Implusning chegaraviy parametrlari faol muhit tavsiflari bilan bog`liqligi


Yuqorida keltirilgan misoldan quyidagi xulosalar kelib chiqadi



Yüklə 240,5 Kb.
səhifə2/4
tarix25.01.2023
ölçüsü240,5 Kb.
#80582
1   2   3   4

Yuqorida keltirilgan misoldan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:

  • Yuqorida keltirilgan misoldan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:
  • 1. Harakatlanayotgan jismning tezligi o'zgarmaganda massasi qancha katta bo'lsa, uning urilish zarbi ham shuncha katta bo'ladi.
  • 2. Harakatlanayotgan jismning tezligi qancha katta bo'lsa, uning urilish zarbi ham shuncha katta bo'ladi.
  • Demak, jism harakatini tavsiflash uchun jism massasi va uning tezligini alohida tarzda emas, balki ularni birgalikda qarash kerak. Shu maqsadda jism impulsi degan fizik kattalik kiritilgan.
  • Jism massasining uning tezligiga ko'paytmasi jism impulsi deb ataladi, ya'ni: P=m*v
  • Xalqarobirliklarsistemasida jism impulsining birligi kg ' m/s bo'ladi. 1 kg *m/s li impuls
  • - bu 1 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan 1 kg massali jismning impulsi.
  • J ism impulsi vektor kattalik bo’lib, uning yo'nalishi tezlikning yo'nalishida bo’ladi.
  • Kuch impulsi va jism impulsi orasidagi munosabat
  • v0 boshlang'ich tezlik bilan harakatlanayotgan jism t vaqt davomida boshqa jism bilan ta'sirlashgani tufayli, uning tezligi o'zgarib, v ga teng bo'lsin. O'zaro ta'sir jarayonida jismning tezlanishi quyidagicha ifodalanadi:
  • a=v-v0/t Agar jismning massasi m, boshqa jism bilan ta'sirlashish kuchi F bo'lsa, u holda Nyutonning ikkinchi qonuniga binoan tezlanishning quyidagi formulasi ham o'rinlidir:
  • a=F/m
  • Tezlanishning ikkala formulasini o'zaro tenglashtirish mumkin:
  • v-v0/t= F/m yoki
  • Ft=mv-mv0
  • Bu formulada Ft - kuch impulsi, mvQ - o'zaro ta'sirgacha, mv - o'zaro ta'sirdan keyingi jism impulslari ekanligini hisobga olsak, quyidagi xulosa kelib chiqadi:
  • O'zaro ta'sir jarayonida jism impulsining o'zgarishi ta'sir kuchi impulsiga teng.

34-§. IMPULSNING SAQLANISH

  • 34-§. IMPULSNING SAQLANISH
  • QONUNI
  • Yopiq sistema
  • Yerdan kosmik kemani uchirishda Yer va kosmik kemani birgalikda yopiq sistema deb qarash mumkin. Chunki Quyosh, Oy va boshqa osmon jismlarining kosmik kemaga
  • tasirini hisobga olmasa ham bo’ladi.
  • Jismlar sistemasi boshqa tashqi jism- lar bilan o'zaro ta'sirlashmasa yoki sistemaga ta'sir etayotgan kuchlar o'zaro muvozanatlashsa, bunday jismlar sistemasi yopiq sistema deb ataladi.
  • Gorizontal sirtda bir nechta sharcha bir-biri bilan to'qnashib, ta'sirlashayotgan bo'lsin. Agar sharchalarning sirtga ishqalanishi hisobga olmaydigan darajada kichik boisa, bu sharchalarning o'zini yopiq sistema deb qarash mumkin.
  • Massalari va tezliklari bir xil bo'lganda jismlarning to'qnashuvi
  • 1-tajriba. Gorizontal relsga bir xil m massali ikkita aravachani 86-rasmdagidek qo’yamiz. Aravachalarga ta'sir etuvchi og'irlik kuchi va relsning reaksiya kuchi o'zaro muvozanatda bo'ladi. Shuning uchun qaralayotgan jismlar sistemasini yopiq sistema deb olish mumkin.
  • Aravachalarning bir tomoniga prujinali bufer mahkamlangan. Birinchi aravachaning ikkinchi tomoniga plastilin yopishtirib qo'yilgan. Aravachalarga bir xil v tezlik beramiz. Bunda birinchi aravachaning impulsi mv ga teng. Ikkinchi aravachaning tezligi birinchi arava­chaning tezligiga teng, lekin qarama-qarshi yo'nalgan. Shuning uchun ikkinchi aravachaning impulsi

Yüklə 240,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin