Birinchidan: oliy o`quv yurtida olgan bilimlari vaqt o`tishi bilan eskirib boradi va ularni yangilash zaruriyati yuzaga kyeladi.
Ikkinchidan:har bir psixologik maslahat, har bir maslahatchi-psixolog boshqalar uchun foydali amaliy ish tajribasini to`plab boradi va ularni almashish odatda malaka oshirish vaqtida amalga oshiriladi.
Psixolog maslahatchilarni kasbiy tayyorlash asosiy soha va yo`nalishlari psixolog-maslahatchi ishiga qo`yiladigan talablarga binoan uning kasbiy malakasini oshirish quyidagi asosiy yo`nalishlarini ko`rsatib o`tish mumkin:
1.Psixolog-maslahatchi faoliyati asosini tashkil etuvchi zamonaviy psixologiya sohalarida yangi ilmiy va amaliy foydali bilimlarni olish, bu bilimlarni turli yo`llar bilan egallash mumkin: malaka oshirish maxsus fakultyetlarida, kurslar, syeminarlarda hamda yangi ilmiy va ilmiy-amaliy nashrlar bilan doimiy tanishib borish hisobiga mustaqil ravishda egallab borish;
Yanada yuksak kasbiy razryad olish uchun dissyertatsiya tayyorlash va himoya qilish, imtihon topshirish, bu yo`nalish odatda ma'lum huquqlarga ega bo`lgan davlat yoki jamoat tashkilotlari tomonidan nazorat qilinadi.
Psixolog-maslahatchining psixotyerapiya yoki psixokorryeksiya yangi myetodlarini o`zlashtirishi, mijozga psixotyerapyevtik yoki psixokorryeksion ta'sir ko`rsatishi odatda psixolog – maslahatchi vazifasiga kirmasa ham u kyerak bo`lgan vaqtda zarur myetodlardan foydalanishni bilishi kyerak. Bu myetodlarni psixolog – maslahatchi qanchalik yaxshi bilsa, uning kasbiy mahorati darajasi shunchalik yuqori bo`ladi.
Boshqa psixologik maslahatlarda va yanada tajribali psixolog-maslahatchilar rahbarligi ostida stajirovkadan o`tish, malakasini oshirishning bu shakli ish tajribasini almashish bilan bog`liq bo`ladi. Bunday doimiy tajriba almashish esa har qanday psixolog-maslahatchining kasbiy mahoratini ta'minlash va rivojlantirish uchun zarurdir.
Mijoz sifatida psixologik maslahatdan o`tish, maslahat byerish, psixokorryeksiya va psixotyerapiya myetodlari bilan tanishish, malakasini oshirish psixolog-maslahatchi ishida ikki barobar ijobiy rol o`ynaydi.
Birinchidan,uning yordamida har qanday odamda bo`lgani kabi unda ham bo`lishi mumkin bo`lgan muammolarini hal etish imkonini byeradi. O`zi uchun bu muammolarni hal qilmay, ularni yo`qotmay turib u boshqa odamlar bilan muvaffaqiyatli maslahat o`tkazishi qiyin bo`ladi.
Ikkinchidan, mijoz rolida ishtirok etib psixolog-maslahatchi bo`lajak mijozlarni chuqurroq tushunishga va his etishga o`rganib olishi, psixokorryeksiya va psixotyerapiya kyerakli myetodlarini yaxshiroq egallab olishi mumkin bo`ladi.