109
2. Amfiblastula. Bunda blastoderma devori bir necha qator blastomerlardan
tuzilgan bo‘lib, bu devor animal qutbda vegetativ qutbga nisbatan yupqa bo‘lishi,
blastosel animal qutbga tomon siljigan bo‘ladi. Bunday blastula to‘la, lekin notekis
maydalanadigan amfibiyalar tuxumlarida uchraydi.
3. Sterroblastula. Devori bir qator blastomerlardan iborat bo‘ladi.
Blastomerlar blastosel bo‘shlig‘iga juda ko‘p kirib borganligi uchun ham blastosel
bo‘shlig‘i juda kichik bo‘ladi. Bo‘g‘imoyoqlilarda shunday blastula hosil bo‘ladi.
4. Diskoblastula. Diskodial yo‘l bilan maydalanadigan tuxumli hayvonlarda
uchraydi. Blastosel bo‘shlig‘i embrion diski bilan sariqlik moddasining o‘rtasida
bo‘ladi. Bunday blastula suyakli baliqlar, repteliyalar va qushlarda uchraydi.
5.
Periblastula. Blastosel bo‘shlig‘i sariqlik moddasi bilan to‘zganligi uchun
bo‘shliq bo‘lmaydi. Sariqlik moddasining tashqarisidan bir qator blastomerlar
o‘rab turadi. Hasharotlarda shunday holat uchraydi.
6. Blastulaning yana o‘ziga xos turi plakula ham bor. Bunda blastula ikki
qavatli plastinkadan iborat bo‘ladi. Bunday embrion shakli maydalanish davrida
blastomerlar faqat parallel qatorda joylashganda hosil bo‘ladi, Plakula quruqlikda
uchraydigan kam tukli halqali chuvalchanglarda uchraydi.
Agar blastosel bo‘shlig‘i ham blastomerlar bilan to‘lgan bo‘lsa, buni
embrionnnig morula davri deb ataladi. Embrionning morula davri tutning mevasini
eslatadi. Shuning uchun morula lotincha monim - tut mevasi degan ma"noni
bildiradi. Morulaning hosil bo‘lishi to‘g‘risida ikki xil fikr bor:
1. Moruladan keyin blastula hosil bo‘ladi. Morula blastomerlarning tartibsiz
yoki o‘ziga xos joylashishi hisoblanadi.
2. Blastuladan keyin birorta blastomer blastosel bo‘shlig‘iga tushib qolsa,
ular ko‘payib, blastosel bo‘shlig‘ini to‘ldirib qo‘yadi.
Blastosel bo‘shlig‘idagi suyuqlikning fiziologik va morfologik ahamiyatini
o‘rganish ham muhimdir. Chunki bu suyuqlik har xil hayvonlar embrionida har xil
bo‘ladi jumladan, dengiz tipratikanida dildiroq, ba‘zi hayvonlarda harakatchan, suv
hayvonlarida suvdan farq qiladi.
Har xil hayvonlarning blastulalari ham bir-biridan farq qiladi. Blastulani
tashkil ettivchi blastomerlar yopishqoq modda hosil qilib bir-biriga yopishib turadi.
Ba‘zi hayvonlarda blastomerlarning sochilib kelmasligini blastula qobig‘i
boshqaradi.
Dostları ilə paylaş: