5.
Davlat o‗z faoliyatini tulakonli tarzda amalga oshirishi uchun o‗z suverentetiga
(mustakilligiga) ega bo‗lishi lozim.
Davlat majbur kilish kuchiga, ya‘ni hokimiyatga ega bo‗lgan, o‗z fuqarolari
shuningdek, xududda istikomat qiluvchi barcha insonlarning manfaatlarini ximoya
qiladigan, boshqa davlatlar bilan siyosiy iqtisodiy, madaniy aloqalarni amalga
oshiradigan mustakil siyosiy tashkilotdir.
29-BILET
1. Huquqiy davlat deganda qanday davlatni tushunasiz?
Huquqiy davlatda davlat boshqaruvi huquqining ustuvorligiga asoslanadi. Unda davlat
boshqaruvi fuqarolar va ijtimoiy munosabatlar sub‘ektlarining huquqlari, erkinliklari va
manfaatlarini ta‘minlashni xisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Huquqiy davlat – huquqning ustuvorligi hamda sud mustakilligi ta‘minlanadigan, inson
huquqlari va erkinliklari kafolatlanadigan davlat hokimiyati vakolatlar bo‗linishi
tamoyili asosida amalga oshiriladigan demokratik davlatdir.
Huquqiy davlatning asosiy belgilari quyidagilar:
1. Huquqning ustuvorligi.
Mamlakatdagi barcha shaxslar – fuqarolar, chet el fuqarolari, fuqaroligi bulmagan
shaxslar, hammasi qonun talablariga buysunadilar. Bunda konstitutsiya huquqiy
normalar tizimida oliy yuridik kuchga egadir.
2.
Inson huquqlari va erkinliklarining ta‘minlanishi va ximoyalanishi.
Inson, uning xayoti, sha‘ni, kadr-kimmati, huquq va erkinliklari hamda manfaatlari oliy
kadriyat ekanligi.
3.
Davlat va fuqarolarni bir-birlari oldida o‗zaro mas‘uliyati.
4.
Hokimiyatning qonuniyligi.
Hokimiyat demokratik saylovlar yuli bilan shakllantiriladi. Davlat hokimiyati
mamlakatni ichkarisida va xalkaro miqyosida tan olinadi.
5. Hokimiyat vakolatlarining taksimlanishi.
Davlat hokimiyati: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bulinadi.
Davlat hokimiyati vakolatlari mana shu uchala hokimiyat urtasida taksimlanadi.
6.
Sudning mustakilligi.
Sudning faoliyatiga xech kim aralasha olmaydi. Sudlar fakat qonuniy talablarga
buysunadi.
7.
Huquqni muhofazakilish mexenizmning samarali ishlashi.
Davlat inson huquq va erkinliklarni lozim darajada ximoya kilish kerak.
Dostları ilə paylaş: