemaning asosiy hujayralari makrofag va limfotsitlar ekan.
Organizmdagi liinfotsitlarning hamma populyatsiyasi T-, В va "nol" limfotsitlarga va bular o'z navbatida 3 ta hujayra asosidagi sistemasiga bo'linadi. Bunday bo'linishlar hujayralaming kelib chiqishi, funksional farqlari va retseptor apparatlari asosida qilingan.
T-limfotsitlar sistemasi timus va limfoid organlarning timusga aloqador zonasidan iborat bo'lib, ko'payotgan va shakllanayotgan T-limfotsitlar tutadi. Timus - bu sistemaning asosiy organi hisoblanadi. Timusda o'zak hujayralardan T-limfotsitlar shakllanadi. Timusda maxsus hujayralar (epitelial enaga, dendrit) va timus gormonlari ishtirokida bu limfotsitlar shakllanib, turli funksiyalar bajaruvchi T-limfotsitlar subpopulyatsiyasiga aylanadi.
Bularning ko'pchiligi T-xelper nomini olishgan (ing.so'z to help - yordam berish). Bu limfotsitlar B- limfotsitlarni antitela sekret qiluvchi va T -effektor hujayralar shakllanishiga yordam beradi. Ikkinchi guruh limfotsitlar T-supressor deb nomlanadi (ing.so'z to suppress - bosuvchi) immun javobni bosib turadi, ya'ni immun javobni antigenga qarshi kuchi va muddatini boshqaradi. Uchinchi guruh limfotsitlari T-killer (ing.so'z to kill-o'ldiruvchi) deb nomlangan. 4-guruh-T-effektorlar hisoblanadi. Bu limfotsitlar birlamchi (predshestvenniki) hujayralar bo'lib, timusda shakllanib, uni tashlab chiqadi va qon orqali organizmdagi hamma limfoid organlardagi timus zonasiga boradi va antigen ta'sirida effektor hujayralarga aylanadi. T-limfotsitlar va ularning subpopulyatsiyalari organizmda hujayra tipidagi immun javobni shakllantiradi. Timusni tashlab chiqqan T-limfotsitlar doimo uning ta'sirida bo'ladi, chunki timusda ishlab chiqarilayotgan bir qator boshqaruvchi peptidlarga nisbatan bu limfotsitlarda retseptorlar mavjud.
B-limfotsitlar - markaziy organi suyak ko'migi (SK) hisoblanadi. SK da B-limfotsitlar shakllanadi va qon bilan organizmdagi hamma limfoid organlardagi B-zonasiga boradi va bu yerda antigen ta'sirida antitela sintez qiluvchi plazmatik hujayralarga aylanadi. B-limfotsitlar organizmda gumoral immun javobni shakllantiradi.
"Nol" limfotsitlar - bunday nomlanishni T va B-limfotsitlarga nisbatan alternativ qilib olingan. Bular ham SKda shakllanadi va butun organizmdagi limfoid organ va to'qimalarga tarqaladi.
Ularning asosiy qismini tabiiy killerlar tashkil qiladi va organizmda juda muhim bo'lgan funksiyalarni (o'sma, virus bilan zararlangan hujayralarni o'ldiradi) bajaradi. Vaholanki, bu jarayon juda qisqa - 4 soat ichida amalga oshiriladi. Ikkinchi qator "nol" Iimfotsitlarga K- hujayralar kiradi, ularning birinchi tip hujayralaradan farqi, begona hujayralarni antitela yordamida topadi (membranasida antitelani, Fc fragmentiga nisbatan retseptor mavjud) va yo'q qiladi.
Makrofaglar - immun javobda qatnashuvchi asosiy hujayralardan biri hisoblanadi. Makrofaglar antigenni faqat fagotsit qilibgina qo'ymay, uning asosiy antigen xususiyatlarini aniqlab, bu o'ta muhim informatsiyani T-xelper va B-limfotsitlarga yetkazadi va immun javobni hujayralararo kooperatsiyalarida qatnashadi. Shuning uchun makrofaglarni antigen prezentant hujayralar (antigenni namoyish qiluvchi) deb ham ataladi.
Immun yallig'lanish reaksiyalarini ko'plab sitokinlar boshqaradi va qaysi hujayralar ishlab chiqarilishiga qarab interleykinlarga (1L 1 -16), monokinlarga va limfokinlarga bo'linadi. Biologik aktivligiga qarab hamma sitokinlar 3 ta guruhga bo'linadi:

  1. Yallig'lanish jarayonlarini boshqaruvchi - sitokinlar. Bularga IL- 8, Pf -4 (trombotsitar faktor), MlP-la ( makrofagal yallig'lanish oqsili), MRS-l(makrofagal xemotoksik faktor), RD-GF (trombotsitar o'sish faktori), IL-1, IL-6, TNF-«, CSF, TGF-3 (transformatsiyalovchi o'sish faktori).


  2. Yüklə 0,54 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin