258
XVI- BOB. EMBRIOLOGIYANING HAL ETILGAN VA ETILMAGAN
MUAMMOLARI
Kolbada etishtirilayotgan bolalar
Iqtisodiy jixatdan rivojlangan mamlakatlarda o‘limning kamayishi tufayli
yer shari aholisi kun sayin ko‘paymoqda. Keyingi 50-yil
davomida bu holat
Afrika, Osiyo , Lotin Amerikasi mamlakatlarida ham kuzatilmoqda.
Demograflar aholi soning ko‘payish sabablari bo‘yicha munozara qilayotgan
hozirgi paytda, embriologiya bo‘la ko‘rishni istayotgan, ammo bunga erisha
olmayotganlarga yordam bermoqda.
Xromosoma anomaliyasi bilan bog‘liq bo;lgan
farzandsizlikni davolab
bo‘lmaydi. Ayollarda farzandsizlikning keng tarqalgan sababi tuxum nayidan
tuxum yoki zigota o‘tmasligi va tuxumdon funksiyasining ba‘zi buzilishlari
bo‘lib, ularni davolasa bo‘ladi. Agar erkak spermasida spermatozoid bo‘lmasa,
tibbiyot bunday holatlarda yordam bera olmaydi. Bunday
holatlarda embriologiya
suniy urug‘lantirishni taklif etishi munkin. Suniy urug‘lantirish usullarini
tiblisdagi ayol fizologiyasi va patologiyasi institutida I.Jordania ishlab chiqqan va
muaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. Xx asrning 60- yillarida I.Jordania
donorlardan
olingan sperma bilan 3 ayolni urug‘lantirdi. Natijada 2 qiz va bir o‘g‘il bo‘la
sog‘lam tug‘ldi. Bu usul dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida qo‘llanilmoqda.
Tuxum hujayraning ona organizimdan tashqarida urug‘lantirishning yana
bir usuli jinsiy hujayralar olinib, ona organizmidan tashqarida urug‘lantiradi va
zigota ona bachadoniga joylab qo‘yiladi. Shu usul bilan londonda Braunlar
oilasida qiz bo‘la tug‘ildi. Bu sohada vrachlar P. Steptou va R.Edvardslar o‘n ikki
yil tadqiqot olib bordilar. 1977 yilda Lesli Braundan
tuxum hujayra olinib, suniy
sharoitda erining spermatozoidi bilan urug‘lantirdi. Embrion tashqi muhutda 2,5
kun yashadi va 8 blastomerlik davrida onasining bachodaniga joylab qo‘yildi. 1978
yil 25 iyulda sog‘lom qiz bo‘la tug‘ildi. Shundan keyin Angiliyaa embrion
ko;chirilib o‘tkazilganda va donordan gametalar olinganda bo‘lani qonuniy
259
tug‘ulgan deb hisoblash munkinmi? Degan savol paydo bo‘ldi.Huquqshunoslar va
sosiologlar bu sovolga javob izlagan bir paytda 20 nafar,
jumladan Avstraliyada
shunday bo‘la tug‘ildi.
Embriologiya huquqshunoslarga optalikni aniqlashga yordam bermoqda.
Vaqt kelib inson huquqlqri masalasida tegishli o‘zgartirishlar kiritish munkin.
Keyingi yillarda sun‘iy urug‘lanishdan tashqari, sun‘iy sharoitda ( sovuqda)
saqlangan sperma bilan urug‘lantirish usuli ham qo‘llanilmoqda. Demak, xotin
eridan uzoq yashab yoki uning bevasi bo‘lib ham undan bo‘la tug‘ish
munkin
Tuxumdon zararlangan xotinga tuxumdon ko‘chirib o‘tkazish ham munkin.
Bunda onalik huquqi donorga tegishli bo‘ladi. Sun‘iy partenogenez rivojlanishi
uchun umuman spermatozoidlarning ishtirokini inkor etishi munkin. Onaning
roziligi bilan birdan bir necha egizaklar tug‘lishiga erishish ham munkin.
Dostları ilə paylaş: