Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Tibbiy genelik maslahat berish
. Maxsus tibbiy-genelik maslahat markazlari 
tashkil etilib, oila qurishga qoror qilingan yoshlarga ular oilalari aqliy jixatdan 
qaloq , ruhiy va jismoniy jixatdan zaif bo‘ladi. 
Hozigi davrda‖ sog‘lom avlod uchun ― xalqaro xayriya jamg‘armasi, ona va 
bola sk ring markazi kabi nodavlat tashkilotlari faoliyati onalik va bo‘lalikni
muhofaza qilishga qaratilgan. Keyingi paytlarda oila qurmoqchi bo‘lgan yigit va 
qiz tibbiy genelik ko‘rikdan o‘tishi shart ekanligi belgilab qo‘yish ham muhum 
ahmyatga ega bo‘lmoqda.
 
REYTING SAVOLLARI 
1 Implatsiya nima? 
2. I mplatsiya turlari va ahamyatiniayting 
3. Trofoblast va uning vazifasini ayting. 
4.
Embrionning provizor organlariga nimalar kiradi? 
5.
Sariqlik haltasining hosil bo‘lishi va vazifalarni tushuntiring 


145 
6.Amnion va seroz pardaning paydo bo‘lishi va vazifasinin ayting. 
7.Allantios yoki siydik qopining hosil bo‘lishi va vazifasinin ayting 
8 Umurtqasiz hayvonlar embrionida provizor organlarning paydo bo‘lishi va 
ularning ahamyatini ayting 
9.
Yo‘ldoshning tuzilishi va ahamyati qanday?
10.
Yo‘ldoshning turlarini ayting 
11.
Provizor organlarning paydo bo‘lishi va evolyusiyasinin tushuntiring.
12.
Anamiyalar va amniotalar haqida tushuncha bering. 
13.
Anamiyalar dan amniotalarning kelib chiqishi va evolyusiyasini
tushuntiring 
14.
Blastosista nima uchun bachadonda implatsiyalanadi? 
15.
Tibbiy – genelik maslaxatlar berish deganda nimani tushunaniladi? 
VII- BOB. DIFFERENSIYASIYA VA 
DETERMINASIYA 
Differensiya deganda taraqqyiy etayotgan embrionning bir xil 
hujayralarining turli funksiyalarini bajaradigan organlar hosil qilinishi tushuniladi. 
Differminsiasiya lotincha differen tia-har xil, farq degan ma‘noni bildiradi. 
Determinasiya embrion ma‘lum qismining keyingi taraqqiyot yo‘li ( taqdiri) 
hisoblanadi. Determinasiya lotincha determinatio- chegaralash, aniqlash degan 
ma‘noni bildiradi. 
Embrion taraqqiyoti davrida blastomerlardan har xil to‘qimalar, organlar 
paydo bo‘ladi. Embriologiyaning muhum vazifasi organlar sistemasining hosil 
bo‘lishida ketma- ketlligini aniqlashdan iborat.
Embrion taraqiyot davrida blastomerlardan har xil to‘qimalar,organlar paydo 
bo‘ladi. Embriologiyaning muhum vazifasi organlar sisteamasining hosil 
bo‘lishda ketma ketligini aniqlashdan iborat. 
Embrional reguliyasiya o‘zgarish holatidan normal liklanishi tushiniladi. Bu 
ta‘limotni nemis embrioligiG.D ish fanga kiritgan. Embrional regulyasiya
o‘zgarish holatidan diterminasiyaga qanday o‘tishni isbotlaydi. Diterminasiya 
butun embriondan boshlanadi va alohida qismlarda sodir bo‘ladi. 
Har xil tuxumlarda maydalanishgacha ko‘plab tajribalar o‘tkazilgan. Jumladan,
sentrofuga yordamida ma‘lum qismi ajratilgan, pipetka yordamida ooplazma olib 
tashlangan, bir necha bir necha tuxumlar birga qo‘shilgan. 
Tuxumining ma‘lum qismi olib tashlansa, normal rivojlanish sodir bo‘ladi,
ammo kichikroq organizim paydo bo‘ladi. Bunday ma‘lumotlar halqali 
chuvalchanglar , molyuskalar, ninatanlilardan olingan.Olingan ma‘lumotlarga 
asoslanib, Ru hamma hayvolar tuxum hujayrasini 2 guruhga: regulyasion va 
mozaik hujayralarga ajratadi. Regulyasion hujayra regulyasiya xususiyatiga ega 
bo‘lgan, mozaik hujayraga determinasiya rivojlanish yo‘nalishini 
o‘zgartirmaydigan tuxum hujayrani kiritadi. Keyingi tajribalar ko‘rsatishicha, bu 
hujayralar o‘rtasida sifat jixatidan farq yo‘q, ammo regulyasiya xususiyatiga ega 
bo‘lgan son jihatidan farq bor. 


146 
Agar hujayrada animal va vegetativ qutblar nisbati normal bo‘lsa, gidro 
meduzaning 32 blasto merlik davrida har bir blastomeridan normal organizim 
rivojlanishi munkin. Bunday holatni dengiz tipratikanida ham kuzatish munkin. 
Agar blastomerda animal yoki vegitativ qutb ko‘proq bo‘lsa, blastamerlar 
ko‘priklari bilan tutashadi va rivojlanish to‘xaydi, agar vegetativ qutbda ko‘proq 
bo‘lsa, endodema ko‘proq rivojlanadi, ektodema kam rivojlanadi. Demak, 
blastomer hosil bo‘layotganda qutblar nisbati normal bo‘lmasa, rivojlanishni
regulyasiya qiluvchi qismi yetishmasligi yoki ko‘payib ketishi, buning natijasida 
rivojlanish jarayoni buzilishi munkin. 
Dengiz tipratikaning blastomerlarini bir –biridan ajratib, keyin tartibsiz 
aralishtirganda organizim paydo bo‘ladi. Ammo normal rivojlanish regulyasiyasi 
buzuladi. Sichqonlarda 2 blastomerlk davrda blastomerlar bir – biridan ajratilganda
har biridan normal embrion taraqqiy etgan.
Bundan tashqari2-3 ta embrion qo‘shiganda ham normal rivojlanish kuzatilgan 
Bu tajribalardan hulosa shuki, birinchidan, rivojlanishning qaysi bosqichida
embrion qismlarida determinasiya jarayoni boshlanishi, ikkinchidan ,regulyasiya 
hodisasi determinasiyasi ustidan to‘liq nazorat qilish aniqlanadi. 
Differensiasiya va diterminasiya muommolarini o‘rganishda nemis olimi G. 
Shpeman va uning shogirdlarining xizmatlari katta bo‘ldi. Ular embrionda 
―tashkiliy markaz‖ borligi aniqladi. Yangi mikroxirurgiya usuli bilan
embrionning bir qismini boshqa embrionga tranplatsiya qiladilar. Bunda bir tur 
doirasida gomotranplatsiya, bir avlod turlari o‘rtasida getertranplatsiya, uzoq 
formalari o‘rtasida ksenoplalika amalga oshiriladi. Bu usul ko‘plab yangiliklarga 
sabab bo‘ldi.
XX asr boshlarida bir organing boshqa organ ta‘sirida kelib chiqishini 
isbotladi. Va bu jarayoni induksiya eb ataladi. Tajribalarda aniqlanishicha.Ko‘z 
to‘qimalri ta‘sirida boshqa to‘qimalardan ko‘z gavhari hosil bo‘lganiligi
aniqlangan Ma‘lum bir to‘qima qaysi organi hosil qilishi va ma‘lum organini har 
qanday to‘qimadan hosil qilish nazariy va amaliy jixatdan katta ahamyatga ega
Induksiyaga ega bo‘lgan organlar to‘qimasining asosini oqsil tashkil etadi. 
A.V eysmaning embrion plazmasi nazaryasiga ko‘ra , embrion qismlarining 
kelib chiqishida embrioning yoki tuxumning plazmasi muhum ahamyatga ega. Bu 
plazmani veysnman jinsiy hujayraning xromatini deb atadi. Xromatin 
zarrachalarning har biri ma‘lum organizm kelib chiqishga sabab bo‘ldi. Bu
zarrrachalarni Veysman diterminatlar yoki kelajakni aniqlovchilar deb atadi.
Urug‘langan tuxumning maydalanishi tufayli hosil bo‘lgan blastomerlarning 
bir qismi embrionning chap tomoni , ikkinchisi esa o‘ng tomoni esa o‘ng tomoni 
hosil qiladigan diterminatlarga aylandi. Embrionada determinatlarnining soni 
bir xil bo‘ladi. Har bir bo‘linishdan keyin determinat soni o‘zgarmasa ham uning 
sifati o‘zgaradi.. Veysman o‘z nazaryasida yordamida irsiy belgining avloddan 
avlodga o‘tkazish qobilyatidan tashqari, organizimning tuzulishda ham muhum 
ahamyatga ega ekanligini ko‘rsatib berdi.. Veysman o‘zining dunyoqarashi bilan 
preformistlarga yaqinlashdi ,balki organizimlar paydo bo‘lishini xromatinlar 
belgilaydi. Veysman hato fikrni aytgan bo‘lsa, ham u birinchi bo‘lib rivojlanish 


147 
paytida jinsiy hujayralarning yadrosida o‘zgarishlar bo‘lishini tajriba yo‘l bilan 
isbotlab bergan 
1869 yilda E.Gekke, 1883 yilda V.Ru embrionning izoliyasiyalangan 
blastomerlaridan butun organizm paydo bo‘lishinni tajribada kuzatganlar. XIX 
asrning boshlarida rivojlanish to‘g‘risida fanda ancha ilmiy dallillar to‘plangan 
edi.Anashu ma‘lumotlarga asoslanib, hayvonlarning ko‘payishi usullarining
umumiy qonunyatlari va biognelik qonun yaratildi. Biognelik qonunga ko‘ra, bir 
hayvinning ontogenezida evolyusion jihatdan undan past bosqichda turadigan 
hayvoning belgilari takrorlanadi. Bu qonuni isbotlash uchun embrional tarraqiyot 
qanday sodir bo‘lishini tajribalarda isbotlashga kirishildi.Shunday qilib,
ekspermantal embrioloiya paydo bo‘ldi. Bu fan oldida hozirgacha yechilmagan 
muammolari ko‘p.
Eksperimantal embriolgiya yoki rivojlanish mexanikasining asoschisi vru 
hisoblanadi. Ru rivojlanish sababsiz,tasodifiy hodisalaar bo‘lishini tan olmas edi 
uni shakil emas, bu shakilga olib keluvch sabablar qiziqtirar edi. Shuning uchun 
har qanday sabablarga olib keluvchi sabablarni tajribalar yo‘li bilan tekshirar edi.
Urug‘langan tuxumdan organlarning differensiyalanishi, rivojlanish yonalishi, 
rivojlanishning tuxumga yoki tashqi muxutga bog‘liqligini aniqlash Runing asosiy 
maqsadi edi. Maydalanishning boshlang‘ch davrida blastomerning erkin differen 
siasiyasi, keyinchalik, esa differen siasiya boshqa organlarga bo‘g‘liqligini 
aniqladi. Runing birinchi tajribalari hujayraning diterminasiyalinishi sabablarini 
o‘rganishga bag‘shlangan va bu tajribalarni qurbaqa embrioni ustida o‘tkazdi. 
1888 yilda v. ru zigotadan ikkta blastomer hosil bo;ganda ularning bittasi
qizdirilgan nina bilan buzgan va ikkinchsinning rivojlanisini kuzatgan 
72 rasm. V. Ru tajribasi (B.P.Tokin, 1987 bo‘yicha). 
A-
ikki blastomerlik davrida bitta blastomerni o‘ldirgandan keyin ikkinchisidan
yarimta emrion taraqqiy etish; 
B-
Neyrula davridagi embrion: 1- embrionning o‘lik qismi; 2- embrionning tirik 
qismi; 3- blastosel; 4- arxenerion; 5- nerv valigi; 6- xarda. 


148 
Bu blastomer rivojlanib, yarimta embrionni hosil qiladi. Bu tajribalardan
shunday hulosa chiqarish munkinki, ikkta blastomerning har bir embrioning bir 
qismini hosil qiladi. Keyinchalik aniqlashicha, bu tajriba noto‘g‘ri o‘tkazilgan. 
Chunki o‘ldirigan blastomer o‘z joyida qoldirilgan va u sog‘lom blastomerning 
erkin (normal) rivojlanishiga to‘sqinlik qilgan. 
1895-yilda V,R.E nders urug‘langan tuxumni soch tolasi bilan ikki bo‘lakka 
bo‘lgan va har bir bo‘lakdan to‘la embrion paydo bo‘lganinini kuzatgan. 
G.Shpemen (1902-1903) xuddi shu usul bilan embrionni blastula va gasturula
davrlarida ikkiga bo‘lingan.(73- rasm). Agar bo‘linish teng bo‘lmasa, ya‘ni
yadroli hujayra bo‘linib, to‘la organizim hosil qiladi.(74 –rasm). Bu tajribadan
hulosa shuki, determinasiya rivojlanishning boshlang‘ich davrida emas, balki 
keyinroq sodir bo‘ladi. 
73- rasm. Triton tuxumining frontal (A) va sagittal (B) tomonidan ajratilishiga oid 
G.Shpemen ttajribalari (K.G. Gazaryan, L.V.Belouson, 1983 bo‘yicha). 
V- differensiallashmagan to‘qimaning ventral qismidan hosil bo‘lish; G- kulrang 
o‘roq qismi bo‘lgan normal embrionning dorsal qismidan hosil bo‘lishi; D-
sagittal tomondan ajratilgan blastomerdan normal embrion taraqqiy etishi. 
74- rasm. Tritonnig maydalanayotgan tuxum hujayrasi yadro potensiyasini 
aniqlashga oid G. Shemen tajribalar ( K.G. Gazaryan, L.V.Belousov, 1983 
bo‘yicha). 


149 
A, B- tuxumining o‘ng tomonidagi yadroli qismining matdalanish; V- bitta 
yadroning chap tomonidagi yadrosiz qismga kirishi; G1-G2- har ikkala tuxumdan 
normal embrion taraqqiy etish. 
G.Shpeman (1916-1919) va uning shogirdlai amfibiyalar embrional 
rivojlanish davrida to‘qimalarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirib o‘tkazish 
ustida ham tajribalar o‘tkazgan Agar gasturiliyasiya boshlangan davrda bir bo‘lak 
to‘qia ni nerv sisttemasi hosil bo‘ladigan joydan olib qorin qism hosil bo‘ladigan 
joyga o‘tkazish, nerv to‘qimadan qorin qismi hosil bo‘lganligi kuzatilgan. 
Chunki nerv to‘qimqsi boshqa joyga o‘tkazilganda attofidagi to‘qimalar ta‘sirida 
bo‘lagak xususiyatini yo‘qotadi.va yangi joyga xos bo‘lgan to‘qimaga aylanadi. 
Agar ana shunday tajriba gastrulyasiya jarayoning oxirida o‘tkazisa, unda yangi 
joyga o‘tkazilgan to‘qima o‘z xususiyatini yo‘qotmaydi. Va qorin qismiga 
o‘tkazilgan nerv to‘qimasidan nerv to‘qimasi taraqqiy etadi. Bu tajribalardan 
hulosa shuki,gastrulyasiyaning oxirgi yoki neyrulyasiyang boshlang‘ch davrlarida
determinasiya boshlanadi va uni o‘zgartirib bo‘lmaydi. 
V. Fogt (1925) gasturilyasiya bosqichida embrionning bir qismini agar neytral 
qiil yoki nidiy havorang bo‘yoqlari bilan bo‘yaganda bo‘yalgan hujayralar 
yonidagi hujayralarni ham bo‘yalgan. Sh usul bilan Fogst qaysi hujayralardan 
qanday organlar paydo bo‘lishini aniqlagan va shu ma‘lumotlarga asoslanib, 
organlarning prezumpitiv xaritasini tuzgan 
75-rasm. Assidiya embrionning 8 ta blastomerlik davrida prezumptiv xaritasi
( V. N.Yarigin va boshqalar, 1999 bo‘yichicha). 
1-epidermis; 2 nerv plastinkasi; 3- xorda; 4- entoderma; 5- somitlar; 6- 
mezenxima. 
Hozirgi fan va texnikaning rivojlangan davrida hujayraning yadrosini boshqa
hujayraga ko‘chirib o‘tkazish imkoniyatlarini mavjud. Bu usul bilan genomning 
qaysi paytda o‘zgartirish mumkinligini aniqlash imkoniyatlari paydo bo‘ldi. 


150 
Blastula paytida hujayrada yadroni olib, hujayraga o‘tkasilsa ko‘pchilik holatlarda 
normal organizim paydo bo‘lgan (76 rasm). 
76-rasm. Baqaning somalik hujayrasining yadrosini tuxum hujayrasiga ko‘chirib 
o‘tkazish (J.Gerdon, 1977 bo‘yicha). 
A- donor baqa embtiononning blastula davri; B-urug‘lanmagan resipent tuxum 
hujayra; V- yadrosi almashtirilgan tuxum hujayradan taraqqiy etgan itbaliq. 
Ordinata- abssissa o‘qida ko‘rsatilgan bosqichning foiz hisobida yashab qolishi; I-
blastula; II- gastrula; III- neyrula; muskul reaksiyasining paydo bo‘lishi; V- yurak 
urishining boshlanishi; VI-faol suzib yurish. 


151 
Abssissa o‘qida taraqqiyot bosqichlari: 1- gasturula; neyrula; 3 – suzib yuruvchi 
itbaliq; 4- oziqlanuvchi itbaliq.
Agar bu tajribani gasturilyasiya yoki neyurulyasiya davrida o‘tkazilsa, bunday 
holatlarda mayib, ba‘zi organlari etishmaydigan organizim paydo 
bo‘ladi.Eritroblast sintezlay olmaydigan organizim jinsiy hujayrasiga eritroblast 
yaxshi sintezlaydigan hujayraning yadrosi ko‘chirib o‘tkazilsa bunday holatda 
eritroblastlarni normal sintezlaydigan organizim paydo bo‘lishi tajribalarda 
isbotlangan. 1975 yilda ingliz olimlari Keller va Milshteyn antitelo 
sintezlovchi,ammo suniy sharoyitda sekin ko‘payadigan limfositlar bilan cheksiz 
ko‘payadigan ammo antitelo sintezlay olmaydigan va hujayralarni bir biriga 
qo‘shishi natijasida tabiatda uchramaydigan gibrid hujayralar yaratdilar.Bunday 
hujayralar gibridoma deb ataladi. Bu tajriba sun‘iy sharoytda antetolo sintez 
qiluvchi hujayraning cheksiz ko‘payishiga erishildi .Gibridoma hujayrani 
maqsadga muvofiq xar qanday hayvon yoki odam hujayrasini rak hujayrasiga
qo‘shib hosil qilish mumkin .Bundan tashqari,har turga kiradigan o‘simliklar 
hujayrasini qo‘shib ,gibrid hujayrani sun‘iy sharoitda o‘stirib ,yangi o‘simlik turini 
yaratish usulari ham ishlab chiqilgan. 1977 yilda J.Gerdon yuksak hayvonlarning 
klonlarini yaratish usullari ishlab chiqdi.
Organizm qancha yuksak darajada taraqqiy etgan bo‘lsa, uning hujayralari ham 
shuncha yuqori darajada differensillashgan bo‘ladi.Bu hulosa ham hujayra va 
yadro transplantasiyasiga oid tajribalar orqali chiqardi. 
Miksomisit setlarning har bir hujayrasidan yangi organizim paydo bo‘lishi 
mimkin.Ular organizmi spora, tola va bazal diskdan tashkil topadi .Hayvonlarda 
organizmni tashkil etadigan organlar embrion varaqlaridan paydo bo‘ladi va xar 
bir varaq ma‘lum turda o‘ziga hos organlarni hosil qiladi. 
O‘simliklar rivojlanishida embrion varaqlar hosil bo‘lmaydi va ularning 
hujayralari kamroq determnasiyalanadi.Ammo o‘simliklarda xam rivojlanish 
paytida hujayralar ukki qismga ajraladi .Ularning ustki qismi vegetative yoki er 
ustida joylashgan organlarni hosil qiladi. Ichki yoki pastki qismi ildizni hosil 
qiladi.F.S.Styurat o‘simlik hujayralarning rivojlanishiga ta‘sir etadigan moddalarni 
aniqladi . 
Bu tajribalar sabzi ustida o‘tkazilgan. Sabzining floemmasidan 2-3sm qismi 
kesib olingan va bu qism inkubasion muhitida silkitish yo‘li bilan hujayralarga 
ajratilgan.Bu huhayralarga gormonlarning konsentrasiyasining, o‘sishga ta‘sir 
etuvchi moddalar konsentrasiyasini va osmotic bosimini o‘zgartirish orqalim ta‘sir 
etiladi. Bir hafta davomida ana shu ta‘sirlar tufayli bitta hujayradan bitta sabzi 
o‘simligi paydo bo‘lganligi kuzatilgan.Bu o‘simlik gul va u‘rug‘ hosil qilgan (77-
rasm). Shunday tajriba tamaki o‘simlikgi ustida ham olib borilgan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin