Inflatsiyaga qarshi kurash



Yüklə 18,04 Kb.
səhifə1/2
tarix27.08.2023
ölçüsü18,04 Kb.
#140747
  1   2
Inflatsiya


Inflatsiyaga qarshi kurash”
Annotatsiya: Ushbu maqolada inflyatsiya, uning mohiyati, turlari, ichki va tashqi omillari, inflyatsiya avj olishiga sharoit yaratuvchi omillar, inflyatsiyaning mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga ta‘siri, uni oldini olish hamda bartaraf etish bo‘yicha chora tadbirlar majmui atroflicha yoritilgan.
Kalit soʻzlar: Inflyatsiya, mamlakat iqtisodiy xavfsizligi, sudraluvchi inflyatsiya shiddatli inflyatsiya,
Har bir mamlakatda iqtisodiy inqiroz nafaqat bir odamga, balki butun aholisiga ta'sir qilishi mumkin. Natijalar hayotning barcha sohalariga zararli bo'lishi mumkin.Inflyatsiya nima ekanligini tushunish, inqirozning kamchiliklari va kamchiliklari va uni bartaraf etish mumkinmi, degan savolni beramiz. Ushbu iqtisodiy davrda tovar va xizmatlar qiymatini oshirish degani. Inflyatsiya mohiyati shundan iboratki, ayni paytda uning boshlanishidan oldin bir xil pulga nisbatan mol-mulkni kamroq sotib olish mumkin bo'ladi. Moliyani sotib olish kuchi kamayganligini aytish mumkin va ular o'z qiymatining bir qismini yo'qotib qo'ydi. Bozor iqtisodiyotida bunday jarayon narxlarning ko'tarilishida o'zini namoyon qilishi mumkin. Ma'muriy choralar bilan narxlash bir xil bo'lib qolmoqda, ammo mahsulot guruhlari etishmasligi bo'lishi mumkin. Muomalada qog‘o pullar va tanga pullarning mavjudligi inflyatsiyani vujudgakeltiruvchi iqtisodiy kategoriyalardan biri hisoblanadi.
Inflyatsiya termini –lotincha ―inflation‖ so‘zdan olingan bo‘lib – ―shishirilgan‖, ―bo‘rttirilgan‖, ―ko‘pchigan‖ degan ma‘nolarni anglatadi. Inflyatsiyaning iqtisodiy mohiyati muomaladagi naqd pullarning sotib olish qobiliyatining pasayishi, tovarlar va xizmatlarning bahosini o‘sib borishini anglatadi. Bu so‘z XIX asrning o‘rtalaridan boshlab iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy termin sifatida ishlatilgunga qadar, u tibbiyotda xavfli o‘sma kasalligini ifodalashda qo‘llanilgan. Tarix haqiqatdan ham bu so‘zning har tomonlama xavfli ekanligini ko‘rsatdi. Chunki inflyatsiya qandaydir alohida olingan bozorlarda tovarlar va xizmatlar narxining o‘sishidangina iborat bo‘lmasdan, bu umumiqtisod uchun xavfli hodisadir. Inflyatsiya so‘zining iqtisodiy o‘girtmasi – muomalada mavjud bo‘lgan tovarlar va ularning bahosiga nisbatan ko‘p pul chiqarish degan ma‘noni anglatadi.
2023-yil inflyatsiya darajasi 8,5−9,5 foizgacha pasayishi prognoz qilinmoqda — Markaziy bank Yil yakuni bo‘yicha esa 12−12,5% atrofida shakllanadi. 2023-yil inflyatsiya darajasi 8,5−9,5 foizgacha pasayishi prognoz qilinmoqda — Markaziy bank. Markaziy bank asosiy stavkani yillik 15% darajasida saqlab qolish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Bu yil oxirigacha quyidagilar ta’siri bilan bog‘liq inflyatsion xatarlar saqlanib qolayotgani sababli o‘zgarishsiz qoldirildi:
tashqi iqtisodiy muhitdagi noaniqliklar;
global inflyatsion jarayonlar;
yuqori ichki iqtisodiy faollik;
mavsumiylikning iste’mol narxlariga oshiruvchi ta’siri.
Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar
Tashqi va ichki omillarlarning turli xil ko‘lamdagi ta’sirlari sentabr oyida yillik inflyatsiyani 12,2%ga teng bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Aprel-sentabr oylarida iste’mol savatidagi aksariyat tovar va xizmatlarning narxlarida sezilarli o‘sish kuzatilgan. Avgust oyidan boshlab bazaviy inflyatsiya ko‘rsatkichi umumiy inflyatsiyadan yuqoriroq shakllana boshladi va sentabr oyida yillik 12,7%gacha tezlashdi. Bazaviy inflyatsiyaning oshishiga bir tomondan import inflyatsiyasi ta’sir ko‘rsatayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, o‘tgan davrda shakllangan yuqori yalpi ichki talab sezilarli bosim yaratmoqda.
O‘tgan oyda aholining inflyatsion kutilmalari 15,2% va tadbirkorlar kutilmalari 13,8% doirasida shakllandi. Mavjud inflyatsion jarayonlar, pul-kredit sharoitlari, import inflyatsiyasi ta’sirining saqlanib qolayotganligi va yuqori noaniqliklar sharoitida yil yakuni bo‘yicha inflyatsiya darajasi 12−12,5% atrofida shakllanishi hamda 2023-yil uchun esa bazaviy ssenariy doirasida 8,5−9,5%gacha pasayishi prognoz qilinmoqda.
Yilning ikkinchi choragidan boshlab iqtisodiy faollikning jadallashishi kuzatilmoqda. Joriy yil 9 oyi yakuni bo‘yicha yalpi ichki mahsulotning real o‘sishi 5,8%ni tashkil etib, qurilish ishlari va chakana savdo sohalarida o‘sish ko‘rsatkichlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan yuqori bo‘ldi. Byudjet sohasida oylik ish haqi va pensiyalar miqdorining oshirilishi hamda ajratilgan ijtimoiy transfertlar aholining real daromadlarini 10,7%ga ko‘payishiga zamin yaratdi. Shuningdek, o‘tgan 9 oy davomida iqtisodiyotda iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 27%ga va chakana savdo aylanmasi 10,8%ga oshdi.
Budjet xarajatlari, transchegaraviy pul o‘tkazmalarning yuqori sur’atlari va iqtisodiyotga kredit qo‘yilmalar yalpi iste’mol va iqtisodiy faollikni yil oxirgacha qo‘llab-quvvatlovchi omillardan bo‘ladi. Yil yakuni bo‘yicha yalpi ichki mahsulot 5,2−5,8%lik prognoz koridori doirasida bo‘lishi kutilmoqda. 2023 yil uchun esa iqtisodiy o‘sish sur’atlari joriy yilgidan biroz sekinlashib 4,5−5%ni tashkil etishi prognoz qilinmoqda.
Tashqi iqtisodiy sharoitlar. AQSh Federal zaxira banki tomonidan pul-kredit sharoitlarining qat’iylashtirilishi hisobiga dunyoning aksariyat valyutalari AQSh dollariga nisbatan qadrsizlanib bormoqda. Dollar indeksi yil boshiga nisbatan 17%ga oshib 112 bandni tashkil etmoqda.
Bu esa, iste’molda import ulushi yuqori bo‘lgan va inflyatsion kutilmalari valyuta kursiga ta’sirchan davlatlarda inflyatsion jarayonlarning yanada tezlashishiga olib kelmoqda.Tashqi vaziyat va savdo hamkorlardagi o‘zgarishlarga tashqi iqtisodiy munosabatlarning moslashib borishi hisobiga mamlakatga valyuta oqimlari hajmida ijobiy tendentsiyalar kuzatilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, ishlab chiqarish rivojlanishida yuzaga keladigan nomutanosibliklar sababli tovarlar va xizmatlar bahosining umumiy yoki to‘xtovsiz o‘sishi va natijada pul muomalasi qonunining buzilishi oqibatida pul birligining qadrsizlanishiga inflyatsiya deb aytiladi.Inflyatsiya quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi:
-Tovarlar va xizmatlar bahosining uzluksiz va tartibsiz o‘sib borishi natijasida pulning qadrsizlanishi va uni sotib olish qobiliyatining tushib borishi;
-Chet el valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursining tushib ketishi;
- Milliy pul birligida oltin narxining oshib borishi va boshqalar.
Inflyatsiyaning turlari:
- Sudraluvchi inflyatsiya (mamlakatda inflyatsiya darajasi 5 – 10% bo‘lgan holatda kuzatiladi);
- Shiddatli inflyatsiya (inflyatsiya darajasi 10 – 100%, ba‘zan, 200% gacha bo‘lgan holatlarda kuzatilishi mumkin);
-Giperinflyatsiya (inflyatsiya darajasi 200% dan yuqori bo‘lgan vaziyatda namoyon bo‘ladi. Yuqorida ta‘kidlab o‘tilganidek, giperinflyatsiyaga misol tariqasida 1923 – yillarda Germaniyada yuzaga kelgan inflyatsiyani keltirib o‘tishimiz mumkin.
Regulyatorda qayd etilishicha, tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlar ta’sirida yuzaga keladigan inflyatsion omillar va xatarlar sinchkovlik bilan o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rib boriladi.Asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha Markaziy bank boshqaruvining navbatdagi yig‘ilishi 15 dekabrga belgilangan.Markaziy bank asosiy stavkani yillik 15% darajasida saqlab qolish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
Inflyatsiyaga qarshi siyosatning mohiyati. Antiinflyatsiya siyosati davlat 
organlari tomonidan pul-kredit islohotlari orqali inflyatsiyaga qarshi kurash 
chorasidir. Pul islohotlarini amalga oshirish usullari quyidagilardan iborat: 
- bekor qilish, ya'ni eskirgan pul birliklarini chiqarib tashlash va yangi 
birliklarni joriy etish to'g'risidagi e'lon. 
- devalvatsiya, ya'ni pul birliklarida oltin tarkibining pasayishi yoki milliy 
valyutalarning oltin, chet el valyutasi, kumush kurslarining pasayishi. 
- denominatsiya, ya'ni nollarni kesib tashlash usuli. Usul eski banknotaning 
yangisiga o'rnatilgan nisbati bo'yicha ayirboshlash shaklidagi pul birligini 
kattalashtirishdan iborat. Xuddi shu nisbatda narxlar, tariflar, ish haqi, bank 
hisobvaraqlaridagi naqd pul qoldiqlari, tashkilotlar balanslari qayta hisoblab 
chiqiladi. 



Yüklə 18,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin