Inflyaksiya



Yüklə 384 Kb.
səhifə1/9
tarix13.04.2023
ölçüsü384 Kb.
#97571
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Doston kurs ishi 11111



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
IQTISODIYOT” KAFEDRASI
IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: Inflyatsiya, uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari
Bajardi: Yuldoshev Dostonbek Baxodir O’g’li
(talabaning ismi-sharifi, otasining ismi)
Bank ishi va audit SBIA-75/22
(fakultet, bakalavriat yo’nalishi, kursi, guruhi)
Ilmiy rahbar: Allayorov Shamsitdin Amanullaevich DSc. dos.
(ismi-sharifi, ilmiy darajasi, lavozimi)


TOSHKENT-2022
Inflyatsiya, uning mohiyati,sabablari va ijtimoiy - iqtisodiy oqibatlari

Kirish 3
Inflyatsiyaning mazmun va mohiyati 6
Inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi sabablar 7
Inflyatsiya ko’rinishlari 9
Inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari 17
O’tgan asrning so’nggi yillari va hozirgi yillardagi MDH davlatlarida hamda O’zbekistonda inflyatsiya ko’rsatkichlari yuqori bo’lishiga sabablar. 22
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida O’zbekistonnnig inflyatsiyani bartaraf etishga doir tajribasi va chora-tadbirlari 26
Xulosa 30


Kirish


Inflyatsiyaning har tomonlama avj olib ketishi mamlakatda sotsial va iqtisodi jihatdan qarama-qarshiliklar yuzaga kelishiga olib keladi. Shuning uchun davlat inflyatsiyaning oldini olish, pul muomalasini barqarorlashtirish chora – tadbirlari ishlab chiqadi. Inflyatsiyaga qarshi kurashning asosiy shakllari: inflyatsiyaga qarshi siyosat va pul islohoti hisoblanadi.
Oldingi markazlashgan, rejali boshqaruvga asoslangan iqtisodiy tizimda pul muomalasi rejalashtirish asosida boshqarib kelingan. Aholining daromadi va harajatlarini davlat tomonidan muvofiqlashtirib turilgan. Tovar ishlab chiqarishni kengaytirish, aholiga kreditga tovar berish, baholar tizimini o`zgartirib turish va hakazolar. Barcha jarayonlar davlat tomonidan boshqarilgani uchun pul muomalasi qonuni buzilganda davlat o`z vakolati doirasida narxlarni o`zgartirish yo`li bilan, pul reformasi bilan pul muomalasini tartibga solib kelgan.
Davlatimiz rahbarining 2017 yil 7 fevraldagi Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining uchinchi yo‘nalishida eksportni oshirish bo‘yicha, “...eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibi va geografiyasini diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish”1 bo‘yicha ulkan vazifalar belgilangan. Bundan ko‘rinib turibdiki, bugungi kunda davlatimiz rahbari respublikamiz bo‘yicha qaysi hududga bormasin, o‘sha hududda eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar tashkil etish zarurligini ta’kidlab o‘tdi. Aynan, innovatsion iqtisodiyot sharoitida korxonalarning tashqi bozorga chiqishda xalqaro marketingdan samarali foydalanish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Korxonalarningtashqibozorlargachiqishidafaol marketing,o‘sish, differensiatsiya, fokuslashgan, xalqarosegmentlashvaraqobatchilikstrategiyalaridansamaralifoydalanish talab etiladi.
Ushbu kurs ishimda men 2008 yilda boshlangan va hozirda davom etayotgan johon inqirozida ham muhim ahamiyat kasb etuvchi, davlatning, jamiyatning iqtisodiy yuksalishida o’rganmasdan turib, chetlab o’tib bo’lmaydigan muammo - pul qadrsizlanishi, ya’ni inflyatsiya to’g’risida fikr yuritmoqchiman va unda Inflatsiya va uning mohiyati, sabablari va ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlari, undan tashqari O’zbekistonda shu vaqtgacha va hozirgi global muammo jahon inqirozi davrida antiinflyatsion qanday chora-tadbirlar amalga oshirilgan va amalga oshirilishi ko’zda tutilgan chora-tadbirlar to’g’risida ma’lumot bermoqchiman.
Hozirgi rivojlanayotgan Mustaqil O’zbekistonimiz iqtisodiyotida, ya’ni og’ir jahon moliyaviy inqirozi davrida yurtimizda inflyatsiya darajasini ushlab turish o’ziga xos qiyinchiliklarga egadir. 1
Pul iqtisodiyotning qoni sifatida uning hamma hujayralarida ozuqa berib, hayot baxsh etish uchun uning o’zi sog’lom bo’lishi lozim. Sog’lom pul – bu qadri barqaror i
puldir. Agar pul keragidan ortib ketsa, iqtisodiyotning qoniga kasal tekkan bo’ladi va bu inflyatsiya deb ataladi.
Shunday qilib, inflyatsiya haqida gap ketar ekan, bu albatta pul muomalasi bilan bog’liqdir. Bu esa albatta davlat bilan bog’liqdir. Shu o’rinda aytish kerakki iqtisodiyotda vujudga keladigan turli xil muammolarni hal qilishda albatta davlat asosiy ahamiyat kasb etadi. Davlatning o’rni iqtisodiyotda o’ziga xos ravishda aks etadi. Buni Prezidentimizning ushbu gaplari bilan: “Parokandalik va boshboshdoqlik ta’siriga tushib qolmaslik uchun o’tish davrida aynan bosh islohatchi sifatida mas’ulyatni o’z zimmasiga olishi zarurligi biz o’zimizga aniq belgilab oldik.”
Bundan tashqari kurs ishimda inflyatsiya mohiyati, uning kelib chiqishi, sabablari, turlari, ya’ni: inflyatsiyaning ochiq va yashirin turlari, kutilayotgan va kutilmayotgan inflyatsiya, talab va xarajatlar inflyatsiyasi, ichki sabablar bilan kelib chiqqan inflyatsiya va importlashgan inflyatsiya vahokazolar haqida so’z yuritaman. Demak, kurs ishimning asosiy qismi ikki bobdan iborat bo’lib, birinchi bobda inflyatsiya, uning mazmun mohiyati, inflyatsiya haqidagi nazariyalar, uni keltirib chiqaruvchi sabablar, uning ko’rinish va ko’rsatkichalr, hisoblash yo’llari, Fillips egri chizig’i hamda inflyatsiyaning ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlari haqida tushuncha bersam, ikkinchi bobida bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida O’zbekistonning antiinflyatsion chora – tadbirlari, MDH davlatlari va O’zbekistonning 1990-2001 yillardagi makroiqtisodiy ko’rsatkichlar haqida, hamda O’zbekistondagi 1992-1993 yillarda yuz bergan giperinflyatsiyaning yuz berish sabablari haqida va shu bilan birga yaqin o’tgan 10 yillikdagi makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning o’sish va kamayish sabablari haqida to’xtalib o’tmoqchiman. Mavzuning dolzarbligi. Inflyatsiyaning har tomonlama avj olib ketishi mamlakatda sotsial va iqtisodiy jihatdan qarama-qarshiliklar yuzaga kelishiga olib keladi. Shuning uchun davlat inflyatsiyaning oldini olish, pul muomalasini barqarorlashtirish chora – tadbirlari ishlab chiqadi. Inflyatsiyaga qarshi kurashning asosiy shakllari: inflyatsiyaga qarshi siyosat va pul islohoti hisoblanadi.
Oldingi markazlashgan, rejali boshqaruvga asoslangan iqtisodiy tizimda pul muomalasi rejalashtirish asosida boshqarib kelingan. Aholining daromadi va harajatlarini davlat tomonidan muvofiqlashtirib turilgan. Tovar ishlab chiqarishni kengaytirish, aholiga kreditga tovar berish, baholar tizimini o’zgartirib turish va hakazolar. Barcha jarayonlar davlat tomonidan boshqarilgani uchun pul muomalasi qonuni buzilganda davlat o’z vakolati doirasida narxlarni o’zgartirish yo’li bilan, pul reformasi bilan pul muomalasini tartibga solib kelgan.
Tarix haqiqatda ham bu so`zning har tomonlama xavfli ekanligini ko`rsatdi. Chunki inflyatsiya qandaydir aloxida olingan bozorda tovarlar va xizmatlar narxining o`sishidangina iborat bo’lmasdan, bu umumiqtisod uchun xavfli hodisadir. Inflyatsiya so`zining iqtisodiy ma’nosi - muomalada mavjud bo’lgan tovarlar va ularning bahosiga nisbatan ko’p pul chiqarish dеgan ma'noni anglatadi.
Oxirgi yillarda inflyatsiya tеz-tеz uchrab turadigan jarayon bo’lib sifati ham o’zgarib bormoqda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi inflyatsiya: birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan pul muomalasi qonunining buzilishi natijasida umumxo’jalik mеxanizmining ishdan chiqishiga olib kеladi.
Inflyatsiyaning asosiy sababi - bu xalq xo’jaligining turli sohalari o’rtasida vujudga kеlgan nomutanosiblikdir. Bu avvalambor jamg’arma va istе'mol o’rtasidasidagi, talab va taklif, davlatning daromaddari va xarajatlari o’rtasidagi muomaladagi pul massasi va xo’jaliklarning naxt pulga bo’lgan talabi o’rtasidagi nomutannosibliklardan iboratdir. Inflyatsiyani yuzaga kеltiruvchi omillarga qarab uning sabablarini ichki va tashqi sabablarga bo’lish mumkin. Inflyatsiyaning ichki omillari monеtar-pul siyosati bilan va xo’jalkk faoliyati bilan bog’lik turlariga bulinadi. Inflyatsiyaning tashqi omillariga jahon iqtisodida bo’lgan krizislar, (xom-ashyo, yoqilg’i, valyuta bo’yicha) davlatning valyuta siyosati, davlatning boshqa davlatlar bilan tashqi iqtisodiy faoliyati, oltin va valyuta zaxiralari bilan bo’ladigan noqonuniy opеratsiyalar va boshqalar bo’lishi mumkin.


Inflyatsiya va uning mohiyati, sabablari va ijtimoiy - iqtisodiy oqibatlari.

Yüklə 384 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin