Indaneziya iqtisodiyoti. Jahon mamalakatlari bilan olib borayotgan iqtisodiy munosabatlar



Yüklə 38,13 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü38,13 Kb.
#196437
INDANEZIYA IQTISODIYOTI. JAHON MAMALAKATLARI BILAN OLIB BORAYOTGAN IQTISODIY MUNOSABATLAR


INDANEZIYA IQTISODIYOTI. JAHON MAMALAKATLARI BILAN OLIB BORAYOTGAN IQTISODIY MUNOSABATLAR
Reja:

  1. Indonesiya davlati haqida

  2. Indonesiya iqtisodiyoti

  3. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlarda o’zbekistonning tutgan o’rni

  4. Jahon mamalakatlari bilan olib borayotgan iqtisodiy munosabatlar

Davlat tuzumi


Indoneziya — unitar respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1945-yilda 18-avgustda qabul qilingan. Davlat va hukumat boshligʻi — 5 yil muddatga saylanadigan prezident (2001-yil iyuldan Megavati Sukarnoputri xonim). Davlat hokimiyatining oliy organi — Xalq maslahat kongressi. U konstitutsiyani tasdikladi, unga kora oʻzgarishlar kiritildi, prezident va vitse-prezidentni saylashdi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament — xalq vakillari kengashidan iborat. U joriy qonun chiqaruvchilik faoliyati bilan shugʻullanadi. Uning 500 deputatidan 462 nafari umumiy ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi va qolgan 38 nafari (harbiylar fraksiyasi) prezident tomonidan tayinlanadi. Ijroiya hokimiyatni prezident oʻzi tayinlagan hukumat bilan birga amal oshiradi.
Tabiati
Indoneziya ekvatorial kengliklarda joylashgan. Qirgʻoqlari kam parchalangan, botkrkliklar, mangra chakalak-zorlari bor. I. yer yuzasining yarmidan koʻprogʻi oʻrtacha baland va pastqam togʻlardan, Yangi Gvineyada qisman baland togʻlardan (eng baland joyi 5029 m), qolgan qismi allyuvial tekisliklardan iborat. Orollarda 400 dan ortiq vulkan bor, shundan 100 tasi harakatdagi vulkan. Tektonik harakatlar tinmagan. Tez-tez kuchli zilzila boʻlib turadi. Neft, koʻmir, temir, marganets, qalay rudalari, boksit, mis, qoʻrgʻo-shin, rux, alyuminiy, nikel va fosfat konlari bor.
Iqlimi
I.ning katta qismida ekvatorial, Yava o.ning sharqi va Kichik Zond o. larida subekvatorial iqlim. Pasttekisliklarda oylik oʻrtacha temperatura 25—27°. Togʻlarda salqinroq, 1500 m dan balandda yer yuzasi baʼzan muzlaydi. Ekvatorial iqlimli joylarda yillik yogʻin 2000–4000 mm, subekvatorial iqlimli joylarda 2000 mm ga yaqin. Daryolari janubi-gʻarbidan boshqa qismida yil davomida sersuv. Eng yiriklari: Kapuas, Barito, Hari, Kampar, Musi, Mamberamo, Digul. Tuproqlari mamlakat hududining 4/5 qismi (asosan, Katta Zond orollari va Gʻarbiy Irian)da sernam oʻrmonlarga xos qizil-sariq laterit va togʻ laterit tuproqlar; tekisliklarda tropik botqoqli va lateritli gley tuproqlar. Sohilidagi mangra chakalakzorlarining tuprogʻi botkrkli. Janubi-sharqidagi tropik oʻrmonlarda qizil laterit, quruq savannalarda qizilqoʻngʻir tuproqlar tarqalgan. Pasttekislikda va 1300–1500 m balandlikdagi togʻ yon ba-gʻirlarida doim yashil sernam ekvatorial oʻrmonlar (fikus, pandaus va non daraxtlari, palma, paporotniklar, bambuk) usadi. 1300–1500 m va 2600– 3000 m balandlikdagi mintaqa tor-tropik oʻrmonlar (eman, qora qayin, kashtan, qaragʻay), undan yuqorisi butazor va oʻtloqlar bilan qoplangan. Janubi-sharada, asosan, barg toʻquvchi tropik oʻrmonlar (tik daraxti, kazuarin) va savannalar (alang-alang oʻti va yovvoyi shaqarqamish) bor. I.da maymunlar (orangutan, gibbon, makakalar), kar-kidonlar, fil, malay ayigʻi, tapir, banteng buqasi, kaklik, toʻtilar, tim-soxlar (uz. 7 m gacha), kobra va boʻgʻma ilonlar, echkemar va b. bor. I.ning sharqiy qismida xaltali qayvonlar, koʻrshapalak, jannat qushi, kakadu toʻtisi uchraydi. Hasharotlar I.ning hamma qismida mavjud, baliq koʻp. Noyob hayvonlarni saqlash maqsadida Sumatra, Kalimantan, Yava va b. orollarda qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Milliy bogʻlari: Gunung-Lyoser, Komodo-PadarRinko, Ujung-Kulon va b. Bir necha dengiz bogʻlari va qoʻriqxonalar bor.
Aholisi
I.da 300 ga yaqin elat va etnik guruh yashaydi. Mamlakat aholisining 96% tili, madaniyati va urf-odatiga koʻra malayyapolineziya til oilasining indonez guruhiga mansub. Bulardan eng yiriklari: yavaliklar, sundlar, maduralar, malayyalar, jakartaliklar, achelar, bataklar, dayaklar va b. Bulardan tashqari, I.da melanezlar, papuaslar, xitoylar, arablar, gollandlar, hindlar va b. yashaydi. Davlat tili — indonez tili. Asosiy din — islom dini. Aholining 80% musulmonlar, 10% xristianlar, qolgan qismi hin-duilik, buddaviylik, konfutsiylik va mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtikrd kiladi. I. aholisining 2/3 qismi mamlakat hududining 7% ini tashkil etgan Yava o. da. Aholining 70% qishloqlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Jakarta, Surabayya, Bandung, Semarang, Medan.
Tarixi
I. — hozirgi tipdagi inson (pitekantrop, yavantrop) shakllangan markazlardan biri. Mil. av. 2-asr ga oid yodgorliklar saqlangan. Yava, Malayya o. larida Taruma va Kalinga, Sumatrada Malayyu va Shrivijayya davlatlari tashkil topgan. Ularda hinduilik va buddaviylik tarqala boshladi. Mil. 7-asrda bir necha mayda davlatlar birla-shib, Shrivijayya imperiyasiga aylandi. 8-asr 1-yarmidaYavada Mataram davlati paydo boʻldi. 1025-yil Shrivijayya inqirozga uchradi. 11-asrning 40-yillarida Mataram Kediri (13-asr dan Singasari) va Jangala davlatlariga boʻlinib ketdi. 1120-yil Kediri ilgari Mataramga qarashli barcha yerlarni birlashtir-di, boshqa orollar ustidan nazorat oʻrnatdi. 13-asr oxirida Singasari yemirilib, uning oʻrnida Majapaxit im-periyasi tashkil topdi (1293— taxminan 1520). Majapaxit imperiyasi oʻrta asrlarda eng yirik umumindonez davlati boʻlgan.
14-asrda Hindiston va Malakkadan I. ga islom dini kirib keldi. Arxipe-lagning koʻp qismini egallagan Majapaxit imperiyasi musulmon sultonliklariga boʻlinib ketgach (16-asr), I. hudu-diga yevropaliklar (portugallar, gollandlar) kirib kela boshladi. 1602-yil gollandlar I.da Ost-Indiya kompan-piyasiga asos soldi. Bu kompaniya mamlakatning talay qismini oʻziga tobe qilib oldi. 1811-yil I. ni inglizlar bosib oldi. Birok, 1814-yilgi Angliya-Niderlandiya bitimiga kura, I. yana Niderlandiya qoʻliga oʻtdi.
I. xalqi ajnabiy istilochilarga qarshi kurash olib bordi. Diponegoro boshchiligida Yavada (1825—30), Imom Bajon yetakchiligida Sumatrada (1830— 39), Acheda (1873—1903) koʻtarilgan qoʻzgʻolonlar tarixda mashhur.
20-asr boshida milliy ozodlik harakati bir muncha kengaydi. 1908-yil Yavada "Budi utomo" ("Oliy maqsad") nomli birinchi milliy tashkilot paydo boʻldi. Golland mustamlakachilariga qarshi 1923-yil temiryoʻlchilarning umumiy ish tashlashi boʻlib oʻtdi. 1926-yil indonez xalqi mustamlakachilikka qarshi qoʻzgʻolon koʻtardi, ammo u bostirildi. 1927-yil Axmad Sukarno rahbarligida Milliy partiya tuzildi. I. mustaqilligini talab qilib, xalq orasida obroʻ krzongan bu parti-yaning faoliyati takikdandi, Sukarno va uning tarafdorlari qamoqqa olindi (1929). 1931-yildan Milliy partiya I. partiyasi deb nomlandi. 1937-yil milliy inkilob tarafdorlari Indonez xalqi harakati (Gerindo) tashkilotini tuzdilar.
