Imtihon javoblari


 Muomala layoqati nima va u qachondan vujudga keladi?



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/31
tarix11.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#96249
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31
huquq-2021

2. Muomala layoqati nima va u qachondan vujudga keladi? 
Muomila layoqati yosh va ruhiy salomatlik bilan boғliq. O‗zbekiston qonunlariga 
binoan to‗liq muomila layoqati fuqaro 18 yoshga tulgandan sung boshlanadi lekin 
ushbu qoidadan istisnolar ham mavjud. Masalan, shaxs jinoiy javobgarlikka 16 yoshdan 
ayrim jinoyatlar uchun 14 yoshdan tortilishi mumkin. Boshqa bir misol: «Oila kodeksi» 
ayrim xollarda 18 yoshga tulmasdan turib nikoxdan utishga ruxsat beriladi. Bunday 
fuqaro nikoxdan utgan vaqtdan boshlab to‗liq muomala layoqatiga ega bo‗ladi. Huquq 
manbai davlat idorasini muayyan huquqiy normativ hujjatlar, qonun aktlarida ifodalash
bayon kilish usuli va shaklidir 
22-BILET
 
1. O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi.
Sud hokimiyati –– davlat hokimiyatining bir bog‗ini. 
O‗zbekiston Respublikasining sud tizimi quyidagilardan iborat: 
– O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi; 
– O‗zbekiston Respublikasi Oliy sudi; 
– Harbiy sudlar; 


– Qoraqalpog‗iston Respublikasining fuqarolik va jinoyat ishlari bo‗yi cha sudlari; 
– Fuqarolik va jinoyat ishlari bo‗yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari; 
– Fuqarolik ishlari bo‗yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari 
bo‗yicha tuman (shahar) sudlari; 
– Qoraqalpog‗iston Respublikasining, viloyatlar va Tosh kent shahar iqtisodiy va 
ma'muriy sudlari. 
– Tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari: 
– Tuman, shahar ma'muriy sudlari. 
Sud idoralaridan boshqa davlat idorasi fuqarolik, jinoyat va boshqa ish larni ko‗rish, hal 
etish huquqiga ega emas. Sud hokimiyati odil sudlovni amalga oshirish vakolatiga ega 
bo‗lgan yagona hokimiyatdir. Davlat o‗z zimmasiga sudlov organlari o‗z vazifalarini 
samarali bajari shlari uchun zarur sharoitlarni yaratib berish majburiyatini olgan. Sud 
ido ra larining mustaqilligi davlat tomonidan kafolatlanishi, Konstitutsiya va qonunlarda 
belgilab qo‗yilishi BMT tomonidan qabul qilingan ―Sud ido ra larining mustaqilligiga 
oid asosiy tamoyillar‖ nomli xalqaro huquqiy hujjat da ham o‗z ifodasini topgan. Odil 
sudlovning samarasi, albatta, sudlar tomonidan qabul qilinayotgan hujjat larning 
majburiyligi bilan bevosita bog‗liq. Shu o‗rinda ta‘kidlash joizki, sudning qarorlari 
davlat majburlov kuchi bilan ta‘minlanadi. 
Oshkoralik tamoyili odil sudlov faoliyatining huquqiy asosini belgilab bera digan 
muhim konstitutsiyaviy tamoyillardan biridir. O‗zbekiston Respub likasi sud tizimiga 
kiruvchi barcha sudlarda ishlar ochiq ko‗riladi. Odil sudlovni amalga oshirishda til 
to‗g‗risidagi konstitutsiyaviy tamo yil katta ahamiyatga ega. Konstitutsiyamizning 115- 
moddasiga asosan O‗zbekis ton Respublikasida sud ishlarini yuritish o‗zbek tilida, 
qoraqalpoq tilida 
yoki muayyan joydagi ko‗pchilik aholi so‗zlashadigan tilda olib boriladi. O‗zbekiston 
Respublikasi sud tizimining xalqaro andozalarga mos ekanligini tasdiqlovchi 
jihatlaridan biri – bu aybsizlik prezumpsiyasi qoidasi ning qonunda aks 
ettirilganligidadir. Bu milliy huquqiy tizimning jiddiy yutug‗i va fuqarolik jamiyatining 
muhim tamoyillaridan hisoblanadi. Mamlakatimizda barcha sudyalar bir xil maqomga 
ega. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishga yo‗l 
qo‗yil maydi. 
Mamlakatimiz sud tizimini isloh qilish va uni takomillashtirish bo‗yicha olib borilgan 
ishlar, avvalambor, hokimiyatlar bo‗linishiga oid konstitut siyaviy prinsipni izchil 
amalga oshirishga xizmat qildi. Natijada sud tizi mining ijro etuvchi hokimiyatdan 
mustaqil ravishda faoliyat yuritishiga imkoniyat yaratildi. Sud-huquq tizimini izchil 
demokratlashtirish va liberallashtirish bo‗- yi cha so‗nggi yillarda olib borilgan ishlar: 
– sud-tergov faoliyatida tergov jarayonida, jabrlanuvchi, guvoh, gumonlanuvchi, 
ayblanuvchi yoki sudlanuvchining ko‗rsatmasi bo‗yicha (agar aniq isbot bo‗lmasa) 
qaror qabul qilish taqiqlandi; – Oliy sud va Oliy xo‗jalik sudlari birlashtirildi va ular 
asosida fuqarolik, jinoiy, ma'muriy va iqtisodiy sohalarda sud ishlarini yuritish bo‗yicha 
sud hokimiyatining birlashgan organi yaratildi; 
– Oliy sud qoshida sudlar faoliyatini ta‘minlash bo‗yicha department tashkil qilindi; 
Qonunda sudyalarning vakolat muddati besh yil qilib belgilangan. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin