Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy


Birlamchi va ikkilamchi tana bo’shliqilari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

 
Birlamchi va ikkilamchi tana bo’shliqilari 
Birlamchi tana bo‘shlig‘i blastosel bo‘shlig‘ining keyingi taraqqiyoti 
natijasida hosil bo‘ladi. Bu bo‘shliqining o‘z devori bo‘lmaydi. Birlamchi tana
bo‘shlig‘i blastoderma bilan, keyinchalik esa teri-muskul xaltasi va ichak devori 


115 
bilan chegaralanadi. Blastosel bo‘shlig‘ini parenxima hujayrai egallab oladi (yassi 
chuvalchanglar). Keyinchalik bu hujayraning buzilishi tufayli bo‘shliqi hosil 
bo‘ladi. (yumaloq chuvalchanglar). 
59- rasm Yuksak umurtqalilarning embrionida ontogenez jarayoni. 
(K. Uoddington, 1957 bo‘yicha) 1- nerv; 2- somit; 3- xorda; 4- ichak; 5- yon 
mezoderma; 7- epidermis; 8- tomoq; 9- jabra; yoriqlari; 10 ko‘zxaltasi; 11- bosh 
miya. 
Bu bo‘shliqi birlamchi tana bo‘shlig‘i yoki sxizosel deb ataladi. Sxizosel - 
buzilish bo‘shlig‘i degan ma‘noni bildiradi. Sxizosel turli xil organik va anorgank 
moddalar aralashmasidan iborat bo‘lgan suyuqlik bilan to‘la bo‘ladi. Bu bo‘shliqi 
quyidagi vazifalarni bajaradi: 
1. Doimo suyuqlik bilari to‘la bo‘lganligi uchun ham gavdani tarang holatda 
ushlab, tayanch vazifani bajaradi. Agar bu suyuqlik chiqarib yuborilsa, gavda 
puchchayib qoladi. 
2. Transport vazifasini bajaradi, ya‘ni bu hayvonlarqon aylanish sistemasining 
yo‘qligi tufayli oziq moddalar ichakdan ana shu bo‘shliqidagi suyuqlikka chiqadi. 
Undagi suyuqlik yordamida organlarga tarqaladi. 
3. Keraksiz mahsulotlar ana shu bo‘shliq orqali ayiruv kanallariga yetib boradi. 
Ikkilamchi tana bo‘shlig‘i yoki selom (bo‘lshliq degan ma‘noni bildiradi) 
gavda qoplami (teri-muskul xaitasi) bilan uchki organlar (ichak) o‘rtasidagi 
bo‘shliqidir (halqali chuvalchanglar). Birlamchi tana bo‘lshligdan farq qilib, 
ikkilamchi tana bo‘shlig‘ining o‘z devori bor. Bu devor epiteliy hujayraidan iborat 
bo‘ladi. Bu bo‘lshliq embrion rivojllanishi davrida gastrosel bo‘shlig‘idan paydo 
bo‘ladi. Ikkilamchi tana bo‘shlig‘i ikkilamchi og‘zlilarda mezodermaning 
cho‘ntaksimon o‘simtalarining bo‘shlig‘idan hosii bo‘ladi. Birlamchi og‘lizlilarda 
esa ekto va entodermaning o‘rtasidagi bir juft mezoderma blastomerlarining
bo‘shlig‘idan hosil bo‘ladi. Selom doimo suyuqlik bilan to‘lla bo‘ladi. Ularning 
vazifalari quyidagilardir: 


116 
1.
Gavdada tayanch vazifani bajaradi. 
2.
Oziq moddalani tarqatadi. 
3.
Keraksiz moddalarni ayiruv kanaliga chiqaradi. 
4.
Bu bo‘shliqidagi ba‘zi hujayra (eleositlar) ortiqcha moddalani 
zaxiralaydi. 
Bundan tashqari, bo‘g‘imoyoqlarda birlamchi va ikkilamchi tana 
bo‘lshligining oraliq tuzilishiga ega bo‘lgan tana bo‘lshlig‘i bo‘ladi. Bunday tana
bo‘shlig‘i miksosel deb ataladi. Miksosel yurak, ichaklar, jinsiy va boshqa organlar 
atrofida saqlanib qolgan va boshqa tana bo‘shliqilari kabi vazifalani bajaradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin