Imo-ishora nutqining rivojlanishida filologik qarashlar



Yüklə 112,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix07.01.2024
ölçüsü112,6 Kb.
#202431
1   2   3   4   5   6   7   8   9
imo-ishora-nutqining-rivojlanishida-filologik-qarashlar

ǀ
ISSUE 1 
ǀ
2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 158
Filologik qarashlarga e’tibor beradigan bo’lsak eshitishida nuqsoni bor shaxslar bilan 
bo’lgan aloqa vositasi xuddi bir yangi tilni o’zlashtirish jarayoniga o’xshash muhitni 
yuzaga keltirgan. Qadimgi Yunoniston va Rimda eshitishida muammosi bo‘lgan 
bolalarni o‘qitish tizimi mavjud emas edi. Antik davlatlarda kar-soqovlar jamiyatning 
to‘laqonli a’zolari sifatida tan olinmagan hamda ular «o‘qitib bo‘lmaydiganlar» deb 
hisoblanganlar. Eramizdan avvvalgi VI asrdagi Yustinian Kodeksida «to‘laqonli 
bo‘lmaganlar» ustidan vasiylik o‘rnatilishi lozimligi, tug‘ma karlar mustaqil faoliyat 
yurita olmaydiganlar sifatida qayd etilgan. Ya’ni bunday shaxslar «gapira olmaydigan, 
fikrlarini esa yozma va og‘zaki bildira olmaydiganlar» bo‘lganlari uchun o‘z mulklarini 
boshqara olmaydiganlar, deb hisoblanganlar. Antik davr «tibbiyot» fanida karlik 
g‘ayrioddiy tabiatga ega hamda uni tuzatib bo‘lmaydi, degan fikr hukm surgan. Tarixiy 
manbalardan karlarga alohida munosabat eramizdan avvalgi IX–VIII asrlardan yuzaga 
kelganini kuzatamiz. Qadimgi yunon faylasufi Arastu (er.av. 384-322 y.y.) o‘zining 
«His etuvchilarning hissiyotlari» va «Hissiy idrok va uning ob’ektlari» kabi asarlarida 
sezgi organlarining o‘zaro tobelik sabablari haqida fikr yuritib, karlik va soqovlikni 
bolaning aqliy layoqatlariga salbiy ta’sirini ochib berdi. Faylasufning inson sezgi 
a’zolaridan birining mavjud bo‘lmasligi yoki uning buzilishi yaxlitlik va butunlikni 
izdan chiqarishini «kashf etishi» o‘zi bilmagan holda ilk surdopedagogik ta’limotning 
yuzaga kelishiga asos bo‘ldi. Olim sezgi a’zolaridan biri faoliyatining izdan chiqishi 
insonning umumiy rivojlanishiga yo‘l qo‘ymasligini alohida ta’kidlaydi hamda eshitish 
analizatoriga quyidagicha baho beradi: «Tovush fikrlash vositasi bo‘lib, eshitish atrof 
olamni anglashning muhim organidir. Shu bilan bog‘liq ravishda aytish mumkinki, 
tug‘ilgandan boshlab eshitmagan inson, tabiiyki, soqov bo‘ladi». Arastu, shuningdek, 
karlik va soqovlikning bola aqliy faoliyatiga salbiy ta’sir etishi mohiyatini ochib berar 
ekan, soqovlikni, tug‘ma karlikning oqibati ekanligini qayd etadi [11-19]. 
Nasroniylikning yuzaga kelishi bilan rivojlanishida muammolarga ega insonlarga 
nisbatan rahm-shafqatli munosabat shakllana boshlasa-da, bir vaqtning o‘zida bunday 
shaxslar, ularning nogironligiga nisbatan turli salbiy diniy e’tiqodlar ham yuzaga kela 
boshladi. Masalan, ushbu qarashlarga ko‘ra, karlikka ega bo‘lgan bolalar ota-
onalarining qilgan gunohlari evaziga xudo tomonidan yuborilgan «Xudoning jazosi» 
sifatida qaralgan. O‘rta asrlar boshida Yevropada, rivojlanishida turli muammolarga ega 
shaxslarning huquqlarini chegaralash an’analari tarkib topa boshladi. O‘rta asrlar dindor 
faylasuflari tomonidan tug‘ma kamchiliklarga ega insonlarning to‘laqonli insonlar 
emasligi nazariyasi isbotlana boshlagan bo‘lsa, bu davr huquqshunosligi esa 
nogironlarga o‘z xatti-harakatlariga javob bera olmaydiganlar sifatida qaralib, qonun 
bunday shaxslarni o‘zini boshqara oladigan shaxslar sifatida tan olmagan. Eshitishida 
nuqsoni bo‘lgan shaxslarni o‘qitish bo‘yicha dastlabki urinishlar XV asrga to‘g‘ri 
keladi. G‘arbiy Yevropada yuzaga kelgan karlarni o‘qitish, tarbiyalash nazariyasi va 
amaliyoti o‘sha davrdagi ko‘pchilik olimlarni o‘ziga jalb qilgan. Bunga Uyg‘onish 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 

Yüklə 112,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin