Imtihon javoblari



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/31
tarix11.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#96249
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31
huquq-2021

 
7-BILET 
1. Huquq normalari nima va u qanday elementlardan tashkil topgan? 
Huquq normasi - bu huquq tizimining eng asosiy, dastlabki elementi. Huquqiy normalar 
jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy tuzilishi bilan belgilanadigan, xalq irodasini 
ifodalovchi davlat tomonidan o‗rnatilgan, bajarilishi jamiyatning barcha a‘zolari uchun 
umummajburiy bo‗lgan, ijti¬moiy munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalardir. 
Davlat tomonidan belgilanadigan, kafolatlanadigan va muhofaza qilinadigan barcha 
uchun majburiy xulq-atvor qoidasi huquq normasi deyiladi. 
Huquq normasining asosiy vazifasi - ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish. Huquq 
alohida normalar, xulq-atvor qoidalaridan tashkil topgan. 
Huquqiy norma tuzilishigakocra bir-biri bilan bog'liq bo'lgan quyidagi uch tarkibiy qism 
(element)dan: gipoteza, dispozitsiya, sanksiyalardan tashkil topishi mumkin. 
Gipotezada norma harakatga kelishi uchun zarur boclgan shart-sharo- itlar bay on 
etiladi. 
Dispozitsiyada xulq-atvor qoidalarining o‗zi ifodalanib, huquq subyekt- larining huquq 
va majburiyatlari belgilab beriladi. 
Sanksiyada huquq normalari bajarilmagani uchun davlat tomonidan qo‗llaniladigan 
majburlov chorasi bay on etiladi. 
2. Bezorilik nima va uning oqibatlari qanday? 
Bezorilik ya‘ni jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik urish-
do‗pposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki o‗zganing mulkiga shikast yetkazish 
bilan boғliq holda sodir etilsa eng kam oylik itsh haqini 50 barovaridan 100 
barovarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha ahloq tuzatish ishlari yohud 6 oygacha 
qamoq bilan jazolanadi. (JK, 277-modda). 
8-BILET 
1. Huquq deganda nimani tushunasiz?
Huquqiy munosabat – uning ishtirokchilari urtasidagi huquqiy (yuridik) aloqalar bulib, 
ularning o‗zaro huquq va majburiyatlarida namoyon bo‗ladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq 
ham har xil huquqlarga masalan, tibbiy yordam olish, turar-joyga, o‗z ismi-familiyasiga 
ega bo‗lish huquqlariga ega. Akli zaif va ruhiy kasallar ham huquqiy layoqatga ega. 
Ular ham yashash, davolanish, nafaqa olish, mulkdor bo‗lish huquqiga egadirlar. Ayrim 
vaqtda xali tugilmagan bola ham huquqiy layoqatga ega. U merosxo‗r bula oladi. 
Huquqiy munosabat ishtirokchilarining harakati nimaga karatilgan bo‗lsa, ushbu narsa 
huquqiy munosabatlarning ob‘ekti xisoblanadi. Huquqiy munosabatlarning 
ishtirokchilari, ya‘ni huquq va majburiyat egalari huquqiy munosabatlarning sub‘ektlari 
xisoblanadilar. Huquq layoqati asosan kishining tugilishi bilan vujudga keladi va vafot 


etishi bilan tamom bo‗ladi. Muomila layoqati o‗z harakatlari asosida huquqlarni amalga 
oshirish va yuridik majburiyatlarni bajara olish imkoniyatidir. 
Muomila layoqati yosh va ruhiy salomatlik bilan boғliq. O‗zbekiston qonunlariga 
binoan to‗liq muomila layoqati fuqaro 18 yoshga tulgandan sung boshlanadi lekin ushbu 
qoidadan istisnolar ham mavjud. Masalan, shaxs jinoiy javobgarlikka 16 yoshdan ayrim 
jinoyatlar uchun 14 yoshdan tortilishi mumkin. Boshqa bir misol: «Oila kodeksi» ayrim 
xollarda 18 yoshga tulmasdan turib nikoxdan utishga ruxsat beriladi. Bunday fuqaro 
nikoxdan utgan vaqtdan boshlab to‗liq muomala layoqatiga ega bo‗ladi. Huquq manbai 
davlat idorasini muayyan huquqiy normativ hujjatlar, qonun aktlarida ifodalash, bayon 
kilish usuli va shaklidir. Huquqshunoslik fanida huquq manbaalarining quyidagi 4 
shakli e‘tirof kilingan: 
Huquqiy odat – bu jamiyat a‘zolari tomonidan o‗zok vaqt kullanilishi, doimiy 
takrorlanishi natijasida jamiyat tomonidan qabul kilingan xulq-atvor normasiga 
aylangan va keyinchalik davlat tomonidan tasdiklangan qoida. Huquqiy odat kadimgi 
davrlarda asosiy huquq manbai xisoblangan. hozirgi paytda ham ayrim davlatlarda 
masalan, Buyuk Britaniyada mavjud. Yuridik pretsedent sudining umum majburiy 
ahamiyatga ega bo‗lgan aniq bir ish bo‗yicha karoridir. Yuridik pretsedentning o‗ziga 
xos jihati shundaki u qabul kilingach, usha masala bo‗yicha umummajburiy qoidaga 
aylanadi. Huquqiy pretsedent ayrim mamlakatlarda umummajburiy qoidalarga aylanadi. 
Huquqiy pretsedent ayrim mamlakatlarda, masalan, Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada va 
Avstraliyada huquq manbai xisoblanadi. Lekin O‗zbekiston Respublikasining huquq 
tizimida kullanilmaydi. 
Normativ-huquqiy hujjat – hozirgi kunda eng muhim bo‗lgan huquq manbaidir. 
Normativ-huquqiy akt vakolatli davlat organlarining belgilangan tartibda qabul kilgan 
yuridik huquqiy hujjati bulib, umummajburiy xulq-atvor qoidalarini o‗z ichiga oladi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin