Yillardan
Foizda
Oylar
Foiz
01.01.06
-
oyiga
40 %
01.10.07
-
oyiga
225 %
01.03.08
-
oyiga
300 %
01.07.09
120 %
oyiga
10 %
01.08.10
84 %
oyiga
7 %
01.07.11
60 %
oyiga
5 %
Xozir ko’pgina davlatlarda pul muomalasini tartibga solishda ochiq bozorda
operatsiyalar o’tkazish usulidan foydalanilmoqda. Bu hozirgi ko’p qo’llanadigan
monetar siyosatning bir usuli hisoblanadi. Bu usul tijorat banklarining likvidlik
darajasiga tezda ta’sir o’tkaza oladigan egiluvchan (moslanuvchan), amaliy va operativ
usul hisoblanadi. Bu usulni boshqalaridan farqi shundaki, uni zaruriyatga qarab va
xohlagan miqdorda o’tkazish mumkin. Bu mexanizm bozorni rivojlanish
tendentsiyasiga qarab pul muomalasini baraqarorlashtira olishi mumkin. Markaziy
bankning ochiq bozorda operatsiyalar o’tkazish huquqi qonunda belgilangan. Bunda
oldi - sotdi ob’ekti bo’lib davlat qimmatbaho qog’ozlari va Markaziy bank o’zi
chiqargan qarz majburiyatlari bo’lishi mumkin. Hozirgacha muomalada Markaziy
bankning uch oy muddatda so’ndiriladigan depozit sertifikatlari yurgan bo’lsa, 1996 yil
mart oyi oxirida GKO (davlat qisqa muddatli obligatsiyalari (DQMO)) chiqariladi.
Z.D.Niyozov “Pul kredit va banklar” S. 2012
18
Bu tijorat banklari va korxonalarining mablag’larini xavf-xatardan saqlash va
daromad olish imkonini beradi. Davlat qimmatbaho qog’ozlar bozori O’zbekiston
uchun yangi hodisa hisoblanadi. DQMOni kiritish birinchidan, Moliya vazirligiga o’z
joriy xarajatlarining bir qismini inflyatsiyadan xoli manba hisobidan qoplashga,
ikkinchidan, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’zlarining bo’sh mablag’larini foyda olish
evaziga investitsiya qilish mumkinligiga imkoniyat yaratdi.
DQMOlarning birlamchi bozori Markaziy bank valyuta birjasida tijorat
banklari ishtirokida chiqariladi. Zarur bo’lsa obligatsiya egasi ikkilamchi bozorda o’z
foydasi evaziga uni sotishi mumkin. Shunday qilib, Markaziy bank pul muomalasini
barqarorlashtirish uni tartibga solish borasida barcha vakolat va huquqiy normalarga
ega.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan usullar ko’pgina davlatlarda qo’llaniladi.
Davlatning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib boshqa selektiv usullardan ham
foydalanishi mumkin. Bu usullarni maqsadi kreditlash hajmiga va umumiy pul
massasiga ta’sir o’tkazib borishdir. Bu usullarni har davlat o’zini rivojlanishi
darajasiga qarab qo’llashi mumkin. Masalan, rivojlangan davlatlarda asosan ochiq
bozorda operatsiyalar o’tkazish usulidan foydalaniladi. Yuqoridagilarni tahlil qilsak, har
usul u yoki bu yo’l bilan (bevosita yoki bilvosita) muomaladagi pul massasini
kamayishiga yoki ko’payishiga ta’sir qiladi. Iqtisodiyotdagi ahvolga qarab Markaziy
bank o’zining pul- kredit sohasidagi strategiyasini aniqlaydi. Bundan tashqari
mamlakatdagi pul muomalasi hukumat tomonidan chiqarilgan qaror va buyruqlar bilan
ham boshqariladi. Bunga misol qilib korxona tashkilotlarini kassa tushum rejasini
bajarishi ustidan qattiq tazorat o’rnatish, barcha savdo shohobchalarini inkassatsiyaga
tortish, aholini o’z daromadini davlat banklarida saqlashga targ’ib qilish va ishontirish,
qimmatli qog’ozlar bozorini kengaytirish, hisob cheklaridan keng foydalanish, bank
tizimini takomillashtirish, ya’ni elektron kartochkalarini joriy qilish va boshqalar
bularning hammasi muomaladgi pul massasining kamayishiga, emissiya miqdorining
qisqarishiga olib kelishi mumkin. Pul islohotlari va uni pul muomalasini
barqarorlashtirishdagi o’rni Pul islohoti deb pul muomalasini barqarorlashtirish
maqsadida davlat tomonidan pul tizimini o’zgartirishga aytiladi.
19
Pul islohoti metall pul muomalasi davrida, ikkinchi jahon urushidan keyin - oltin
deviz, oltin dollar muomalasi davrida o’tkazildi. Sobiq SSSRda pul islohati 1922 - 24
yillarda, 1947 yillarda o’tkazildi. O’zbekistonda pul islohoti 1994 yilda o’tkazildi va
respublika mustaqil davlat sifatida o’zining milliy pul birligiga ega bo’ldi. Pul
muomalasini barqarorlashtirishga pul islohotini o’tkazmasdan ham erishish mumkin.
Pul muomalasini barqarorlashtirishning quyidagi usullari mavjud: revalvatsiya,
devalvatsiya, denominatsiya. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga,
iqtisodiyotning holatiga, pulning qadrsizlanish darajasiga, davlat siyosatiga qarab davlat
pul islohotini o’tkazishi, pulni revalvatsiya, denominatsiya qilishi mumkin.
Pul kuchli qadrsizlangan sharoitida faqat pul islohotini o’tkazish yo’li bilan pul
tizimini barqarorlashtirish mumkin. Pul islohoti, ya’ni nullifikatsiyada kuchli
qadrsizlangan pul birligi bekor qilinadi va o’rniga yangi pul birligi kiritiladi.
Masalan, Sobiq SSSRda 1922-24 yillarda sovznaklarning kuchli qadrsizlanishi
natijasida 1 rubl 50 mlrd. sovznakga almashtirilgan. Urushdan keyingi Germaniyada
giperinflyatsiya natijasida 1924 yilda muomalaga yangi nemis markalari kiritilgan.
Eski reyxsmarkalar kuchli qadrsizlanishi natijasida muomalaga chiqarilgan
yangi markalar 1 marka : 1 trillion eski reyxsmarka nisbatida almashtirildi.
Reyxsmarkalar muomalasi bekor qilindi. Revalvatsiya - bu pul birligining oltin
qiymatini tiklashdan iborat. Masalan, birinchi jahon urushidan keyin 1925-1928 yillarda
o’tkazilgan pul islohoti tufayli funt sterlingning urushgacha bo’lgan oltin qiymati
belgilandi. Ikkinchi jahon urushidan keyin revalvatsiya natijasida dollarning valyuta
kursi ko’tarildi. Germaniya Federativ Respublikasida 1961, 1969, 1971 yillarda
revalvatsiyao’tkazilgan.
Devalvatsiya - bu milliy valyuta kursining chet el vayutasiga nisbatan
tushishidir. Pul birligining oltin miqdori belgilangan sharoitda devalvatsiya pulning
oltin miqdorining tushib ketishini anglatgan. Masalan, 1971 yilda AQSh dollarining
oltin miqdori 7,89 % ga, 1973 yil fevralda 10% ga kamaytirilgan. Suzuvchi valyuta
kurslariga o’tgandan keyin devalvatsiya boshqariladigan valyuta kurslari asosida
olib boriladi. Denominatsiya - baholar masshtabini yiriklashtirish, yani pul birligidagi
«0» larni qisqartirishdan, pul birligida ko’rsatilgan nominalni kamaytirishdan iborat.
20
Sovet pul tizimi qaror topa boshlagan davr - 1921 -1922 yillarda ikki marta
denominatsiya o’tkazilgan. Birinchi denominatsiyada muomalaga «1922 yil pul
birliklari» chiqarilgan va ular oldingi pul birliklariga 1000 : 1 nisbatda almashtirilgan.
Ikkinchi denominatsiyada muomalaga «1923 yil pul birligi» chiqarilgan va 1922 yil
pul birligiga» 100 : 1 nisbatda almashtirilgan. Pul denominatsiyasi inflyatsiya
suratlari past bo’lgan sharoitda qulay bo’lishi mumkin. Agar inflyatsiya suratlari
yuqori bo’lsa, denominatsiya o’tkazish hech qanday samara bermasligi mumkin.
Faqat pul islohotini o’tkazish yo’li bilan pul tizimini barqarorlashtirish mumkin
bo’ladi.
Pul islohotini o’tkazish quyidagi yo’llar bilan amalga oshirilishi mumkin.:
- muomaladagi pul massasini kamaytirish maqsadida, deflyatsiya kursi bo’yicha eski
pullarni yangi pullarga almashtirish:
- aholi va korxonalarning banklardagi jamg’armalarini vaqtincha (to’liq yoki
qisman) harakatsiz ushlab turish (qotirib qo’yish):
- ikkala usulni birgalikda qo’llash yo’li orqali pul islohotini o’tkazish.
Bu usul xalqaro amaliyotda «shok yo’li» bilan davolash nomi bilan mashhurdir. Bu
usul 1948 yilda G’arbiy Germaniyada harbiy davlat boshqaruvidan bozor iqtisodiga
o’tishda qo’llanilgan. «Shok yo’li» bilan davolashda ish haqini to’lashni to’xtatib
qo’yish, ishlab chiqarishni qisqartirish, pul islohotini o’tkazish, ish o’rinlarini
qisqartirish kabi qattiq choralar qo’llanilishi mumkin. Masalan, G’arbiy Germaniyada
1948 yilning iyun oyida o’tkazilgan pul islohotida aholining nakd pullari va
jamg’armalari 6,5 yangi nemis markasiga 100 eski reyxsmarka qilib almashtirildi.
Aholining pul jamg’armalarini to’lash vaqtincha to’xtatilgan, keyinchalik faqat 30
foiz atrofida to’langan va har bir kishiga 60 nemis markasi miqdorida nafaqa
ajratilgan. Natijada davlatning reyxs markasidagi qarzi, mamlakatda bo’lgan
disbalans tugatilgan va shu yo’l bilan inflyatsiyaning o’sish templari to’xtatilgan.
«Shok yo’li» bilan davolash Yaponiyada 1949-50 yillarda o’tkazilgan va u
«Dodj rejasi» degan nomni olgan.
Bu rejaga asosan Yaponiyada inflyatsiyaga qarshi juda qattiq chora-tadbirlar
amalga oshirilgan. Erkin bahoga o’tish bilan bir vaktning o’zida er islohoti o’tkazildi,
21
byudjet kamomadini yo’qotish yo’llari ishlab chiqildi. Yaponiyada mavjud zarar
bilan ishlovchi korxonalarga davlat tomonidan beriladigan subsidiya bekor qilindi,
korxona, tashkilotlarga kredit berish shartlari mukammallashtirildi, aholi
jamg’armalari ishlatilmasdan qotirib qo’yildi.
Iqtisodni «shok yo’li» bilan davolash Sharqiy Yevropa mamlakatlari
Yugoslaviya, Polsha kabi mamlakatlarda xam qo’llanilgan. «Shok yo’li» bilan
davolash iqtisodiy siyosati 1989 yilning oxirlarida Polshada ko’lanilgan bo’lib, ish
haqi vaktinchalik kotirib qo’yilgan holda , baholar erkinlashtirilgan. Natijada 1990
yilning boshlariga kelib Polshada tovarlar mo’l-ko’lchiligi vujudga kelib boshladi va
tovarlar bahosining bir necha barabor oshishi natijasida inflyatsiya suratlari
sekinlashishiga erishildi. Polshada bu iqtisodiy tadbirning o’tkazilishi aholining
yashash sharoitini ancha qiyinlashtirdi va ishsizlar sonini ko’paytirdi.
Dostları ilə paylaş: |