Page 163
borishni taklif etadi. Konstantin Malish (1860-1925) karlarni og‘zaki nutqqa o‘rgatish
dastlabki davri uchun global sintetik metodini yaratadi. Bunda nutqqa o‘rgatish yaxlit
so‘zlar va jumlalarni talaffuz etishni gugulash negizida yo‘lga qo‘yish orqali amalga
oshiriladi. Boshqa nemis olimi K.Gepfert (1851-1906) kar bolalarni yozma nutqqa
o‘rgatishni yozuv mexanizmi asosida amalga oshiradi. Uning izdoshlari esa o‘qitishning
dastlabki davrida yozma nutqni qo‘llash g‘oyasini rivojlantirdilar. Daniyalik olim
Georg Forxgammer (1861-1948) o‘z tajribasi davomida yozma va og‘zaki so‘zlashuv
metodlarini birlashtiradi hamda yozma mashqlar asosida og‘zaki nutqni idrok etish va
talaffuz qilishga tayanuvchi «imitatsiya (taqlid qilish) metodi»ni yaratadi. Rudolf Linder
(1880-1964), uzoq yillik tajribalariga tayangan holda kar bolalarni tilga o‘qitishda
«yozma obrazlar metodi»ga asoslanishni taklif etadi. U 1911 yilda «So‘z va rasm»
alifbosini yaratadi. Unga ko‘ra kar bolalar, ko‘rgazmali qurollardan foydalangan holda
o‘qishga o‘rgatish jarayonida yozma nutqni egallab boradilar.
Aleksandr Erlen keyinchalik «Belgiya metodi» deb nomlangan kar bolalarni tilga
o‘qitish tizimini yaratadi. Ushbu tizim asosida tilga o‘qitishda o‘quvchilar og‘zaki
nutqni yozma so‘zlarni yaxlit o‘qish va labdan o‘qish orqali idrok etishga o‘rgatilar
edilar. «Yozma metod»ning yana bir ko‘rinishiga misol tariqasida E.Kernning «yaxlit
metodi»ni keltirish mumkin. Ushbu metod bo‘yicha ta’lim berish karlarni og‘zaki
nutqqa o‘qitish jarayonida imo-ishora va daktil nutqini chiqarib tashlab, o‘rniga
yozuvdan foydalanish asosida olib borilar edi.
REFERENCES [1] V.S.Raxmanova Maxsus pedagogika. T. 2004
[2] MAKTABGAChA SURDOPEDAGOGIKA ( o’quv qo’llanma)
[3] Golovchis L.A. Doshkolnaya surdopedagogika M.2001
[4] P.Yusupova Maktabgacha tarbiya pedagogikasi T.o’qituvchi 1993
[5] Surdopedagogika tarixi ( O’quv qo’llanma) 2019 tdpu nashriyoti
[6] Surdopedagogika rivojlanish tarixi (o’quv uslubiy majmua) 2020
[7] Азизова, Ф. С. (2009). Непрерывное образование педагога: среда, истоки и
условия.
Образование через всю жизнь. Непрерывное образование для устойчивого развития. Труды международного сотрудничества ,
7 , 419-422.
[8] Saidbakhramovna, A. F., & Lutpullayevna, A. F. (2020). Teaching English
Phraseological Units to Linguistic University Students.
Journal of Critical Reviews ,
7 (5), 671-674.
[9] Azizova, F. S. (2018).
Linguacultural peculiarities of teaching English phraseological units to the students of higher educational establishments (based on the examples of English and Uzbek languages) (Doctoral dissertation, Thesis paper for
Doctor of Philosophy in Philology.–Tashkent).