104
qisqarishi va qo‘zg‘alishi mumkin. Ta‘sirlagich tuxumning uchki devori (diastema)
hisoblanadi. Bu holat bo‘linishga yordam beradi.
S. Sonders (1974) amfibiyalar tuxumning maydalanish mexanizmiga oid
qiziqarli ma‘lumotlar oldi. Tuxumning ustidagi egatlar sitoplazmaning
mikrofilament qatlami qisqarishi natijada hosil bo‘ladi. odatda blastomer
chegarasidagi animal qutbning kichik teshigidan ustki membranaga golji apparati
hosil qilgan mikroxaltacha keladi. Xaltaning suyuqligi to‘kilib, blastomerlar
membranasini bir-biriga yopishtiradi. Bu embrion uchki muhiti hosil bo‘lishining
boshlanishidir. Maydalanish jarayonda ATF ham muhim ahamiyatga ega ekanligi
bu gipotezalar asosini tashkil etadi.
Shunday qilib, maydalanish mikrofilament va sitoskeletning qayta qurilishi
va sitoplazmaning sintetik hamda ekskretor faoliyati tufayli ustki membranada
o‘zgarish sodir bo‘lishidir.
Dostları ilə paylaş: