Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy


Sariq tananing tuzilishi va uning siklik o’zgarishlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Sariq tananing tuzilishi va uning siklik o’zgarishlari
. Graaf pufakchasi 
yorilgandan so‘ng uning donador qavati va biriktiruvchi to‘qimadan iborat qobig‘i, 
saqlanib qoladi. Bular sariq tana beziga aylanadi. Urug‘lanishi bo‘lishi, yoki 
bo‘lmasligidan qat‘iy nazar, sariq tana bezi taraqqiyotida quyidagi to‘rt bosqich 
farqlanadi: 
26-rasm. Tuxumdonning tuzilishi (V.G.Eliseev, 1983 bo‘yicha) 1-primordal 
follikula; 2-o‘sayotgan follikula; 3-follikulaning biriktiruvchi to‘qimali qobig‘i; 4-
follikula suyuqligi; 5-etilgan follikula; 6-ovulyasiya; 7-sariq tana; 8-regressiyaga 
uchragan sariq tana; 9-oq tana; 10-atretik follikula; 11-ustki epiteliy; 12-oqish 
qobiq; 13-interstisial to‘qima; 14-tuxumdonning asosiy moddasi. 
1. Proliferasiya va vaskulyarizasiya bosqichi. Bu bosqichda odingi sariq tana 
donador epiteliy qavati hujayralarining ko‘payishi va unnig oralariga kapiliyar qon 
tomirlarining tez o‘sib kirishi kuzatiladi. 
2.
Bezli metamorfoz bosqichida donador qavatning follikulyar 
hujayralari kattalashadi va ularning sitoplazmasidan lipoxrom guruhiga kiradigan 
sariq pigment-lyutein yig‘adi. Bu hujayralar lylitein hujayralari deb nomlanadi. 
Lyuteni hujayralarning gipertrofiyasi va giperplaziyasitufayli, sariq tananing hajmi 
oshib, nomiga yarasha sariq tus oladi. Bunday sariq tanada kapillyarlar shu 
darajada ko‘pki, har bir lyutein hujayrasini ko‘plab kapillyarlar qamrab oladi. 


57 
27-rasm. Tuxumdonda tuxum hujayraning paydo bo‘lishi, o‘sishi va ovarial 
follikulaning yorilish bosqichlarining ketma-ketligi hamda sariq tananing paydo 
bo‘lishi va aks taraqqiyoti (B.Karlson, 1983 bo‘yicha). 
1-mezovariy; 2-germinativ epiteliy; 3-birlamchi follikula; 4-ikki qavatli follikula
5-follikula bo‘shlig‘i hosil bo‘lishining boshlanishi; 6-atretik follikula; 7-deyarli 
to‘liq yetilgan follikula; 8-atretik follikula; 9etilgan follikula; 10-oosit; 11-suyuqlik 
bilan to‘lgan follikula bo‘shlig‘i; 12yorilayotgan follikula; 13-follikuladan chiqqan 
tuxum hujayra; 17-qonning fibrin tolalari; 18-iviyotgan qon; 19-tuxumdonning 
biriktiruvchi to‘qimasi; 20-to‘liq shakllangan sariq tana; 21-tuxumdonning oq 
tanasi; 22-qon tomirlari. 
3. Ravnaq topish bosqichida sariq tana, progesteron ishlab chiqara boshlaydi. 
Bu gormon bachadon shilliq qavatinnig zigotani qabul qilishga, implantasiyaga va 
sut bezlarini lakiasiyaga tayyorlaydi, Sariq tananing ravnaq topish bosqichi ikki
xil bo‘ladi. Agar urug‘lanish sodir bo‘lmasa, bu bosqich 12-14 kun davom etadi va 
bunday tana hayz sariq tanasi deb ataladi. Agar urug‘lanish sodir bo‘rsa, sariq 
tananing ravnaq topish bosqichi homiladorlikning birinchi yarmigacha davom 
etadi. Bunday sariq tana homiladorlik sariq tanasi deb ataladi. Bu sariq tanalar 
tuzilishi va vazifalariga ko‘ra bir-biriga o‘xshaydi. Ularning farqi, o‘lchami va 
faoliyat ko‘rsatish muddati har xil bo‘ladi. Hayz sariq tanasninig diametri 1,5-2,0 
sm bo‘lsa, homiladorlik sariq tanasining diametri 5 sm bo‘ladi. 
4.Aks ravnaq bosqichida faoliyati tugagandan keyin ham homiladorlik, ham 
hayz sariq tanasi inqirozga, ya‘ni involyusiyaga uchraydi. Bunda bez hujayralari 
lyutein pigmentini yo‘qotib, atrofiyaga uchraydi va so‘rilib ketadi. lekin markazda 
joylashgan biriktimvchi to‘qimadan iborat bo‘lgan chandiq, saqlanib qoladi va 
sariq tana o‘rnida oq tana hosil bo‘ladi. Oq tana tuxumdonda bir necha oy saqlanib, 
keyin so‘rilib ketadi. Ba‘zan unda shakllanish sodir bo‘lib, uzoq vaqtgacha 
saqlanib qoladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin