O’sishning klassifikasiyasi
O‘sish hujayra, to‘qima, organ va organism darajasida sodir bo‘ladi.
Hujayraning o‘sish turlari. Hujayra o‘sishining ikki turi farqlanadi:
Auksentik o‘sishda hujayra o‘lchami ortadi. Hujayra o‘sishining kam
uchraydigan bu turi boshi aylangichlilar, yumaloq chuvalchanglar, hasharotlar
lichinkasida uchrayydi. Ular hujayralarining soni doimiy bo‘lib, gavdaning o‘sishi
hujayralar o‘lchamining kattalashuvi hisiobida amalga oshadi. Hujayra
o‘lchamining kattalashuvi esa sintez jarayonlari bilan bog‘liq.
Hujayralarning mitoz bo‘linishi o‘simliklar va hayvonlarda doimiy jarayon
bo‘lib,buning natijasida organism va hujayraning o‘sishi sodir bo‘ladi.
Nematodlarda va boshiaylangichlilarda hujayralarning ko‘payishi rivojlanishning
dastlabki davrlarida to‘xtaydi va organizmni tashkil etadigan hujayralar aniq sonda
bo‘ladi. O‘sish esa mavjud hujayralar kattalashuvi hisobidan amalga oshadi.
Masalan, boshiaylangichli Nydatina senta terisi 301 sistemasi 247, ayiruv organlari
24, gavdasi hammasi bo‘lib 959 hujayradan tashkil topgan.
Demak, hujayralar o‘sish davrida differensiallanmagan holatdan
differensiallashgan holatga o‘tadi.
Proliferasion o‘sish hujayralarning bo‘linib ko‘payishi tufayli sonining
ortishi natijasida sodir bo‘ladi. Proliferasion o‘sishning ham ikki turi bor.
Multiplikativ o‘sishda ona hujayradan hosil bo‘lgan har ikkala hujayra yana
bo‘linib ko‘payadi (118-rasm).
118-rasm. Proliferasion o‘sish shakllari (V.N.Yarigin va boshqalar, 1999
bo‘yicha).
A-multiplikativ o‘sish; B-akkresion o‘sish.
Hujayralar soni geometric progressiya bilan o‘sib boraveradi. Hujayralar
soni N, bo‘linish soni n bo‘lsa, unda:Nn=2
n
(1) formula hosil bo‘ladi. Masalan,
bitta hujayradan hosil bo‘lgan hujayralar 5 marta bo‘linishdan keyin nechta hujayra
hosil qilinishi hisoblash quyidagicha bo‘ladi: Nn=2
n
=2
5
=2x2x2x2x2=32.
Demak, 5 marta bo‘linishdan keyin 32 ta hujayra hosil bo‘ladi.
246
Multiplikativ o‘sish juda effektiv bo‘lib, sof holda deyarli uchramaydi yoki
tez tugaydi. Masalan, bunday o‘sish embrional rivojlanishning dastlabki davrida
sodir bo‘lib, embrion rivojlanishning oxirgi davrlarida tugaydi. Shuning uchun
bunday o‘sish davrida rivojlanayotgan organism massasi tez ortadi. Buni quyidagi
misolda ham ko‘rish mumkin. Agar hosil bo‘layotgan hujayralar nobud bo‘lmasa,
hamma hujayralar bir xil tezlikda bo‘linsa, ularning o‘lchami va hajmi bir xil
bo‘lsa, massasi 10
-9
g bo‘lgan zigota va undan hosil bo‘lgan hujayralar 42 marta
bo‘linishidan keyin og‘irligi 100 kg keladigan organism paydo bo‘ladi.
Og‘irligi 3-4 kg keladigan yangi tug‘ilgan bola jinsiy voyaga yetgan
organizmga aylanishi uchun 4-5 marta bo‘linishi yetarli bo‘ladi. Ammo tabiatda
bunday bo‘lmaydi, hujayralar o‘limi, bo‘linishning notekisligi tufayli hayotda
bunday natijalar olib bo‘lmaydi.
Umurtqali hayvonlarda hujayralar poliploidizasiyasi o‘sish jarayoniga ta‘sir
etmaydi. Poliploidiya ba‘zi organlarda (jigarda) uchraydi, xolos.
Akkresion o‘sishda hujayraning har xil bo‘linishidan keyin hosil bo‘lgan
hujayralarning biri bo‘linib ko‘payadi, ikkinchisi ko‘paymaydi. Bunda hujayralar
soni arifmetik yo‘l bilan ko‘payadi va n-bo‘linish soni bo‘lsa, unda: Nn=2n (2)
formula hosil bo‘ladi. Masalan, 5 marta bo‘linishdan keyin nechta hujayra hosil
bo‘linishini hisoblash quyidagicha bo‘ladi: Nn=2n=2x5=10. Demak, 5 marta
bo‘linishdan keyin 10 ta hujayra hosil bo‘ladi. Hujayralar o‘sishining bu turi
organism kambial va differensial zonalarga bo‘linishi bilan bog‘liq. Hujayralar
kambial zonadan differensial zonaga o‘tadi va zonalar o‘rtasidagi o‘lchamni
saqlaydi. Bunday o‘sish hujayralar almashinuvi sodir bo‘ladigan organlarga xosdir.
Ko‘plab organizmlar embrional va postembrional rivojlanishining dastlabki
davrlarida multiplikativ o‘sish sodir bo‘ladi.
Akkresion o‘sish eritroid, ichaklarning shilliq qavati, nafas olish yo‘llari va
boshqa organlar hujayralarida uchraydi. Bunda hujayra ko‘payish zonasidan yetilib
chiqib ma‘lum darajada differensiallashadi va o‘ladi, keyin yo‘qolib ketadi.
Shuningdek, hujayralar ko‘payish zonasidan yetilib, o‘ladi va tish, chig‘anoq, shox
va boshqa ko‘rinishda saqlanib qoladi.
Ayni paytda o‘sish hodisasini ko‘proq matematik usulda tushuntirish
qulayroq bo‘lib qolmoqda. Chunki o‘sish ontogenez jarayonida bir xil va deyarli
doimiy davom etadigan jarayon hisoblanadi. Ikkinchi tomondan, bu sohadagi
tadqiqotlardan ma‘lum bo‘ldiki, o‘sishni matematik usul bilan ham aniq ta‘riflab
bo‘lmaydi. O‘sishni ifodalovchi ko‘plab matematik modellar tasviriy xarakterda
bo‘lib, nazariy umumlashmalar kam uchraydi.
Keyingi yillarda organizmni tashkil etadigan organlarning o‘sishi, organlar
ichidagi o‘sish muammolari o‘rganilmoqda.
Organizmning o‘sish turlari.Buutun organism massasining ortishi uni
tashkil etadigan hujayra, to‘qima va organlar o‘sishi hisobidan amalga oshadi.
Organizm darajasida o‘sishning ikkita tipi bor:
1.Cheklanmagan o‘sish. Bunday o‘sish zigotadan tabiiy o‘limgacha davom
etadi.O‘sishning
bu
turi
determinasiyalashmagan
o‘sish
ham
deyiladi.Cheklanmagan o‘sish baliqlarda uchraydi. Ularning tangachalari doimiy
247
o‘sganligi uchun har yili halqalar hosil bo‘ladi.Ana shu halqalar soniga qarab
ularning yoshini aniqlash mumkin.
2.Cheklangan o‘sishda organism shu tur va jinsga xos bo‘lgan o‘lchamgacha
o‘sadi. Shundan keyin o‘sish to‘xtaydi.Bunday o‘sish determinasiyalashgan o‘sish
ham deyiladi va sudralib yuruvchilar, qushlar hamda sut emizuvchilarda sodir
bo‘ladi. Qopchiqli hayvonlarda rivojlanish paytida dastlab og‘iz va qo‘l intensive
o‘sadi, shakllanadi, boshqa organlar esa sekin o‘sadi. Buning sababi ularning
embrioni dastlab bachadonda qisqa vaqt rivojlanib, keyin qopchiqda o‘sishga va
emishga kirishishidir. Qo‘shoyoq va qumsichqon cho‘l va qumlarda murakkab
sharoitda yashashga moslashgan. Qumsichqon asosan koloniya bo‘lib yashaydi va
ovqat izlab inidan uzoqlarga ketmaydi. Qo‘shoyoq esa yakka-yakka bo‘lib
yashaydi va ovqat izlab inidan uzoqlarga ketadi. Har ikkala tur ham iinda
yashaganligi uchun yaxshi rivojlanmagan bola tug‘adilar va embrion rivojlanishi
24 kun davom etadi. Ularda qo‘llar bir davrda, oyoq esa keyinroq paydo bo‘ladi va
tez o‘sadi. Oyoqning qo‘ldan uzunroq bo‘lishi qo‘shoyoqda embriondan oldingi
davrga to‘g‘ri kelsa, qumsichqonda embrion davrga to‘g‘ri keladi. Tug‘ilish
paytida qo‘shoyoqning qo‘li va oyog‘ining uzunligining nisbati 9:16,5 mm,
qumsichqonniki 13:14 mm, jinsiy voyaga yetganda esa qo‘shoyoqda 55:180 mm,
qumsichqonda 100:110 mm.O‘sishning ham chegarasi bor. O‘sish ma‘lum
darajaga yetgandan keyin sekinlashadi va to‘xtaydi. Organizmning ba‘zi
organlarida hujayraning o‘sishi va ko‘payishi davom etadi. Ammo hujayralarning
o‘lishi va almashinishi sodir bo‘lib turishi tufayli organizmning o‘sishi sodir
bo‘lmaydi.
Ko‘p hujayrali organizmlarning hamma organlari bir tekisda o‘smaydi.
O‘simliklarda ildiz va poyaning o‘sishi o‘sish zonasiga bog‘liq. Nerv hujayralari
ko‘payish xususiyatini yo‘qotgan, lekin jarohatlangan nerv to‘qimasi tiklanish
xususiyatiga
ega.
Demak,
organizmning
o‘sish
tezligi
uning
differensiallashganligiga bog‘liq. Yuqorin darajada differensiallashgan hujayralar
va to‘qimalar sekin o‘sadi, lekin teri, ichak, oshqozon epiteliy hujayralari tez
o‘sadi va umr bo‘yi ko‘payadi. O‘sish ham hujayra differensiasiyasi va
determinasiyasi bilan bog‘liq, ammo uning mexanizmi hozirgacha to‘liq
o‘rganilmagan.
Ko‘p hujayrali hayvonlarning o‘sishini o‘rganishda ayrim hollarda
hujayralar soni hisobga olinadi. Chunki bunday hujayralarda o‘rtacha og‘irlik
hisobga olinadi. Shuning uchun birinchi formuladan amaliy jihatdan foydalanib
bo‘lmaydi. O‘sish tezligi massa bilan to‘g‘ri proporsional bo‘lganligi uchun to‘g‘ri
xulosa chiqarish imkonini beradi.
Ko‘plab organizmlarning taraqqiyoti davrida multiplikasion o‘sish pasayib
boradi. O‘sish nazariyasi bilan shug‘ullanadigan tadqiqotchilarning asosiy maqsadi
ham o‘sishning pasayish sabablarini aniqlashdan iborat. Bunda ikkita yo‘lanish
bo‘lib, ular bir-birini inkor etmaydi:
1.O‘sish o‘z-o‘zini boshqaruvchi jarayon sifatida. Bu asosan nazariy
yo‘nalish bo‘lib, o‘sish tezligining darajasi o‘lcham yoki vaqt bilan belgilanadi.
2.O‘sishni boshqaradigan ingibitor va stimulyatorlarni izlashga oid
tajribalar. Bunda o‘sish tashqaridan boshqariladigan jarayon sifatida qaraladi.
248
Birinchi yo‘nalish ko‘plab matematik modellarda foydalangan bo‘lsa, ikkinchisi
o‘sishga biologik mazmun kiritishni tavsiya etadi.
Dostları ilə paylaş: |