Impact Factor: 2 issn-l: 2544-980x IX xii asrlarda Movarounnahr va Unga Tutash О‘lkalardagi Etno-Madaniy Jarayonlar


Vol. 25 (2022): Miasto Przyszłości



Yüklə 309,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix15.06.2023
ölçüsü309,62 Kb.
#130890
1   2   3
169-171 IX - XII Asrlarda Movarounnahr va Unga

Vol. 25 (2022): Miasto Przyszłości 
171 
Miasto Przyszłości 
Kielce 2022 
Shaharning etnik tarkibi ham bir xilda bo‘lmagan. Shaharning asosiy aholisini so‘g‘diylar va turkiyzabon xalklar tashkil 
kilgan. Ma’lumki, VIII – X 23 asrlarda turkiy xalklar faqat vohadagi shahar va qishloqlarda emas, balki voha atroflaridagi 
cho‘llarda ham yashar edilar. Buni Narshaxiy asarlaridan tushunib olish qiyin emas. Ma’lumki, arablar vohaga bosib kelgan 
kezlarda turklar ular bilan raqiblashib, kurashib kelgan edilar, vohani batamom qo‘lga kiritib olgandan so‘ng ham turkiy 
qabilalar arab istilochilari bilan kelisha olmasdan, vohaga tez-tez xujum qilib turganlar va shuning uchun ham Buxoroga 
amir bo‘lib tayinlangan kishining buyrug‘i bilan voha atrofida devor ko‘tarilgan.
Buxoro shaxrida va umuman vohada tub yerli aholidan tashqari boshqa yerlardan tijorat yo‘li bilan kelib o‘rnashib qolgan 
kishilar ham mavjud edi. Shulardan biri «kashkoshonlar» nomi bilan atalgan. «Buxoroda, — deb ta’kidlanadi Buxoro 
tarixida, — bir qavm bor ediki, uni kashkashon der edilar. Ular xurmatli, qadr-qiymatli va e’tiborli odamlar bulib, Buxoro 
aholisi o‘rtasida zo‘r e’tiborga ega edilar; ular dehqonlardan bo‘lmasdan (yirik mahalliy yer egalaridan bo‘lmasdan 
demoqchi) chetdan kelgan kishilar bo‘lib, aslzoda savdogar va boy odamlar edilar»1 . Qutayba Buxoroni batamom 
egallagach, kashkashonlarni uyjoylarini, undagi anjomlarni arablarga qoldirib, shahardan chiqib ketishga majbur kildi. 
Qashqashonlar Shaxristondan chiqib, undan tashkari yerlarda 700 ko‘shk (hovli-joy) bino qiladilar. Hovli-joylar, bog‘-
rog‘lar barpo qilib, o‘z xizmatchilarini ko‘chirib keltiradilar. Narshaxiy davrida (X asr birinchi yarmi) bu ko‘shklarning 
ba’zilari vayron bo‘lib, ko‘p qismi shaharga qo‘shilib ketgan. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.Azamat Ziyo. О‘zbek dalatchiligi tarixi. – Toshkent: Sharq, 2000.
2.Sagdullayev A., Ergashev F. O`zbekiston tarixi fani bo`yicha o`quv qo`llanma. – T.: Yangi asr avlodi, 2009. 
3. Shamsutdinov R., Karimov Sh. Vatan tarixi. 1-qism. – Toshkent: Sharq, 2010. 

Yüklə 309,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin