Individual loyiha


MySQL bilan bevosita ishlash



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə7/11
tarix26.10.2022
ölçüsü1,58 Mb.
#66349
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Заправка....

MySQL bilan bevosita ishlash.

Dastlab, MySQL xizmatini ishga tushiramiz. Buning uchun bizga «Командная строка» kerak bo'ladi, CTRL+R tugmalarini bosib, «Выполнить» oynasini chiqaramiz va «cmd» deb yozamiz. Buyruqlar yozish uchun mo'ljallangan oynaga MySQL xizmatini ishga tushirish buyrug'ini teramiz.
C:\>net start mysql56
mysql56 — MySQL MBBTni berilgan nom(odatda bu nom mysql56 bo'ladi).
Xizmatni o'chirish esa, «stop» Orqali amalga oshiriladi.
C:\>net stop mysql56
Xizmatni yoqish va o'chirishni ikkinchi yo'li, «Service» bo'limi orqali. «Выполнить» oynasini ochamiz va u yerga «services.msc» buyrug'ini teramiz. So'ng hosil bo'lgan oynadan «mysql56» xizmatini topib, xizmatni o'chiramiz yoki yoqamiz(sichqoncha o'ng tugmasini bosib, «Остоновить» yoki «Запустить«).



1.2-rasm

Endi, MySQL bazasiga ulanishni ko'rsatib o'taman. Dastlab, 'MySQL Command Line Client'ni ishga tushiramiz. Bu utiliti, MySQL bilan birga o'rnatilgan bo'lib, barcha kodlar(so'rovlar)ni shu utilita orqali ishlatamiz. ПУСК -> ВСЕ ПРОГРАММЫ -> MySQL -> MySQL Server 5.6 -> MySQL 5.6 Command Line Client. MySQL MBBTni o'rnatgan paytda «root» foydalanuvchisi uchun berilgan parolni kiritamiz va ulanishni amalga oshiramiz.





1.3-rasm

Qaysi foydalanuvchi bilan ulanganini bilish uchun, quyidagi buyrug'dan foydalanamiz.


mysql>select user();
Natija root@localhost, bu degani «root» foydalanuvchi va host nomi «localhost«.
MySQL 5.6 Command Line Client utilitasi, «root» foydalanuvchisi bilan ishlashga sozlangan. Buni utilita «Свойства»sidan ko'rish mumkin.



1.4-rasm

Agar, boshqa foydalanuvchi bilan ulanmoqchi bo'lsak, «Командная строка» orqali MySQL o'rnatilgan papkaga o'tamiz va «mysql» utilitasini kalit so'zlar orqali ishga tushiramiz.





1.5-rasm

Rasmdan ko'rinib turibdiki, ulanish quyidagicha amalga oshirilmoqda:


mysql -h localhost -u root -p test

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin