152
tuxumlar taraqqiyotining dastlabki davrilaridan boshlab determinasiyalashgan
bo‘ladi. Spral maydalangan tuxumlarda blastomerlar t taqdiri oldindan aniqlagan
bo‘ladi. Bunday tuxumlar determinasiyalangan tuxumlar deyiladi. Pluteeus
taraqqiyoti davrida 16ta blastomer hosil bo‘lganda 8ta
yuqorida joylashgan
blastomerlardan ektoderma, oldingi to‘ttasidan birlamchi ichak mikro merlardan
mezenxima hosil bo‘ladi. Bunday tuxumlar regulyasion tuxum deyiladi.
77-rasm. Maxsus eritmada hujayradan to‘liq organizm hosil bo‘lishi. (K.G.
Gazaryan, V. Belousov, 1983 bo‘yicha).
1-maxsus eritmaga solingan ildiz; 2- maxsus eritmada poliferasiyalanuvchi
hujayra 3-maxsus eritmada
izolyasiyalangan hujayra; 4- bitta hujayradan hosil
bo‘lgan dastlabki embrion ; 5- embrionning keyingi bosqichi; 6- yosh o‘simlik; 7-
yetilgan o‘simlik.
153
Maydalanish natijasida 2 ta blastomer hosil bo‘lgandan keyin ularning har biri
yangi biologik sistemaning ajralmas qismi hisoblanadi. Organizimning har bir
bosqichi uning bir butunligi va inegrasiyasining yangi ko‘rinishi hisoblanadi.
V.Fogt baqa ebrioning blastula davrida prezumptiv xaritasini tajribalar orqali
aniqlashga muvaffaq bo‘ldsi. Har bir organ
dastlab embrionning qaysi
blastomerdan, qaysi qavatdan hosil bo‘lishi ham tajriblar yo‘li bilan anilangan.
Anashu hujayralarningb rivojlanish yo‘lini o‘zgartirish munkinmi?
G.Shpemen triton embrion rivojlanishining blastula davrida bitta embriondan
bir bo‘lak medulyar plastinkani, ikkinchi embriondan teri ektodermasining o‘rnini
bir biriga almashtirib qo‘ydi. Ko‘chirib o‘tkazilgan hujayralar o‘zining yo‘nalishi
bo‘yicha emas, balki atrofidagi hujayralar ta‘sirida ektodermasidan nerv sistemasi,
nerv plastinkasidan taraqqiy etadi. Xuddi shunday tajribalar ekdoderma va
mezoderma hujayralarida ham o‘tkazilib , shunga o‘xshash natijalar olindi (78-
rasm).
78-rasm. Embrionning bir qismini transplantasiya qilish sxemasi ( B.P. Tokin,
1978 boyicha). 1- nerv sistemasi; 2- somitlar; 3- endoderma; 4- blastosel.
G.Shpeman blastula bosqichida embrionning ko‘chirib o‘tkazilgan
qismi
yangi organ hosil qilishini labil determinasiya deb ataldi.
G.Shpeman va uning shogirdlarining aniqlashicha, determinasiya manbai
alohida hujayra, uning va sitoplazmasi emas. Har bir hujayraning taqdiri
organizimni tashkil etadigan hamma hujayralar bilan bog‘liq.
Ko‘chirib o‘tkazilgan hujayraning yangi joyga
moslashib, ma‘lum organ yoki
uning qismini hosil qilishini shpemen stabil determinasiya deb atadi. Bu
gasturulyasiyaning oxirida sodir bo‘lishi munkin. Ko‘chirib o‘tkazilgan bu
hujayralar differensiyalashibva determinasiyalashib doimiy organ hosil qildi, deb
aytish munkinmi?
Gastrulaning oxiri va neyrula davrida determinasiya oxiriga yetdi, deb
bo‘lmaydi . Neyrula davrida qayta deter minasiya sodir bo‘lganligi aniqlangan.
Bunday tajribalar amfibiyalar ko‘zi va eshitish organlari rivojlanish misolida
154
o‘rganilgan. G.Shpemen (1901) qizdirilgan igna bilan baqa embrionnnning ko‘zi
bokalini
neyrula bosqichida, gavhar hosil bo‘lishdan oldin buzadi. Natijada
gavhar paydo bo‘lmaydi. Demak, gavhar epidermisidan hosil bo‘lsa epidermis
hosil bo‘lsa, epidermis bilan ko‘z bokali aloqada bo‘lishi zarur. Agar ektoderma
ko‘chirib o‘tkazilsa, undan gavhar hosil bo‘ladi. Demak , determinasiya
deyilganda organizimning ontogenez davrida hujayralarning o‘zaro
aloqada
bo‘lib, ma‘lum rivojlanish yo‘lini bosib o‘tishi tushiniladi. Bu yo‘lda hujayra
o‘zgaradi, ma‘lum vazifalarni bajarishga ixtisoslashadi.
Dostları ilə paylaş: