Individual pedagogik yordam


Rivojlantiruvchi vaziyatlarni tashkil qilish usuli



Yüklə 57,59 Kb.
səhifə5/6
tarix07.01.2024
ölçüsü57,59 Kb.
#208099
1   2   3   4   5   6
Ижтимоий 12-мавзу

Rivojlantiruvchi vaziyatlarni tashkil qilish usuli:
Ushbu usul bolaining shaxsiy resurslarini asta-sekin oshirishga imkon beradi.
Rivojlantiruvchi vaziyatlarni tashkil qilishda pedagog bevosita ishtirok etadi ya’ni, pedagog individual elementlarni boshqarishi mumkin, bunda tarbiyalanuvchi mavjud resurslardan samarali foydalanish tajribasini oladi, o‘z mahoratini va faoliyat usullarini yaxshilaydi.
Quyida rivojlantiruvchi vaziyatlarni tashkil qilishning variantlari keltirilgan:
- treninglar tashkil qilish (bola treningda qatnashib muammoli vaziyatni hal qiladi);
- ijobiy munosabat (yuzaga kelgan qiyinchiliklarni hal qilish uchun bolaning imkoniyatlariga ishonchni mustahkamlashga imkon beradi);
- mehribonlik va gamxo'rlikning namoyon bo‘lishi (bolaga o‘zini his qilishiga imkon beradi);
- qayta baholash (salbiy his-tuygular va fikrlarni qayta baholash, ijobiy narsalarga diqqatni jamlash, vaziyatga yangi nuqtai nazarni rivojlantiradi);
- “shaxsning avansi”(A. S. Makarenko) (ijobiy bayonot bola haqida fikrlar, hatto u hali o‘zini to'liq namoyon qilmagan bo‘lsa ham);
- ishontirish (ma’lum bir qaror, harakat, istiqbolning maqsadga muvofiqligini isbotlovchi qulay va tushunarli taqdimot);
- “yon bosish yondashuvi” (A. S. Makarenko) (bolaga o‘z ongini anglashga yordam berish noto‘gri xatti-harakatlar, xatoni baholashga emas, balki uni tushunishga urgu berish);
- munosabat ifodasi (kattalarga bo‘lgan munosabatini, bolaning o‘z fikriga ega bo‘lgan tajribali, munosib odam pozitsiyasidan harakatlarini to‘gri va ochiq ifoda etish);
- tanlov berish (pedagog bir nechta harakat variantlarini taklif qiladi, bolaning subyektiv pozitsiyasini yangilash, unga tanlov qilish va javobgarlikni qabul qilish imkoniyatini berish bilan bogliq vaziyat yaratiladi);
- hamkorlikka taklif (bolaning javobgarligiga ishonchni ta’kidlab, topshiriqni o‘z zimmasiga olish taklifi);
- yutuqlarni ragbatlantirish (tasdiqlash, maqtov, mukofot, ishonchni ifodalash shaklida amalga oshiriladi).
3Bolalarni tengdoshlari bilan munosabat o‘rnatishlariga yordam bering:
1. Bolalarning xatti-harakatlarini o‘zgartirishga harakat qilayotganda faol bolalardan yetakchi sifatida foydalaning. Masalan, berilgan vazifani birga bajarishga yordam berishini so‘rang;
2.Tengdoshlari noqulay ijtimoiy sherik deb biladigan bolalarni (rad etilgan bolalar) yaxshi qilgan ishlari uchun hammaga maqtang;
3.Bolalar o‘zlarini qulay his qilishlari va muvaffaqiyatli bo‘lishlari uchun mumkin bo‘lgan guruh tadbirlarini aniqlang. Uyatchan bolalar uchun ijtimoiy ko‘nikmalarni egallashlari mumkin bo‘lgan vaziyatlarni tashkil qiling;
4.Munozarali bolalarning xatti-harakatlari noo‘rinligini bilib qo‘ying, ammo ularning samarali ijtimoiy ko‘nikmalarini ham tan oling;
5. Bolalarga yangi paydo bo‘layotgan ijtimoiy ko'nikmalarini yaxshilashga yordam bering. Ularni rostgo‘y va tengdoshlari bilan muloyim bo'‘ishga undang.

Yüklə 57,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin