2.2.3. “VII asrdan XIV asrning birinchi yarmigacha O’rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar” mavzusidagi ma’lumotli ta’lim texnologiyasi modeli
Hadis ilmining paydo bo’lishi. Muhaddislar (Imom Ismoil al-Buxoriy, Imom Iso at-Termiziy va boshqalar)ning hadis ilmi rivojiga qo’shgan hissasi.
O’quv mashg’ulotining maqsadi
Talabalarda VII asrdan XIV asrning birinchi yarmigacha O’rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivojiga doir bilimlarni tarkib toptirish
Pedagogik vazifalar: - islom dinining tarqalishi va uning ta’lim-tarbiyaga ta’sirini aniqlashtirish;
- musulmon maktablari va unda ta’lim-tarbiya mazmunini yoritib berish;
- Qur’oni Karim – axloqiy-falsafiy ta’limotlar manbai ekanligini asoslash;
- hadis ilmining paydo bo’lishi hamda muhaddislarning hadis ilmi rivojiga qo’shgan hissasini bayon etish.
O’quv faoliyati natijalari: - islom dinining tarqalishi, arab yozuvining o’zlashtirilishi va diniy qadriyatlar haqidagi bilimlarini mustahkamlaydi;
- musulmon maktablari tizimi va o’qitish mazmuni bilan tanishadilar;
Qur’oni Karimdagi falsafiy-axloqiy ta’limotlarni tahlil etishadi;
hadislar va muhaddislar faoliyati haqidagi ma’lumotlarni tahlil etish orqali aniq xulosalarga keladilar.