O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
INDIVIDUAL LOYIHA 1 FANIDAN
Loyiha ishi
« Bardoshli parollarni generatsiyalash dasturini ishlab chiqish »
mavzusida
Guruh: CSP055
Bajardi: Muxammadiyev Komil
Tekshirdi: Olimov Iskandar
Toshkent-2023
2
KIRISH
Bugungi kunda kompyuter va Internetda parolsiz ishlashni tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Kompyuterga
kirishda, turli saytlar va forumlarda ro‘yxatdan o‘tishda,
elektron
pochtamizni ochishda va boshqa ko‘plab holatlarda parol ishlatamiz. Deyarli har bir
kishi parol bilan himoyalangan mashinaga ega yoki boshqaradi. Ko'pgina
onlayn
xizmatlar parol xavfsizligidan foydalanadi. Ushbu xizmatlardan ba'zilari elektron
pochta hisobi va bank hisobini o'z ichiga oladi.
Raqamli tizimlar maxfiy
ma'lumotlarni saqlaydi. Ushbu tizimlardan ba'zilari kompyuterlar, telefonlar va seyf
qutilaridir (Password Protection, 2010). Parolni shunday tanlash kerakki, uni taxmin
qilish yoki buzish juda qiyin. Bu murakkab, ammo eslab qolish oson bo'lishi kerak.
Qandaydir ahamiyatsiz, bir marta kiriladigan saytda, masalan, o‘yinlar yuklab olish
uchun ro‘yxatdan o‘tadigan bo‘lsangiz, istalgan parolni kiritishingiz mumkin. Lekin
jiddiy saytda, doimiy akkaunt ochish uchun ishonchli parol topish kerak.
Aks holda
parol yomon niyatli kimsalar tomonidan buzib ochilishi va olingan ma’lumotlar
bizning nomimizdan
birovlar bilan suhbatlashish, turli
xatlar yuborish va hatto
moliyaviy jinoyatlar uchun ham ishlatilishi mumkin. Bir qaraganda siz o‘ylab
topgan parolni hech kim buza olmaydi. Mening xayolimdagi so‘z (raqam)ni
boshqalar qayerdan biladi, dersiz? Hammasi juda oson. Parol buzishning eng keng
tarqalgan yo‘li – barcha ehtimoliy variantlarni terib chiqishdir. Uni «brutfors»
(inglizcha «brute pressure» – «qo‘pol kuch») deb ataydilar. Dastlab standart parollar
(«123456», «111111», «789456», «qwerty», «asdf», «йцукен» va boshqalar)
tekshiriladi, keyin barcha belgilar turli ketma-ketlikda qo‘yib chiqiladi. Albatta, bu
ishlar qo‘lda emas, maxsus dasturlar yordamida qilinadi.
Bu dasturlar qisqa
muddatda ko‘plab turli kombinatsiyalarni tekshirishga qodir.