ABU ALI IBN SINO JISMONIY TARBIYA HAQIDA FIKRLARI.
Reja:
Abu Ali ibn Sino asirlarda jismoniy tarbiya.
2 Markaziy Osiyoda jismoniy tarbiya va sport
Markaziy Osiyoda jismoniy tarbiya va sport. Abu Ali ibn Sinoning ta'lim-tarbiya to'g'risidagi g'oyalarida jis-moniy tarbiya masalasi g'oyat muhim o'rin tutadi.
Xalq og'zaki ijodida va buyuk mutafakkir, shoirlar, asarlarida jismoniy mashg'ulot bilan shug'ullangan kishilarning kuchli, qo 'rqmas, botir, sog'lom bo'lishlari, har qanday dushmanni yenga bilishlari to'g'risidajuda ko'p ma' lumotlar bor. Lckin O'rta Osiyoda X asrgacha jismoniy mashg'ulotning kishi organzmiga ta'siri to'g'risida ma'lum birta'limotbo'lmagan edi. Kishi organizmini chiniqtirishda jismoniy mashg'ulotning roll katta ekanligini tabiiy-ilmiy tomondan Ibn Sino asoslab berdi. U muntazam kurashda jismoniy mashq qilib turish, boshqa rejimlarga (ovqatlanish, iuyqu, badanni toza tutish) qat'iy rioya qilish sog'likni saqlashda eng muhim va asosiy shartlardan biridir, deb biladi.
Ibn Sino kishining anatornik va fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda Jismoniy mashq kishini ketma-ket chuqur nafas olishiga majbur qiladigan ixtiyoriy harakatdir", - deb jismoniy mashg'ulotga ta'rif beradi.
Shuning uchun ham Ibn Sino jismoniy .mashq bilan mustaqil shug'ullanadigan kishining organizmi juda mustahkam bo'lib, har qanday kasalliklarni yengib o'tishga qodir bo'lishini isbot qilishga harakat qiladi.
Ibn Sino jismoniy mashq bilan shug'ullanib yurgan kishi birdaniga tartibni buzsa, salomatligiga zarar keltiradi, bunda ,,Kishi, ko'pincha ingichka og'riq kasalligiga uchraydi...", - degan fikrni bayon etadi.
Ibn Sino jismoniy mashq bilan muntazam shug'ullanadigan odamning organizmida keraksiz moddalar to'planib qolmasligini, badandagi tabiiy issiqliklarning oshirishini va organizmni yengil, chaqqon bo'lishini isbot qilib beradi.
Ibn Sino o'zining ,,Tib qonunlari" asarining birinchi kitobida jismoniy mashg'ulotni kishining yoshiga, sihat-salomatligiga va kasalligiga qarab, turlicha shakl va odatlarda o'tkazish kerakligini ta'kidlaydi. Ayniqsa, bolalik, o' smirlik, yigitlik va qari lik chog' larida kishi jismoniy mashg'ulotga turlicha munosabatlar bo'lishi kerak-ligi masalasini ko'tarib chiqishi, Ibn Sinoning odam anatomiyasi va fiziologiyasini mukammal bilganidan, kishi organizmining doimo taraqqiy etib borishini ilmiy asosda tushunganligidan dalolat
beradi.