Kompressor — havo yoki gazni siqadigan va bosim ostida uzatadigan qurilma. Tuzilishiga koʻra, porshenli, rotatsion, markazdan qochirma, uqaviy va oqimli; siqiladigan gaz xiliga qarab, havo va kislorod Kompressorlari; bosimga qarab, past (0,3—1 MYA/m2), oʻrta (10 MYA/m2 gacha) va yuqori (10 MYA/m2 dan yuqori) bosimli xillarga boʻlinadi.

Porshenli Kompressor, asosan, ish silindri va porshendan iborat. U bir va koʻp silindrli, silindrlari vertikal, gorizontal, Vintsimon va Wsimon oʻrnatilgan, bir yoqlama yoki ikki yoklama ishlaydigan, bir yoki koʻp bosqichli boʻladi. Gaz silindrning ichki devorlari bilan ilgarilanmaqaytma harakat qiladigan porshen orasida qisiladi. Rotatsion Kompressorda aylanuvchi bir yoki bir necha porshen va rotor ish organi hisoblanadi.

Sentrifuga (rus. sentr — markaz va lot. fuga — qochish) — bir jinsli boʻlmagan birikmalar — suspenziyalar,emulsiyalar,shlamlar (kukunsimon togʻ jinslari) va boshqalarni markazdan qochma kuch taʼsirida tarkibiy qismlarga ajratuvchi apparat.Asosiy qismi oʻz oʻqi atrofida katta tezlikda aylanib turuvchi rotor(baraban) hisoblanadi.Ish prinsipiga koʻra, sentrifuga tindiruvchi va suzuvchi(filtrlovchi) turlarga boʻlinadi.