1942—45 yillarda I. ni Yaponiya bosib oldi. Yaponiya Ikkinchi jahon urushida maglubiyatga uchragach, mamlakat mustaqil I. respublikasi deb eʼlon qilindi (1945-yil 17-avgust). A. Sukarno uning prezidenti qilib saylandi. Respublika konstitutsiyasi qabul qilindi. Biroq 1945-yil 6-sentabrda I. ga ingliz, keyinroq golland qoʻshinlari bostirib kirdi. I. xalqi bosqinchilarga qarshi 4 yil kurash olib bordi. Nihoyat, Gollandiya I. mustaqilligini tan olishga majbur buldi (1949-yil noyabr). Biroq u I. mustaqilligiga putur yetkazadigan bitim tuzishga erishdi. I. 16 xududga boʻlibtashlandi; mamlakat "Indoneziya Qoʻshma Shtatlari" nomi bilan yuritila boshladi, Gollandiya I.ning bir qismi (Gʻarbiy Iri-an) ni oʻz koʻl ostida saqlab qoldi. I. xalqi oʻz mamlakatini toʻla ozod qilish uchun kurashni davom ettirdi. 1950-yil 6 avg.da I. unitar (qoʻshma) davlat deb eʼlon qilindi. Hukumat I. uchun asoratli boʻlgan bitimlarni tan olmaslik haqida qaror qabul qiddi (1956-yil aprel). 1957-yilning oxirida I. hukumati mamlakatdagi ajnabiylarga qarashli barcha korxona, plantatsiya va banklarni oʻz nazoratiga oldi. 1957-yil Sukarno davlatning siyosiy va iqti-sodiy apparatini qayta tuzdi. Prezident dekreti bilan 1945-yilgi Konstitutsiya yana kuchga kirdi (1959-yil iyul). Biroq I. hukumati va milliy vatanparvarlarga qarshi qoʻporuvchilik harakati toʻxtamadi. 1956-yil Sumatra va Sulavesida ayirmachilar qurolli isyon boshladi. Hukumat qoʻshinlari xalq ommasining yordami bilan isyonchilarni tor-mor qildi (1961). Gʻarbiy Irianni I. tarkibiga qoʻshib olishni tinch yoʻl bilan hal etolmagach, I. vatanparvarlari golland bosqinchilariga qarshi qurolli kurash boshladi (1962). 1963-yil 1-mayda Gʻarbiy Irian I. Respublikasi tarkibiga qoʻshib olindi. Prezident Sukarno mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, iqti-sodiyotni yuksaltirish, dunyodagi barcha mamlakatlar bilan doʻstlik va hamkorlik yoʻlini tutdi. Ammo ichki siyosiy beqarorlik (harbiylar, ayirmachilar va islom aqidaparastlarining isyonlari), soʻl va oʻng kuchlarning oʻzaro kurashi tobora kuchayishi "1965-yil 30-sentabr" voqealariga olib keldi. Armiya raxbariyatining raqiblari orasidagi ashaddiy murosasiz arboblar kompartiya rahbarlarining madadi bilan davlat toʻntarishi qilishga urindilar. Ularning xattiharakatlari tor-mor etilgach, Sukarno hokimiyatdan chetlashtirildi va "yangi tartib" oʻrnatishga kirishildi. 1966-yilda general Suharto muvaqqat (1968-yildan rasmiy) prezident boʻlib qoldi. Harbiylar boshchiligidagi hokimiyat ichki muxolifatni keskin cheklab, bozor xoʻjaligiga oʻtish orqali iqtisodiy oʻsishni taʼminlash vazifasini qoʻydi. I. faol tashqi siyosat oʻtkazib, milliy taraqqiyot uchun qulay sharoit taʼminlash yoʻlidan bordi. Yalpi mahsulot ishlab chiqarish ni koʻpaytirish surʼatlari oshdi, aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan daromad koʻpaydi.
Suharto 6-muddatga prezident etib saylandi, biroq 1998-yil boshlarida mamlakat moliyaviy inqirozga duchor boʻldi. Xalq ommasi, ayniqsa, talaba yoshlar bu kulfatda prezidentni ayblab, koʻchalarda norozilik namoyishlari oʻtkazishdi. Shunday bir vaziyatda Xalq maslahat kongressi Suhartoni 7-muddatga yana prezident etib sayladi. Bu voqea xalqning gʻazabini yanada oshirdi va tinch namoyishlar gʻalayon tusini ola boshladi. Prezidenta ing isteʼfo beri sh i haqidagi ta-lablar kuchaydi. Nihoyat, Suharto isteʼfoga chiqishga majbur boʻldi va konstitutsiyaga binoan 1998-yil 21-may kuni vitse-prezident Burhoniddin Yusuf Habibiy prezident lavozimini egalladi. Ammo uning bu lavozimdagi faoliyati uzoqqa bormadi. Oliy tabaqa arboblarining suiisteʼmollaridan norozi boʻlgan xalq ommasining talabi bilan B. Yu. Xabibiy isteʼfoga chiqarildi. 1999-yil oktabrdan Vohid Ab-durahmon, 2001-yil iyuldan A. Sukarnoning qizi Megavati Sukarnoputri prezident lavozimiga saylandi.
I. — 1950-yildan BMT aʼzosi.
Milliy bayrami — 17-avgust — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1945). Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 23-mayda oʻrnatdi.
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari
Birlik va taraqqiyot partiyasi, 1973-yilda musulmonlarning 4 partiyasi birlashishi natijasida tuzilgan; I. demokratik partiyasi, 1973-yilda 5 partiyaning qoʻshilishi natijasida tuzilgan; Golkar (funksional guruqlar), 1964-yil siyosiy partiyalarga kirmaydigan davlat xizmatchilari, kasaba uyushma, yoshlar, xotin-qizlar, diniy tashkilotlar vakillari ittifoqi sifatida tuzilgan, 1998-yilda partiyaga aylantirilgan; I. demokratik partiyasi (kurashchi), 1998-yilda tuzilgan; Milliy mandat partiyasi, 1998-yilda tashkil etilgan; Milliy uygʻonish partiyasi, 1998-yilda tuzilgan. Umumindone-ziya mehnatkashlar ittifoqi kasaba birlashmasiga 1973-yilda asos solingan; Umumindoneziya ishchilar itti-foqi ("Ravnaq") kasaba birlashmasi 1992-yilda tuzilgan.
I. — agrar-industrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi oʻrtacha 17% ni tashkil etadi va bu ulush tobora kamayib bormoqda. Ayni vaktda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi koʻpaymoqda. Bu hol dehqonchilik va chorvachilik intensiv tuye olayotgani bilan ham, ekinzorlar kengayishi, jumladan, kam yerli dehqonlar yangi oʻzlashtirilgan yerlarga koʻchib borishi bilan ham bogʻliqdir.
Qishloq xoʻjaligi — I. iqtisodiyotining yetakchi tarmogʻi. Mehnatga yarokli aholining yarmidan koʻprogʻi qishloq xoʻjaligida mashgʻul. I. tabiiy kauchuk (yiliga 1 mln. tonnadan ortiq) va palma yogʻi (yiliga 2 mln. tonna moyli palma mahsulotlari) ishlab chiqarish boʻyicha dunyoda 1-oʻrinda turadi, tropik daraxt yogʻochidan yasalgan buyumlar, tamaki, kofe (yiliga 400 ming t), choy (250 ming t), ziravordorivorlar, shuningdek, baliq (yiliga 3 mln. tonna ovlanadi) va dengiz mahsulotlari yetkazib beruvchi eng katta davlatdir. Asosiy donli ekin — sholi, makkajoʻxori. Ayrim ekinlardan 2 marta hosil olinadi. Chorvachiligida qoramol (jumladan, buyvol), choʻchqa, echki, qoʻy, yilqi, parranda boqiladi. I. hududining 65% oʻrmon bilan qoplangan boʻlib, qimmatbaho yogʻoch tayyorlanadi.
Sanoati
Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi oʻrtacha 20% ni tashkil etadi. Konchilik sanoati byudjet tushmalarining anchagina qismini taʼminlaydi. Yiliga oʻrtacha 576 mln. barrel neft qazib olinadi. Neft konlari, asosan, Sumatra o. da, shuningdek, Yava dengizi va Makasar boʻgʻozida. I. suyultirilgan tabiiy gazni chetga chiqarishda dunyoda l-oʻrinda (yiliga 90 mlrd. m3 dan koʻproq gaz qazib olinadi), qalay qazib olishda 2-oʻrinda (30 ming t dan ziyod), nikel qazib olishda 4- oʻrinda (2 mln. tonnadan koʻp) turadi. Kumir, mis, uran rudasining katta zaxiralari mavjud. Oltin, ku-mush, olmos ham qazib olinadi. Mahsulot ishlab chiqarish sanoatining asosini isteʼ-mol mollari: gazlama, tayyor kiyim-kechak, poyabzal, charm buyumlar, roʻzgʻorbop kimyoviy mahsulotlar, oziqovqat tashkil etadi. Sholi okdash, tamaki, qand-shakar, choy, yogʻ, ip gazlama, trikotaj, jut, qurilish materi-allari, farmatsevtika va poligrafiya, konditer korxonalari, mineral oʻgʻit va shina zavodlari bor. Hunarmandchilik rivoj topgan. Ilmfan yutuklari va yuksak texnologiyaga asoslangan tarmoqlar: kemasozlik, samolyotsozlik, kimyo, neft kimyosi, avtomobil yigʻish, radioelektronika uzluksiz rivojlanmoqda. Energetika sohasida issiklik va gidroelektrstyalar soni koʻpayib, quvvati oshmoqda. Mintaqada quvvati 200 mVt ga ega boʻlgan birinchi geoter-mal (Yer qaʼridagi issiklikni elektr energiyaga aylantiruvchi) elektr stansiya ishga tushirilgan. Yiliga oʻrtacha 44,3 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Hukumat mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega boʻlgan xorijiy sarmoyani keng jalb etish siyosatini oʻtkazmoqda. 1967—95 yillarda maʼqullangan investitsiyalarning umumiy hajmi 131,4 mlrd. dollarni tashkil etdi, shundan 30 mlrd. dollardan or-tigʻi neft va gaz qazib olishga ishlatildi. Sarmoya, asosan, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Gonkong, AQSH, Singapur, Tayvan, Niderlandiya, Janubiy Koreyadan olindi. 1995-yildan milliy taraqqiyotning yangi 25 yillik bosqichini amalga oshirishga kirishildi. Bu tadbir I. ni Osiyo-Tinch okean mintaqasidagi yangi sanoatlashgan mamlakatlar darajasiga koʻtarishi moʻljallangan.
I.da dengiz transporti yetakchi oʻrinda, Portlari: Tanjungpriok (Jakar-ta porti), Surabaya, Palembang, Balik-papan, Ujungpan. Dengiz savdo flotida 3130 ming t dedveyt tonnajga ega boʻlgan 2 mingdan ortiq kema bor. Temir yoʻlning uz. 6,6 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 266 ming km. Gʻarbiy Yevropadan Avstraliyaga boriladigan havo yoʻli Jakarta orqali oʻtadi. Eng katta neft quvurlari: Tanjung — Balikpapan va Tempino — Plaju.
I. chetga gaz, neft, kauchuk va kauchuk mahsulotlari, qalay, kofe va h. k. chiqaradi. Chetdan isteʼmol mollari, sanoat xom ashyosi, chala tayyor mahsulotlar, mashina va asbob-uskunalar keltiradi. Tashqi savdodagi mijozlari: Yaponiya, AQSH, Singapur, Germaniya. Pul birligi — Indoneziya rupiyasi.
Indonesiya Iqtisodiyoti
Indoneziya iqtisodiyoti Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng yirik va rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti hisoblanadi. O'rtacha daromadli mamlakat va G20 a'zosi sifatida Indoneziya yangi sanoatlashgan mamlakat sifatida tasniflanadi.Nominal YaIM bo'yicha dunyoda 17-o'rinda va YaIM (PPP) bo'yicha 7-o'rinda turadi. 2019-yilda 40 milliard dollarga baholangan.Indoneziyaning internet-iqtisodiyoti 2025-yilga borib 130 milliard dollardan oshib ketishi kutilmoqda. Indoneziya ichki bozor va davlat byudjeti xarajatlari va davlat korxonalariga egalik qilishiga bog'liq (markaziy hukumat 141 korxonaga ega). Indoneziya bozor iqtisodiyotida bir qator asosiy tovarlar (jumladan, guruch va elektr energiyasi) narxlarini boshqarish ham muhim rol o'ynaydi. Biroq, 1990-yillardan boshlab, iqtisodiyotning aksariyat qismi alohida indoneziyaliklar va xorijiy kompaniyalar tomonidan nazorat qilinadi. 1997 yilgi Osiyo moliyaviy inqirozidan so'ng, hukumat ishlamaydigan bank kreditlarini sotib olish orqali xususiy sektor aktivlarining muhim qismini o'z qo'liga oldi. va korporativ aktivlar qarzni qayta tuzilish jarayoni orqali va hibsda bo'lgan kompaniyalar bir necha yil o'tib xususiylashtirish uchun sotilgan.
Statistikalar
1999 yildan boshlab iqtisodiyot tiklandi. O'sish so'nggi yillarda 4–6% dan oshdi.2012 yilda Indoneziya Hindistonni Xitoydan keyin eng tez o'sayotgan G-20 iqtisodiyoti sifatida almashtirdi. O'shandan beri yillik o'sish sur'ati taxminan 5% atrofida o'zgarib turdi.Biroq, Indoneziya 2020 yilda iqtisodiy o'sish COVID-19 pandemiyasi tufayli -2,07% gacha pasayib ketgan retsessiyaga duch keldi. Bu 1997 yilgi inqirozdan beri eng yomon o'sish bo'ldi.2021-yilda yalpi ichki mahsulot COVID-19 cheklovlarining olib tashlanishi hamda xom ashyo narxlarining oshishi tufayli rekord darajadagi eksport tufayli 3,69 foizga o‘sdi. Indoneziya 2045 yilga kelib dunyoning 4-oʻrinli iqtisodiyoti boʻlishi bashorat qilinmoqda. Joko Vidodo oʻz vazirlar mahkamasi hisob-kitoblariga koʻra, 2045-yilga borib Indoneziya aholisi 309 million kishiga yetishini koʻrsatgan. Vidodoning hisob-kitoblariga ko'ra, iqtisodiy o'sish 5−6% va YaIM 9,1 trillion AQSh dollarini tashkil qiladi. Indoneziyaning aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadi 29 000 AQSh dollariga yetishi kutilmoqda.
Indoneziya Janubi-sharqiy Osiyoda, Tinch va Hind okeanlari orasida joylashgan bir necha ming orollardan iborat davlat. Jahondagi orol mamlakatlaridan eng yirigi hisoblanadi. Indoneziyadagi eng katta orollar – Yangi Gvineya (g‘arbiy qismi), Kalimantan (markaziy va janubiy qismi), Sumatra, Yava hamda Sulavesi. Aholisining 60 % ga yaqini Yava orolida yashaydi. Bu orol sayyoramizdagi aholi eng zich joylashgan hududlardan biri hisoblanadi. Indoneziya poytaxti Jakarta shahri ham Yavada joylashgan.
Iqtisodiy geografik o‘rnining qulayligi ikki okean (Tinch va Hind) va ikki qit’a (Osiyo hamda Avstraliya va Okeaniya) orasida joylashganligi bilan belgilanadi.
Tabiiy sharoiti va resurslari.
Indoneziya hududi «Tinch okean olovli halqasi»ning bir qismi bo‘lib, unga tog‘li relyef va yuqori seysmiklik xos. Indoneziyada 150 taga yaqin harakatdagi vulqonlar bor, ulardan eng yiriklari Bromo, Krakatau, Selak, Tamboro hisoblanadi.
Indoneziya neft, gaz, ko‘mir, qalayi, temir, marganes, nikel va boshqa foydali qazilmalarga boy.
Iqlimi, asosan, ekvatorial, yil bo‘yi issiq va nam, yil fasllari orasidagi tafovutlar deyarli sezilmaydi. Sernam iqlim va tog‘li relyef tufayli Indoneziya suv va gidroenergetika resurslari bilan yaxshi ta’minlangan. Shuningdek, Indoneziya jahonning o‘rmon resurslariga eng boy davlatlaridan biri hisoblanadi.
Aholisi. Indoneziya aholi soni bo‘yicha dunyoda Xitoy, Hindiston va AQSHdan keyingi 4-o‘rinni egallaydi. Indoneziya aholisining yarmidan ko‘prog‘i shaharlarda istiqomat qiladi. Mamlakatda 10 tadan ziyod «millioner» shahar mavjud, eng yirigi – Jakartada 10 mln. kishi istiqomat qiladi.
Indoneziyada 300 taga yaqin millat va elatlar yashaydi. Mamlakat aholisining 40 % idan ko‘prog‘ini yavaliklar tashkil etadi. Asosiy dini – islom dini bo‘lib, Indoneziya musulmonlar soni bo‘yicha jahon mamlakatlari orasida birinchi o‘rinda turadi.

Iqtisodiyoti. Indoneziya YIM hajmi bo‘yicha jahonning 10 ta peshqadam davlat qatoriga kiradi. Sanoatning yetakchi tarmoqlari – yoqilg‘i (ko‘mirni qazib olish bo‘yicha jahonda 5-o‘rin, tabiiy gazni qazib olish bo‘yicha 10-o‘rin), kimyo, oziq-ovqat, yengil, avtomobilsozlik, o‘rmon, metallurgiya (qalayini qazib olish bo‘yicha jahonda 1-o‘rin).


Asosiy qishloq xo‘jalik ekinlari qatoriga sholi, makkajo‘xori, kokos palmasi, tabiiy kauchuk, choy, kofe, shakarqamish, kakao, tamaki, turli ziravorlar kiradi. Indoneziya ko‘p ekinlarning yalpi hosili bo‘yicha jahonda yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Baliq ovlash bo‘yicha jahonda 3-o‘rinda turadi.
Har bir yirik davlatlar kabi O'zbekiston ham jahon iqtisodiyotiga o'z hissasini qo'shmoqda. Jahon iqtisodiyotiga hissasini qo'shish deganda faqat eksport mahsulotlarini sotish emas, balki import mahsulotlari qabul qilish ham nazarda tutiladi. Albatta mamlakatda eksport hajmi import hajmidan ko'p bo'lishi uchun mamlakatning iqtisodiyotiga foyda keltiradi. Ammo boshqa tarafdan olib qaraganda mamlakat ichki mahsulotlarining haddan ziyod tashqi bozorga chiqishi davlatning ichki bozoriga salbiy ta'sir qilishi ham mumkin. Shuning uchun ko'pgina davlatlar iqtisodiyotida ba'zan import hajmi eksport hajmidan ko'proq bo'ladi , ba'zida esa teskari hodisa kuzatiladi . Tashqi savdo deganda esa import va eksport hajmlarining umumiy yig'indisi nazarda tutiladi.
Raqamlarga e'tibor beradigan bo'lsak, 2022-yilning yanvar-iyun holatiga ko'ra O'zbekistonda import hajmi eksport hajmiga nisbatan anchagina oshganligini kuzatamiz. Bu davr ichida O'zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $28,1 mlrd.ga tengligi kuzatildi. Bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisabtan $6,3 mlrd.ga oshgan.
Tashqi savdo aylanmasi tarkibida eksport $11,3 mlrd.ni tashkil etdi. Bunda:
> Manhsulotlar - $9,3 mlrd.
> Xizmatlar - $2 mlrd. ga teng bo'lgan.
Yuqorida aytilgandek bu davrda import eksportga nisabtan sezilarli, unga $16.8 mlrd. sarflangan. Bunda:
> Mahsulotlar - $15,4 mlrd.
> Xizmatlar - $1,4 mlrd. ga tengligi kuzatildi.
O'zbekiston jahon iqtisodiyotida borgan sari o'z ulushi hajmini oshirib bormoqda. O'zbekiston endilikda rivojlangan davlatlar singari ulkan eksport mahsulotlarini onlayn savdo orqali ham yo'lga qo'ymoqda. Alibaba'da O'zbekiston tadbirkorlari tomonidan joriy yil sentabr oyida $67 mlnlik mahsulot eksport qilindi. Endilikda esa, yil oxirigacha eksportga yo'naltirilgan tovar pozitsiyalari soni 300 taga yetkazilishi reja qilinmoqda . Natijada O'zbekiston jahon iqtisodiyotida o'z o'rniga ega bo'lib, tijorat saytida milliy bilimga ega bo'lgan Rossiya va Qozog'istondan keyin III MDH davlati bo'ldi.
O'zbekiston joylashgan o'rni va agrar mamlakat bo'lganligi uchun asosan eksport mahsulotlari qishloq xo'jaligi mahsulotlaridir. Onlayn platformada ham O'zbekistonning asosiy eksport tarmoqlari sifatida:
> To'qimachilik
> Qishloq xo'jaligi
> Oziq-ovqat sohalari ko'rilmoqda.
Hozirda eksportni rag'batlantirish agentligi tomonidan o'z mahsulotlarini ro'yxatdan o'tkazmoqchi bo'lgan 70 ta mahalliy eksport qiluvchi korxonalarga umumiy hisobda 4,6 mlrd. so'm miqdorda moliyaviy yordam ko'rsatilmoqdir.

O'zbekistonning shu yilgi iqtisodiyotiga ayni damdagi voqealar ham sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda. Xususan, Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Rossiya investitsiyalar va pul o'tkazmalarining qisqarishi tufayli 2022-yilda O'zbekiston iqtisodiyotining o'sishi prognozini aprel oyida kamaytirdi. 2022-yilda O'zbekiston yalpi ichki mahsulotining (YaIM) o'sishi 4 foizni tashkil etadi, bu 2021-yilga nisbatan (7,4%) ancha pastdir. Biroq, 2023-yilda YaIM darajasi 4,5 foizgacha ko'tarilishi kutilmoqda.


Xalqaro munosabatlar - davlatlar o'rtasidagi real aloqalar tizimi bo'lib, jahon siyosatidagi hudud, o'ziga xos muhit va ular harakatlari samarasi sifatida namoyon bo'ladi.
O'zbekistonning jahon iqtisodiyotidagi hissasini eksport va import hajmi bilan aniqlash mumkin. Lekin bu ko'rsatkichlarni to'liqroq o'rganish orqali xalqaro munosabatlarda O'zbekistonning rolini ham ko'rishimiz mumkin. O'zbekiston bir nechta yirik davlatlar bilan eksport va import mahsulotlarini almashishni allaqachon yo'lga qo'ygan. Xalqaro munosabatlar qanchalik yaxshi o'rnatilganini butun dunyo bo'yicha nafaqat tashqi savdo balki xalqaro munosabatlar ham eng chigallashgan davr misolida ko'rib chiqamiz. 2020-yil butun dunyo bo'yicha karantin o'rnatilgan vaqtda O'zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $36,3 mlrd. ni tashkil etgan . Albatta bu ko'rsatkich 2019-yilga nisbatan 13,1% ga pasaygan ammo baribir bu davr uchun yaxshi ko'rsatkich deyish mumkin. Asosiy sherik davlatlarning hissasi esa quyidagicha:
1. Xitoy Xalq Respublikasi -17,7%
2. Rossiya Federatsiyasi - 15,5%
3. Qozog'iston - 8,3%
4. Koreya Respublikasi - 5,9%
5. Turkiya Respublikasi - 5,8%
6. Qirg'iziston -2,5%
7. Germaniya - 2,3%
Xalqaro munosabatlarga boshqa tomondan yondoshadigan bo'lsak poytaxtimizda 43 ta xorij davlat elchixonalari tashkil etilgan bo'lib, ularning aksariyati MDH davlatlari yoki O'zbekiston bilan tashqi savdo aloqalarini anchagina yaxshi bog'lay olgan davlatlardir. Umumiy hisob bo'yicha hozirgi davrda O'zbekiston 136 ta davlat bilan diplomatik aloqalarni yo'lga qo'ygan va kelgusida yana 12 ta davlat bilan ham aloqalarni o'rnatishni rejalashtirgan.
Aslida O'zbekistonda 1995-yilda "Xalqaro munosabatlar" fakulteti ish boshlagan bo'lib, fakultetning asosiy vazifasi O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi , shuningdek, mamlakatimizning xorijiy davlatlar bilan aloqa olib boruvchi boshqa muassasalari, idora va tashkilotlari, chet mamlakatlardagi elchixonalari hamda xalqaro tashkilotlar uchun yuqori malakali kadrlar yetkazib berishdan iborat.
O'zbekiston turli xil xalqaro tashkilotlariga ham a'zo bo'lgan. Xususan 1991-yil 21-dekabrda O'zbekiston MDH davlatlari safiga qo'shildi. Keyingi yilda esa O'zbekiston 1992-yil 2-mart sanasida BMT tashkiloti a'zosiga aylandi. Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari safiga esa O'zbekiston 2001-yilga kelib qo'shilgan. Bundan tashqari quyidagilarni ham misol keltirishimiz mumkin:
> Jahon savdo tashkiloti (1991-yil 21-dekabr)
> ECOSAN (1993-yil 20-sentabr)
> Osiyo Parlament Assambleyasi (2006-yil)
> Interpol (1994-yil)
> Magate (1994-yil 21-yanvar)
> UNESCO (1993-yil 26-oktabr)
> UNIDO (1992yil)
> OPEC (2017-yil 30-noyabr ) (kuzatuvchi sifatida)
O'zbekiston umumiy hisobda 50 dan ortiq nufuzli Xalqaro tashkilotlarning teng huquqli a'zosidir.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Z.Yo'ldoshev , X.Xalilova "Milliy va jahon iqtisodiyoti" (o'quv qo'llanma) Toshkent-2013
2. http://www.uzbekistan.org.ua/uz/o-zbekiston-respublikasi-tashqi-siyosati/o-zbekiston-va-xalqaro-tashkilotlar.html
3. Sayfiddin Jo'rayev. O'zME . Birinchi jild . Toshkent-2000
4. https://review.uz/uz/post/ozbekiston-jahon-iqtisodiyoti-trendlarida-otb
5. https://www.spot.uz/oz/2022/09/26/alibaba-uzbekistan/
6. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005)
Yüklə 38,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin