Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

 
Osish mexanizmi. 
Qarish organizmdagi bir-biriga bog‘liq bo‘lgan, yoshga 
aloqador uzluksiz o‘zgarishlar natijasidir. 
Ba‘zi olimlarning fikricha, oqsillar o‘zgarishi va moddalar almashinuvining 
boshqa o‘zgarishlari tufayli zaharli moddalar hosil bo‘lib, osish jarayoniga salbiy 
ta‘sir ko‘rsatadi.
Ontogenezning 
muhim 
omillaridan 
biri 
molekulada 
bo‘ladigan 
o‘zgarishlardir. 3 yoshdan 40 yoshgacha nerv hujayralarida RNK molekulalarining 
soni ortib boradi, 40 yoshdan 55-60 yoshgacha o‘zgarmay turadi, keyin kamayib 
boradi. Yosh ortishi bilan organizm hujayralaridagi DNK, RNK molekulalarida 
o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, endoplazmatik to‘rning tarkibi o‘zgaradi. 
Sitoplazmadagi poliribosomalar soni o‘zgarib boradi, ya‘ni yoshlik davrida 
poliribosomalar ribosomalarning 83% ini tashkil etsa, qarilikda esa 72% ini tashkil 
etadi. Mitoxondriyalarning funksiyasi pasayadi. O‘sishning intensiv davrida 
mitoxondriyalarning yangilanish jarayoni kuzatiladi. Organizm qariganda esa 
mitoxondriyalar alohida kompleks hosil qilib, yadrodan uzoqlashadi. Organizm 
hujayralarining ayrimlari bir necha minut yoki soat, boshqalari uzoqroq yashaydi. 
O‘sish barcha organizmlar, jumladan, odam organizmi uuchun ham xos 
bo‘lgan xususiyatdir. I.M.Sechenov:‖organizm tushunchasiga tashqi muhit 
tushunchasi ham kiradi‖,degan edi. Chunki organizm tashqi muhitsiz yashay 
olmaydi va o‘sish ham sodir bo‘lmaydi. Umumiy o‘sish gavda skeletining 
o‘sishiga bog‘liq.
Organizm bir-biriga bog‘liq bo‘lgan qonuniyatlar asosida o‘sadi. Shunga 
qaramasdan, ba‘zan tez o‘sadi yoki o‘sishdan orqada qolish ham 
kuzatiladi.Odamda o‘sish jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari bilan aniqlanadi. 
Bunday ko‘rsatkichlarga bo‘yning o‘sishi, og‘irlik, bosh aylanasi, ko‘krak qafasi 
aylanasi kiradi. 
Homilaning o‘sishi. Homiladorlikning birinchi haftasida embrion qobig‘i 
rivojlanadi. Birinchi oyning oxiriga borib, embrionning kattaligi 10 mm ga yetadi, 
ikkinchi oyning oxirida 3 marta, to‘rtinchi oyning oxirida 30 marta kattalashadi. 
To‘qqizinchi oyning oxirida 470 mm bo‘ladi. Homila vazni tez ortadi. 3 oylikda 20 
g, 6 oyligida 600-700 g, 9 oyligida 2400-2500 g dan ortiq bo‘ladi. 
Gavda og‘irligining yoshga qarab o‘zgarishi. Yangi tug‘ilgan qiz bolaning 
o‘rtacha vazni 3,3 kg, o‘g‘il bolaning vazni esa 3,4 kg bo‘ladi. Bolaning vazni 
tug‘ilgandan keyin birinchi oyda 600 g, ikkinchi oyda 800 g ortadi.Bir yoshar 


250 
bolaning vazni 6-7 kg bo‘ladi. Ikkinchi yoshda bola vazniga 2,5-3,5 kg qo‘shiladi. 
4-6 yoshlarda bola vazniga har yili 1,5-2 kg qo‘shilib boradi. 7 yoshdan boshlab 
bolalarning vazni tez ortib boradi. Ayniqsa, jinsiy balog‘atga yetish davrida har yili 
o‘smir vazniga 6-7 kg qo‘shilib boradi.
Bolalarda yoshga qarab bo‘yning o‘zgarishi. Yangi tug‘ilgan bolaning bo‘yi 
48-50 sm boladi. Bir yilda bolaning bo‘yi 25 sm o‘sadi. Ikki, uch yoshda bolaning 
bo‘yi har yili 8 sm dan o‘sadi, 4 yoshdan 6 yoshgacha har yili 5-7 sm o‘sadi. Jinsiy 
balog‘at yoshida har yili o‘smirning bo‘yi 7-8 sm gacha o‘sadi. O‘sishning asosiy 
qismi, ya‘ni 90% i 15-16 yoshgacha va qolgan 10% i 20-25 yoshga to‘g‘ri keladi. 
25-50 yosh o‘rtasida bo‘yning uzunligi deyarli bir xil saqlanadi. Undan keyin har 
10 yilda 1-2 sm dan kamayib boradi. Buning sababi shundaki, umurtqalar 
o‘rtasidagi tog‘aydan iborat disklarning zichlashishi va yupqalashuvi hamda 
odamda jismoniy harakatlar kamayishi natijasida suyak-muskul to‘qimalarining 
hajmi kichrayadi. 
Bosh aylanasi va ko‘krak qafasi o‘lchamlarining yoshga qarab o‘zgarishi. 
Yangi tug‘ilgan bola boshining aylanasi ko‘krak qafasining aylanasidan ortiq 
bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan bola boshining aylanasi 34 sm, ko‘krak qafasi aylanasi 33 
sm bo‘ladi. Bola hayotining birinchi yilida boshining aylanasi 12 sm o‘sadi, keyin 
har yili 2 sm dan ortib boradi, 6 yoshda 51 sm, 10 yoshda 52 sm, 15-16 yoshda 53 
sm bo‘ladi. Katta yoshda 53-60 sm bo‘ladi. 
Tana proporsiyasining o‘zgarishi. Yangi tug‘ilgan bola boshining uzunligi 
tana umumiy uzunligining 1/4, 2 yoshda 1/5, 6 yoshda 1/6 qismini tashkil etadi. 
Yangi tug‘ilgan bola qo‘llarining uzunligi oyoqlar uzunligiga teng bo‘ladi. 
Boshqa organlarga nisbatan bosh miya tezroq o‘sadi. Yangi tugilgan bolada 
katta odamnikiga nisbatan bosh miyaning vazni 25%, 6 oyligida 50%, 2,5 yoshda 
75%, 5 yoshda 90%, 10 yoshda 95% ni tashkil etadi.
Butun ontogenez davrida embrion davriga nisbatan oyoqlar uzunligi 5 marta, 
qo‘llar uzunligi 4 marta, gavda uzunligi esa 3 marta ortiq o‘sadi. 
Bola bir yoshgacha juda tez o‘sadi. Ayniqsa, balog‘at yoshida bo‘y, og‘irlik, 
ko‘krak qafasining aylanasi jadal o‘sadi. 10-13 yoshda qizlarning, 12-15 yoshda 
o‘g‘il bolalarning vazni ortishi tezlashadi. Qizlarda bo‘yning o‘sishi 17-18 yoshida, 
o‘g‘il bolalarda 19 yoshda to‘xtaydi. 11 yoshgacha qiz bolalarning o‘sishi o‘g‘il 
bolalar bilan bir xilda boradi, keyin qiz bolalar tezroq o‘sadi, 15-16 yoshdan esa 
o‘g‘il bolalar qiz bolalarga nisbatan tez o‘sa boshlaydi. Bolalarning jismoniy va 
aqliy jihatdan o‘sishi va rivojlanishida turmush tarzi, mehnat faoliyati, jismoniy 
mashqlar, kasalliklar bilan og‘riganligi muhim ahamiyatga ega. 
Bundan tashqari, ob-havo, iqlim, quyosh radiasiyasi ham bolalar o‘sishi va 
rivojlanishiga ta‘sir ko‘rsatadi. Bolalar yoz faslida tez o‘sadi. Agar bola jismoniy 
chiniqqan bo‘lsa, sog‘lom va tez o‘sadi, organlari bir-biriga mutanosib taraqqiy 
etadi. Masalan, bolalarning nafas olish organlarining takomillashuvi yurak-qon 
tomirlar 
sistemasining 
rivojlanishiga, 
nerv 
sistemasi 
funksiyalarining
takomillashuviga, harakat organlari faoliyatiga ijobiy ta‘sir etadi. O‘sish va 
rivojlanish organizmda sodir bo‘ladigan assimilyasiya va dissimilyasiya jarayonlari 
asosida yuz beradi. Katta odamda bu jarayonlar tenglashgan bo‘lsa, o‘sayotgan 
organizmda assiimulyasiya dissimulyasiyaga nisbatan jadal kechadi. 


251 
Odam gavdasining o‘sishi va hajmining ortib borishini pedagog, vrach, 
antropolog va sosiologlar o‘rganadi. Bu jarayon jismoniy rivojlanishdagi siljish 
yoki akselerasiya (tezlanish) deyiladi. Akselerasiya yosh avlodning jismoniy va 
ruhiy jihatdan tez o‘sishidir.
Olimlar bolalar o‘sishida keyingi yuz yil davomida ijobiy siljishlar 
bo‘lganligini kuzatmoqdalar. Jumladan, keyingi yuz yil davomida yangi tug‘ilgan 
chaqaloqlarning bo‘yi 5-6 sm ga, kichik va o‘rta maktab yoshidagi bolalarning 
bo‘yi 10-15 sm ga, vazni esa 8-10 kg ga ortgan. 
Hozirgi davrda katta yoshdagi odamlar gavda o‘lchamlarining ortishi, odam 
umrining uzayishi, hayz ko‘rish kechroq tugashi, ruhiy funksiyalar va odam 
rivojlanishidagi boshqa o‘zgarishlar kuzatilmoqda. 
Ba‘zi olimlar ultrabinafsha nurlarining kuchli ta‘siri bolalarning tez o‘sishiga 
sabab bo‘lmoqda, deb aytsalar, boshqalari magnit to‘lqinlarining ichki sekresiya 
bezlariga ta‘siri o‘sishga olib kelishini aytmoqdalar. Yana boshqalar o‘sishni 
kosmik nurlarga bog‘lamoqdalar. Oqsillar, yog‘lar, mineral tuzlar va vitaminlarga 
bo‘lgan ehtiyojining ortishi va genetik omillarni ham inobatga olish kerak, degan 
mulohazalar ham bildirilmoqda. 
Akselerasiya jarayonining ijobiy va salbiy tomonlari bor. Akselerasiya 
tufayli odamning umri uzayadi, ruhiy barkamol bo‘ladi. 
Kichik maktab yoshidagi bolalarning muskul harakatlari aniq, nozik va 
uyg‘un bo‘la boradi. 6-7 yoshda nerv sistemasining yurak ishiga tormozlovchi 
ta‘siri kamayib boradi. 15-16 yoshda sut tishlar o‘rniga doimiy tishlar chiqib 
bo‘ladi. O‘rta maktab yoshida bosh miyadagi harakat zonalari ham rivojlanib 
bo‘ladi. Nafas olish soni doimiylashadi, puls siyraklashadi, moddalar almashinuvi 
ancha pasayadi. 
O‘smirlik davrida bo‘y o‘sishi, muskullar vaznining ortishi, muskul 
tolalarining ko‘payishi kabi holatlar kuzatiladi. Bu davrda bosh va orqa miyaning 
vazni kattalar bosh va orqa miyasining vazniga tenglashadi.
Turli yoshdagi bolalarda morfologik, fiziologik o‘zgarishlarni o‘lchash 
antropometriya deyiladi. Bolalarning bo‘yi, vazni, ko‘krak qafasining 
aylanishi,yelkasining kengligi, o‘pkaning tiriklik sig‘imi va muskullarning kuchi 
asosiy antropometrik ko‘rsatgichlar hisoblanadi. Katta yoshli odamning vazni 
yangi tug‘ilgan bolaning vazniga nisbatan taxminan 20 marta og‘ir bo‘ladi. Katta 
yoshli odamda yangi tug‘ilgan bolalarga nisbatan yurakning vazni 15, muskullar 
vazni esa 15-40 marta ortiq, miyaning vazni yangi tug‘ilgan bolada 390 gr bo‘lsa, 
katta odamlarda 1480 g bo‘ladi.
Ba‘zi organlarning vazni umrining oxirigacha o‘zgarmaydi. Eshitish 
organidagi suyakchalar va yarim aylana kanalchalar shunga kiradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin