"Infinbank" atb to’g’risida umumiy ma’lumot


Asosiy vositalar, kapital qo`yilmalar va nomoddiy aktivlar hisobining auditini o`rganish



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə15/20
tarix10.03.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#87292
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Karimjonov O Amaliyot hisoboti

8.Asosiy vositalar, kapital qo`yilmalar va nomoddiy aktivlar hisobining auditini o`rganish.
Ma’lumki, bank resurslarini joylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar, aktiv operatsiyalar deyiladi, boshqacha qilib aytganda bankning aktiv operatsiyalari bu bank tomonidan foyda olish maqsadida o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘larni samarali yo‘naltirishdir.
Ko‘pchilik iqtisodiy adabiyotlarda bankning aktiv operatsiyalari deganda, eng avvalo, resurlarni daromad olish maqsadida yo‘naltirilgan aktivlar, ya’ni qimmatbaho qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar, kreditlar, lizing va faktoring operatsiyalari nazarda tutiladi. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, bank aktiv operatsiyalari daromad keltiruvchi aktivlarni ko‘paytirish, ya’ni bank likvidligini saqlagan holda aktivlarning qolgan qismini daromad keltirishuchun joylash bo‘lib, hisoblanadi. Bundan tashqari, bank aktivlariga uning faoliyatini xavfsiz va samarali tashkil etish uchun zurur bo‘lgan kassadagi naqd pullar, Markaziy bankdagi vakillik hisobvaraqlari va majburiy zaxira fondidagi mablag‘lar, boshqa banklar bilan vakillik hisobraqamlari qoldiqlari, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kambaholi tez eskiruvchi buyumlar kabi aktivlarga ega bo‘lmog‘i lozim.
Bankning aktiv operatsiyalarini to‘rt guruhga bo‘lish mumkin:
• kredit operatsiyalari, buning natijasida bankning kredit portfeli shakllanadi;
• investitsiya operatsiyalari, investitsiya portfelini shakllantirish uchun
asos bo‘ladi;
• kassa va hisob-kitob operatsiyalari, bank o‘z mijozlariga ko‘rsatadigan
asosiy xizmat turlari;
• boshqa aktiv operatsiyalar, ya’ni barcha bank operatsiyalarini samarali amalga oshirishga tegishli infrastruktura yaratish bilan bog‘liq operatsiyalar.
Bankining aktiv operatsiyalarida daromad keltiruvchi aktivlarniko‘paytirish, ya’ni bank likvidligini saqlagan holda aktivlarning qolgan qisminidaromad keltirish uchun joylash muhim ahamiyat kasb etadi. Daromad keltiruvchi aktivlarning asosiy daromad tarkibi foizli daromadlardir. Foizli daromad manbayi kreditlarni bir soha yoki tarmoqqa emas, balki bir nechta tarmoqqa joylashtirish kerak. Banklarda daromadlar tarkibini ko‘paytirish uchun bank daromad keltiruvchi xizmatlar turini ko‘paytirishi kerak.
Bankning daromad keltirmaydigan aktivlariga quyidagilar kiradi;
• kassadagi naqd pullar va boshqa pul mablag‘lari;
• asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar;
• kapital va boshqa joriy xarajatlar;
• Markaziy bankdagi vakillik va zaxira fondi hisobraqamlar qoldig‘i.
Bank aktivlari xajmida daromad keltirmaydigan aktivlar salmog‘ini yuqori bo‘lishi bankning resurslar bazasidan samarasiz foydalanilganini ifodalaydi.
Tijorat banklari moliyaviy natijalarini tahlil qilish uchun ma’lumotlarni asosan, banklar buxgalterlik balansi, «Foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot»lardan, hamda audit tekshiruvi, yig‘ilishlar bayonnomalaridan, zarurattug‘ilganda buxgalteriya hisobining analitik yozuvlaridan olish mumkin.
Tijorat banklari moliyaviy natijalari tahlili asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
• faoliyat moliyaviy natijalarini (foyda yoki zarar) aniqlash;
• foydaning belgilangan rejaga mosligi va o‘tgan davrlardan farqini o‘rganish;
•foydaning tarkibi: daromadlar, xarajatlar miqdori va tarkibidagi o‘zgarishlarnio‘rganish hamda ularning sabablarini aniqlash;
• faoliyat davomida tejamkorlikga rioya qilinganligini o‘rganish;
• rentabellik (foydalilik) ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish;
• xarajatlarni va daromadlarni optimallashtirish orqali foydasni ko‘paytirish ichki imkoniyatlarini aniqlash va shu kabilar. Ushbu vazifalar tahlili kelgusida to‘g‘ri qarorlar qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
Bank aktivlarini tahlil qilganda quyidagilarni aniqlash lozim:
– Bank aktivlarining umumiy qoldig‘i hisobot davrida qancha o‘zgarganligini;
– Aktivlarning tarkibini – mablag‘lari asosan qaysi aktivlarga sarflanganini;
– Bank aktivlari tarkibining hisobot davrida (tahlil qilinayotgan davrda) qanchalik o‘zgarganligini va ularning o‘zgarish sabablarini;
– Bank aktivlarining likvidligini;
– Bank aktivlarining samarali foydalanish ko‘rsatkichlarini hamda ularning hisobot va o‘tgan davrdagi tafovutlarini;
– Bank aktivlaridan samarali foydalanishga ta’sir etuvchi omillarni (ijobiy va salbiy) hamda foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llarini. Bu ko‘rsatkichlarni aniqlab tahlil qilib, bank aktivlaridan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llarini belgilash lozim bo‘ladi.
Bank aktivlarining holati uning faoliyati davomida o‘zgarib turadi. Bank aktivlarining holati ijobiy yoki salbiy tamonga o‘zgarishi mumkin. Bank aktivlarining qanday o‘zgarishi aktivlarni boshqarishga va to‘g‘ri yo‘naltirishga bog‘liq. Shuning uchun ham bank aktivlarining holatini muntazam ravishda o‘rganib, ularning o‘zgarishini tahlil qilib borish lozim. Tahlilda birinchi navbatda bank aktivlarining umumiy summasi hisobot davrida qanchalik o‘zgarganligini (ko‘paygan yoki kamayganligini) aniqlash, undan keyin esa o‘zgarish sabablarini aniqlash lozim.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin