121
VI BOB. INFLATSIYA RISKI
6.1. Inflatsiya riski tushunchasi va uning mazmun-mohiyati
Inflatsiya makroiqtisodiy beqarorlikning ko‘rinishlaridan biri
bo‘lib, hozirgi davrda barcha mamlakatlar uchun umumiy bo‘lgan
holat hisoblanadi.
“Inflatsiya” - atamasi (lotincha “inflation” – shishmoq, kengay-
moq) ilk bora Shimoliy Amerikada 1861-1865-yillardagi fuqarolar
urushi davrida qo‘llanilib, muomalada qog‘oz pullarning haddan
ortiq ko‘payib ketishini ifodalagan.
Iqtisodiy adabiyotlarda esa bu atama XX asrda, birinchi jahon
urushidan keyin keng tarqaldi. Inflatsiya tushunchasi juda serqirra
bo‘lib, iqtisodiy adabiyotlarda uning ko‘plab izohlari mavjud.
Ma’lumki, inflatsiya darajasiga asosan omonatchilar, xoh u yuridik
shaxs bo‘lsin, xoh u jismoniy shaxs bo‘lsin, o‘zlarining vaqtincha
bo‘sh pul mablag‘larini tez sur’atlarda hamda katta daromad kelti-
radigan sohalarga yo‘naltirish orqali ta’sir etadilar. Agarda mamla-
katdagi inflatsiya darajasi yuqori sur’atda bo‘lsa omonatchilar o‘z
mablag‘larini turar-joy, xorijiy valuta, oltin, avtomobillar sotib
olishga harakat qiladilar hamda ular tijorat banklarining xizmatidan
voz kechadilar.
Inflatsiya – bu pul massasining tovar aylanmasi ehtiyojlariga
nisbatan ortib ketishi natijasida pul birligining qadrsizlanishi va
shunga mos ravishda tovar narxlarining o‘sishidir.
Inflatsiya bozor xo‘jaligining har xil sohalarida takror ishlab
chiqarish nomutanosibliklari tug‘diradigan murakkab ijtimoiy-
iqtisodiy hodisadir. Biroq, shuni ham nazarda tutish kerakki, alohida
tovar bozorlaridagi talab va taklif nisbatining har qanday buzilishi
ham inflatsiyani keltirib chiqaravermaydi. Shuningdek, iqtisodiyot-
dagi davriy o‘zgarishlar, masalan, talabning mavsum bilan bog‘liq
holda oshishi yoki tabiiy ofatlar natijasida tovarlarga talabning
kuchayishi keltirib chiqargan narxlarning o‘sishi inflatsiyani
anglatmaydi.
122
Inflatsiya riski - bu inflatsiyaning o‘sishi natijasida olinadigan
pul shaklidagi daromadlarning qadrsizlanishidir.
Bunda tadbirkorlar sezilarli darajada moliyaviy yo‘qotishlarga
duchor bo‘ladilar. Inflatsiya risklari tashqi risk hisoblanib, unga ta’sir
qilish imkoniyatlari juda kichik bo‘ladi.
Inflatsion risk moliyaviy risklarni tarkibiy qismi bo‘lib, boshqa
risklardan ajratilgan tartibda bo‘lishiga qaramay investitsion, bank,
valuta va boshqa risklar bilan ham uzviy bog‘liqdir.
Inflatsion risklarning yuzaga kelishning asosiy sabablari bo‘lib
quydagilar hisoblanadi:
- milliy iqtisodiyot ayrim sohalari o‘rtasidagi nomutanosibliklar;
- jamg‘arma va iste’mol o‘rtasidagi nomutanosibliklar;
- talab va taklif orasidagi nomutanosibliklar;
- davlat daromadlari va xarajatlari orasidagi nomutanosibliklar.
Valutalarning xarid qobiliyatlari bo‘yicha ularning o‘zaro nisbati
o‘zida qiymat qonunini aks ettirib, valuta kursini aniqlash vositasidir.
Shu sababli valuta kursiga inflatsiya sur’atlari ta’sir ko‘rsatadi.
Mamlakatda inflatsiya darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, milliy valuta
kursi shunchalik past bo‘ladi. Inflatsiya oqibatida pul qadrsizlanishi
mamlakatda pulning xarid qobiliyatining pasayishiga va inflatsiya
sur’atlari nisbatan past mamlakatlarning valutalari kursidan tushib
ketishiga sabab bo‘ladi.
Inflatsya riski iste’mol narxlarini o‘sishi va xarid qilib olish
qobilatining passayishi natijasida investitsiya daromadliligini
kamaytiradi.
Inflatsion risklar ko‘zda tutilmagan moliyaviy yo‘qotishlar
paydo bo‘lish ehtimoli bilan xarakterlanganligi uchun, uning
darajasini baholashda investitsiyalashdan ko‘zda tutilayotgan
daromadning o‘rtacha yoki hisob miqdoridan chetlanishi aniqlanadi.
Shuning uchun investitsion risklarni baholash ko‘zda tutilayotgan
daromadlar va ularni yo‘qotish ehtimolini baholash bilan bog‘liq.
6.2. Inflatsiya riskini baholash, inflatsiya darajasi va foiz
stavkasining inflatsiya darajasi bilan o‘zaro bog‘liqligi
Inflatsiya riskini baholashda ikkita tushunchadan foydalaniladi:
1) inflatsiya darajasi;
123
2) inflatsiya indeksi.
Inflatsiya darajasi – o‘rganilayotgan davr ichida narxlar qancha
foizga o‘zgarganligini bildiradi, ya’ni bahoning o‘sish sur’atini
ko‘rsatadi:
𝑖 =
∗ 100% (6.2.1)
bu yerda: 𝒊
𝒅
– inflatsiya darajasi;
N– summa (tovarning davr boshidagi bahosi);
𝜟𝑵 – joriy narx bilan oldingi narx orasidagi farq.
Inflatsiya indeksi - o‘rganilayotgan davr ichida narxlar necha
martaga oshganligini ko‘rsatadi:
𝐼 = 𝑖 + 1 yoki 𝐼 =
(6.2.2)
Agar o‘rganilayotgan muddat bir nechta davrga (n ta davr)
bo‘linsa, har bir davrdagi inflatsiya darajasi orqali aniqlandi:
𝐼 = (1 + 𝑖 ) ∗ (1 + 𝑖 ) ∗ … … … .∗ (1 + 𝑖 ) (6.2.3)
Agar o‘rganilayotgan muddat bir xil davrga (n ta davr) bo‘lib, har
bir davrdagi inflatsiya darajasi bir xil bo‘lsa, inflatsiya indeksi
quydagicha aniqlandi:
𝐼 = (1 + 𝑖 ) (6.2.4)
Bundan kelib chiqib, inflatsiyaning umumiy darajasi quydagicha
aniqlanadi:
𝑖 = 𝐼 −1 (6.2.5)
Umum qabul qilingan tartibga ko‘ra, turli davrdagi iqtisodiy
ko‘rsatkichlarni solishtirish uchun tovarlar, xizmatlar va aktivlar
narxlari inflatsiya darajasini hisobga olgan holda to‘g‘rilanishi yoki
o‘zgartirilishi lozim. Shu bois, iqtisodchilar nominal narx nomini,
ya’ni tovar va xizmatlarning “Price list”da ko‘rsatilgan narxini va
pulning sotib olish qobiliyatini aks ettiruvchi real narxlarni alohida
farqlashadi.
Real va nominal narxlar farqlangani kabi, real va nominal foiz
stavkalari ham farqlanadi. Misol uchun obligatsiya bo‘yicha nominal
foiz stavkasi qarz oluvchi tomonidan va’da qilingan va siz bergan
pulingiz evaziga olinadigan summadir. Real daromadlilik stavkasi –
bu kreditor tomonidan ishlab topilgan hamda pulning sotib olish
qobiliyati o‘zgarishi hisobga olingan holda to‘g‘rilangan yoki
124
o‘zgartirilgan nominal foiz stavkasidir. Misol uchun, agar hisoblan-
gan nominal foiz stavkasi yillik 8%ni tashkil etsa-yu, inflatsiya
darajasi ham 8%ga teng bo‘lsa, bu holda daromadlilikning real
stavkasi nolga teng bo‘ladi.
Inflatsiya riski asosan, mamlakatda inflatsiya sur’atlari bilan
belgilanadi, bu esa fuqarolarning jamg‘armalariga, shuningdek,
qat’iy belgilangan daromadli qimmatli qog‘ozlarning qiymatiga
salbiy ta’sir qiladi.
Misol uchun, 25 yoshligingizda siz 200 sh.b.dagi mablag‘ni
ajratib, yiliga 8% stavka bo‘yicha investitsiya qildingiz. Ushbu
sarmoyaning – 200 sh.b. dan 60 yoshga to‘lganimizda R
t
= 200(1 +
0,08)
35
= 2957 sh.b. ga ko‘payishi bizni quvontiradi. Biroq, siz
bugungi kunda sotib oladigan narsalaringiz o‘sha vaqtga kelib ancha
qimmatlashadi. Misol uchun, agar siz sotib olishni istagan barcha
tovarlar va xizmatlar narxlari keyingi 35 yil ichida yiliga 8 foizga
oshadigan bo‘lsa, sizning 2957 sh.b. mablag‘ingizga 200 sh.b.dan
ko‘p bo‘lmagan miqdorda ularni sotib olishingiz mumkin bo‘ladi,
ya’ni bugungi kunga kelib hech qanday yutuqqa ega bo‘lmaysiz. Shu
sababli, uzoq muddatli investitsiyalar haqida juda to‘g‘ri qaror qabul
qilish uchun siz foiz stavkasini va inflatsiya darajasini hisobga
olishingiz kerak bo‘ladi. Oddiy aksiyalar, dividendlar doimiy
qiymatga ega emas, ular inflatsiyadan sug‘urtalanadi, chunki uning
stavkalarining o‘sishi bilan dividendlar to‘lanadigan foyda ham
ko‘payib boradi. Bundan tashqari, inflatsiyaga qarshi sug‘urta
qilishning samarali vositasi aksiyalar shaklida dividendlarni to‘lash
hisoblanadi. Bank hisobvaraqlaridagi obligatsiya va jamg‘armalar
oddiy aksiyalarga nisbatan kamroq daromad beradi, lekin bu yerda
dastlabki sarmoyani yo‘qotish ehtimoli ham ancha past bo‘ladi. Shu
bilan birga, investitsiyalarning barcha turlari bo‘yicha inflatsiya
ta’siridan kelib chiqqan holda, pulning xarid qobiliyatini kamaytirish
riski juda yuqori bo‘ladi.
Foiz stavkasi bilan inflatsiya darajasining o‘zaro nisbatini
hisobga olish uchun inflatsiyani hisobga olmagan holdagi u yoki bu
valutada aks etgan nominal foiz stavkasi i
n
bilan nominalni inflatsiya
darajasiga tuzatuvchi real foiz stavkasi i
r
bilan farqlash lozim.
125
Daromadlilikning real stavkasi, nominal foiz stavkasi va in-
flatsiya darajasining nisbati aks etgan umumiy formula quyidagi
ko‘rinishga ega:
1 + 𝑖 =
1 +i
n
1 +i
d
(6.2.6)
yoki, mos ravishda,
𝑖 =
i
n
-i
d
1 +i
d
(6.2.7)
bu yerda: i
r
– daromadlilikning real stavkasi;
i
n
– nominal foiz stavkasi;
i
d
- inflatsiya darajasi.
Investor kiritgan har 100 so‘mga bir yildan so‘ng 108 so‘m oladi.
Biroq bir yil avval 100 so‘mni tashkil etgan iste’mol savatchasi bu
davr mobaynida 105 so‘mga teng bo‘ldi. Joriy davrda sotib olish
mumkin bo‘lgan iste’mol savati tovarlariga qo‘llagan holda in-
vestorning 108 so‘mi qanday real qiymatga ega bo‘ladi? Bu savolga
javob berish uchun, 108 so‘mni kelgusidagi iste’mol savati narxiga
bo‘lish kerak bo‘ladi, ya’ni 108 so‘m : 105 so‘m = 1,02857 so‘m.
Shunday qilib, xarid qilinmagan har bir iste’mol savati o‘rniga
o‘zingiz investitsiya qilgan kapitalingiz uchun bir yildan so‘ng
1,02857
ekvivalentdagi
savatni
olasiz.
Shunga
ko‘ra,
daromadlilikning real stavkasi yillik 2,857 %ni tashkil etadi.
E’tibor bering, nominal ko‘rinishda ishonchli bo‘lgan,
belgilangan daromadi bo‘lgan instrument real ko‘rinishda ma’lum
darajada risk tashaydi. Misol uchun, faraz qilaylik, bank
omonatchilarga risksiz dollarli yillik 8%li foiz stavkasini taklif
qilmoqda. Ayni vaqtda kelajakdagi inflatsiya darajasi avvaldan
noma’lumligi sababli, real ko‘rinishda pulni ushbu bank hisob
raqamiga qo‘yish riskli bo‘ladi.
Agar taxmin qilinayotgan inflatsiya darajasi yillik 5%ni tashkil
etsa, daromadlilikning kutilayotgan real stavkasi yillik 2,857%
bo‘ladi. Agarda inflatsiya darajasi 5%dan yuqori bo‘lsa,
daromadlilikning real stavkasi yillik 2,857%dan kam bo‘ladi.
Agar yillik foiz stavkalari (APR) nisbatini
uzluksiz foizlarni
hisoblash bilan birga qo‘llasak, (6.2.7) ifoda quyidagi shaklni oladi:
𝑖 = 𝑖 − 𝑖 (6.2.8)
126
Shunday qilib, agar nominal APR yiliga 8% va inflatsiya darajasi
6% bo‘lsa (uzluksiz hisoblashni hisobga olsak), haqiqiy foiz stavkasi
uzluksiz hisoblanuvchi yillik i
r
= 8 - 6 = 2% ga teng bo‘ladi.
Qat’iy belgilangan daromadli vosita nominal ifodada ishonchli,
real ifodada esa ma’lum darajada riskka ega. Misol uchun, tasavvur
qilaylik, bank sarmoyadorlarga 8 foizli risksiz yillik foiz stavkasini
taklif qiladi. Kelajakda inflatsiya darajasi noma’lum ekanligi sababli,
real qiymatda ushbu bank hisobvarag‘iga pul qo‘yish riskli bo‘ladi.
Bunday holda kutilgan real daromad stavkasi quyidagicha
bo‘ladi:
𝑖 =
0,08 − 0,06
1 + 0,06
= 0,0189
yoki yiliga 1,89%ni tashkil qiladi. Agar inflatsiya darajasi 6% dan
yuqori bo‘lsa, real stavka 1,89% dan kam bo‘ladi.
Shunday qilib, inflatsiya riski deb yuqori inflatsiya natijasida
olingan daromad o‘sib borishiga qaraganda tezroq (xarid qilish
qobiliyati nuqtayi nazaridan) qadrsizlanish riskiga aytiladi. Inflatsiya
riskini minimallashtirish usullaridan biri, moliyaviy operatsiyalar
bo‘yicha keladigan nominal daromadga inflatsiya mukofoti
hajmining kiritilishi hisoblanadi. Inflatsiya sur’atlarining istiqbolini
belgilash qiyin bo‘lsa, moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha olinadigan
real daromad hajmini ushbu moliyaviy operatsiyalar vaqtida amal
qilgan valuta kursi bo‘yicha milliy valutaga qayta hisoblash orqali
biron bir barqaror valutada hisob-kitob qilinishi mumkin.
Zamonaviy sharoitda har bir sohada bir nechta yirik kompa-
niyalar hukmronlik qilmoqda, ular o‘zaro faoliyatlarini kelishgan
holda bozor sharoitlarini belgilab berishadi. Bu ayniqsa, preyskurant
narxlar tizimini o‘rnatish orqali narxlarni shakllantirishda o‘z aksini
topgan. Har qanday sanoatning barcha yirik korxonalari yanada yirik
kompaniyalar tomonidan belgilangan narxlarga moslanib oladilar.
Kompaniyalar o‘rtasida narx darajasini belgilash va ularni yirik
kompaniyalar tomonidan foyda olish istagi asosida shakllantirish
narxlari darajasining doimiy ravishda oshishiga olib keladi. Ishlab
chiqarish xarajatlarini hisobga olgan holda, foydasiga shunday
ustama qo‘yiladiki, bu ko‘zda tutilgan ishlab chiqarish quvvati, ishlab
127
chiqarish hajmi va mahsulot sotilishining maqsadli daromadini
ta’minlashga imkon beradi. Monopoliyaning xarajatlari, shuningdek,
to‘lanadigan soliqlarni ham o‘z ichiga oladi, bu esa narxlarning
ko‘tarilishiga olib keladi.
Inflatsiya mukofoti. Aytaylik, boshlang‘ich R summa muayyan
muddat ichida belgilangan foiz stavkasida R
t
summaga aylanadi,
inflatsiya sharoitida esa u boshqa foiz stavkasini talab qilgan holda
R
α
summaga aylansin.
α =
miqdor inflatsiya darajasi, I
k
= 1 + α miqdor esa
inflatsiya indeksi ekanligidan, ya’ni α yillik inflatsiya darajasida n
yildan keyin dastlabki qiymat 𝑅 = 𝑅(1 + α) ga aylanadi, bu esa
boshlang‘ich R summasining α murakkab foiz stavkasiga oshib
borishiga teng bo‘ladi.
6.2.1-misol. Narxlar har oyda 2 foizga oshib borsin deylik.
Banklar va moliya kompaniyalari ko‘pincha mijozlarni riskli
omonatlarga jalb qilishadi, masalan, inflatsiya darajasini 2% • 12 =
24% hisoblash orqali yillik 25% li, bamisoli foyda keltiradi. Aslida
esa, 12 oy mobaynida narxlar (1 + 0,02)
12
= 1,268 marta oshadi, ya’ni
yillik inflatsiya sur’ati 1,268 - 1 = 0,268 yoki 26,8% ni tashkil etadi.
Hisoblash shuni ko‘rsatadiki, yiliga 25% foiz stavkasi unchalik ham
o‘ziga jalb qilmaydi hamda faqat inflatsiyadan yo‘qotishlarni
minimallashtirish nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqilishi mumkin.
Agar kredit foizining oddiy yillik stavkasi i ga, inflatsiyani
hisobga olgan kredit foizi stavkasi i
α
ga teng bo‘lsa, u holda bir
tomondan
𝑅 = 𝑅(1 + 𝑖 )
va boshqa tomondan, 𝑹
𝜶
= 𝑹(𝟏 + 𝒊)(𝟏 + 𝛂) ga teng bo‘ladi .
𝑹(𝟏 + 𝒊
𝜶
) = 𝑹(𝟏 + 𝒊)(𝟏 + 𝛂) ekvivalentlik tenglamasidan
quyidagi kelib chiqadi:
𝑖 = 𝑖 + 𝛼 + 𝑖 ∗ 𝛼 (6.2.9)
Bu I.Fisher formulasi deb atalib (𝜶 + 𝒊 ∗ 𝜶) summasi inflatsion
yo‘qotishlarni bartaraf etish maqsadida real daromad stavkasiga
qo‘shilishi kerak bo‘lgan qiymatdan iborat bo‘ladi. Bu miqdor
inflatsiya mukofoti deb ataladi.
128
Formula (6.2.9) daromadning real stavkasiga oddiygina
inflatsiya sur’atini qo‘shgan holda inflatsiyani hisobga oluvchi foiz
stavkasini hisoblaydigan keng tarqalgan xatoning oldini oladi, ya’ni
agar i = 20 % va α= 10% bo‘lsa, inflatsiyani hisobga oluvchi foiz
stavkasi i + α = 0,2 + 0,1 = 0,3 ni yoki 30% ni tashkil qiladi. Biroq,
bu yerda 𝒊 ∗ 𝜶 = 𝟎, 𝟐 ∗ 𝟎, 𝟏 yoki 2% ga teng bo‘lgan boshqa
qo‘shiluvchini kiritishimiz kerak bo‘ladi. O‘n minglab sh.b. ga
ko‘paytirilgan bu ko‘paytma inflatsiya summasiga sezilarli
qo‘shimcha qo‘shadi.
Inflatsiyaning turli jarayonlarga ta’siri. Bu yerda qarzdorlar
nima uchun kutilmagan inflatsiyadan yutishini muhokama qilish
o‘rinlidir. Aytaylik, siz bankdan 10 ming sh.b. da mablag‘ oldingiz,
bir yildan so‘ng qarzning asosiy miqdorini ham va yillik 8 % bilan
foizini ham to‘lashingiz kerak. Agar inflatsiya darajasi yiliga 8 %ga
belgilangan bo‘lsa, zayom bo‘yicha real foiz stavkasi nolga teng.
Agar siz 10800 sh.b.dagi mablag‘ni qaytarib berishingiz kerak bo‘lsa
ham, ushbu summaning real qiymati jami 10000 sh.b. dagi mablag‘
bo‘ladi. 800 sh.b.dagi foiz 10000 sh.b.dagi qarzning xarid qobiliyati
pasayishini qoplaydi xolos. Boshqacha aytganda, qarzingizni
«arzonlashgan» pul bilan to‘laysiz. Shuning uchun, zayom bo‘yicha
foiz stavkasi oldindan belgilangan bo‘lsa, debitorlar kutilmagan
inflatsiyadan mamnun, kreditorlar esa aksincha.
Inflatsiyadan himoyalangan, depozit sertifikatlariga qilinadigan
investitsiyalarni ko‘rib chiqamiz. Siz 10 sh.b.dagi mablag‘ni bir yilga
quyidagi bironta sxema bilan investitsiya qilmoqchisiz: bir yil
muddatga yillik 8% foiz stavkasi bilan oddiy depozit sertifikatini
sotib olish yoki yillik inflatsiya darajasiga yillik 4% qo‘shib
hisoblanadigan foizli depozit sertifikatini sotib olish. Kelgusi yil
uchun inflatsiya darajasining istiqboliga qarab, riskli vaziyatlardan
birini tanlash imkoni mavjud. Agar siz inflatsiya darajasi yiliga 3%
ekanligiga ishonch hosil qilsangiz, real depozit sertifikati (ikkinchi
sxema) bo‘yicha nominal foiz stavkasi faqat 7% ni tashkil etadi va
siz, albatta, nominal depozit sertifikatini (birinchi sxema) tanlar
edingiz. Biroq, siz inflatsiya darajasi yiliga 4% dan ortiqroq deb
hisoblasangiz, u holda real depozit sertifikatini tanlagan bo‘lar
129
edingiz, masalan, inflatsiya darajasi 5% bo‘lganda, real depozit
sertifikati bo‘yicha nominal foiz stavkasi 9% ni tashkil etadi.
Risklarni kamaytirish maqsadida uzoq muddatli omonatlarning
turli variantlarini ko‘rib chiqishda inflatsiyani e’tiborga olish muhim
ahamiyatga ega. Har yili ajratib qo‘yiladigan summa umumiy
turmush tarzi bilan birga oshib boradi, sababi sizning daromadingiz
ham hoynahoy oshib boradi.
Aytaylik, farzandingiz 10 yoshda va siz universitetda o‘qishini
ta’minlash uchun hisob ochishni rejalashtirmoqdasiz. Hozirda
universitetda o‘qish uchun yillik to‘lov 5000 sh.b.dagi mablag‘ni
tashkil etadi va yiliga 4% ga oshishi kutilmoqda. Siz bank
hisobvarag‘iga 3500 sh.b. dagi mablag‘ni yiliga 6% stavkada
qo‘ysangiz sakkiz yil ichida bo‘ladi:
R = (1 + 0,06) • 3500 = 5578 sh. b.
Bir qarashda bu 5578 sh.b.dagi summa birinchi yil uchun
to‘lovni to‘lashga kifoya qiladi. Ammo o‘tmishda ta’lim olish narxi
kamida inflatsiyaning umumiy darajasida oshgan edi. Agar inflatsiya
yiliga 4% gacha ko‘tarilsa, universitetdagi birinchi o‘quv yili narxi
quyidagicha bo‘ladi:
K = (1 + 0,04) • 5000 = 6843 sh. b.
Shunday qilib, sizning 5578 sh.b.dagi mablag‘ingiz o‘quv
mashg‘ulotining birinchi yilini to‘lash uchun yetarli emas.
Biz bu masalani boshqacha qilib qo‘yamiz. Agar 2% inflatsiya
darajasidan oshadigan foiz stavkasini to‘lash shartlari asosida pul
joylashtirish imkoniyatiga ega bo‘lsangiz, sakkiz yildan so‘ng
o‘qishning birinchi yilini to‘lash uchun yetarlicha bo‘ladigan qancha
mablag‘ni hozir qo‘yishingiz kerak bo‘ladi?
Formulaga (6.2.8) asosan bizda real diskont stavkasi i
r
= 0,02
mavjud. Demak, siz 5000 sh.b.ni yillik 2% ga sakkiz yil muddatga
diskontlash yordamida keltirilgan qiymatni hisoblashingiz mumkin:
𝑅 =
(
,
)
= 4267 𝑠ℎ. 𝑏.
Ta’kidlash joyizki, real pul oqimlarini diskontlashda nominal
foiz stavkasidan yoki nominal pul oqimlarini diskontlashda real foiz
stavkasidan foydalanish mumkin emas.
Agar siz bankka 4267 sh.b. miqdorida mablag‘ bersangiz, bu siz
uchun qiyin, shunda sakkiz yildan keyin o‘qishning birinchi yilini
130
to‘lash uchun yetarlicha mablag‘ to‘plash maqsadida har yili sakkiz
yil davomida pulingizni teng miqdorda (real qiymatda) qo‘yishingiz
mumkin bo‘ladi. Agar siz har yili pulingiz uchun 2% miqdoridagi real
foiz stavkasini olishingizga amin bo‘lsangiz, qanday summani har
yili ajratishingiz kerak bo‘ladi? Inflatsiya darajasi 4 foizga oshsa, har
yili hisobvarag‘iga aniq qancha pul qo‘yishingiz kerak bo‘ladi?
Ushbu savollarga javob topish uchun doimiy real to‘lovlarni va
real foiz stavkasini hisobga olish kerak.
𝑆 =
(
(
) )
(
)
ushbu formula orqali S
n
= 5000 sh.b., R = 0, i =
0,02 va t = 8 ga teng bo‘lganda joriy xarid quvvatini topib olamiz:
𝑆 =
𝑖(𝑆 − 𝑅(1 + 𝑖) )
(1 + 𝑖) − 1
=
5000 ∗ 0,02
1,08 − 1
= 582,55
Shunday qilib, yillik omonat miqdori bugungi kunda 582,55 sh.b.
miqdoridagi xarid quvvatiga muvofiq bo‘lishi kerak.
Yiliga 4% inflatsiya darajasida har yili hisobvaraqqa qo‘yila-
digan real miqdor quyidagi 6.2.1-jadvalda keltirilgan.
6.2.1- jadval
Nominal va real annuitet
To‘lovlar soni
Real to‘lov
Inflatsiya koef-
fitsiyenti
Nominal to‘lov
1
582,55 sh.b
1,04
605,85 sh.b
2
582,55 sh.b
1,04
630,08 sh.b
3
582,55 sh.b
1,04
655,29 sh.b
4
582,55 sh.b
1,04
681,50 sh.b
5
582,55 sh.b
1,04
708,76 sh.b
6
582,55 sh.b
1,04
737,11 sh.b
7
582,55 sh.b
1,04
766,60 sh,b
8
582,55 sh.b
1,04
797,26 sh.b
Ushbu jamg‘arma rejasiga binoan, har yili hisobvaraqqa kelib
tushgan nominal summa joriy inflatsiya darajasiga muvofiq
tuzatilishi kerak. Natijada, sakkiz yil ichida hisobvaraqda to‘plangan
mablag‘lar o‘qishga pul to‘lash uchun yetarli bo‘ladi. Shunday qilib,
agar inflatsiya darajasi yiliga 4 %ga oshsa, sakkiz yil ichida
131
hisobvaraqdagi nominal summa 5000 • 1,04
8
= 6843 sh.b.gacha
o‘sishi kerak. Sakkiz yildan keyin kerak bo‘ladigan zarur o‘qish
uchun to‘lov summasi real miqdorda 5000 sh.b. ni, nominalda esa -
6843 sh.b.ni tashkil qiladi.
Inflatsiya darajasi yiliga 4% miqdorida belgilanishi sharti bilan
kelgusidagi qiymat 6843 sh.b.ni tashkil etishiga ishonch hosil qilish
maqsadida biz nominal pul oqimlarining kelgusidagi qiymatini 6.2.2-
jadvalning oxirgi ustunida hisoblashimiz mumkin.
6.2.2-jadval
Real annuitetning nominal kelgusi qiymatini hisoblash
To‘lovlar
soni
Real to‘lov
Nominal
to‘lov
Kelgusi
qiymat koef-
fitsiyenti
Nominal
kelgusi
qiymat
1
582,55 sh.b
605,85 sh.b
∗ 1,0608
915,86 sh.b.
2
582,55 sh.b
630,08 sh.b
∗ 1,0608
897,88 sh.b.
3
582,55 sh.b
655,29 sh.b
∗ 1,0608
880,28 sh.b.
4
582,55 sh.b
681,50 sh.b
∗ 1,0608
862,98 sh.b.
5
582,55 sh.b
708,76 sh.b
∗ 1,0608
846,09 sh.b.
6
582,55 sh.b
737,11 sh.b
∗ 1,0608
829,49 sh.b.
7
582,55 sh.b
766,60 sh,b
*1,0608
813,16 sh.b
8
582,55 sh.b
797,26 sh.b
∗ 1
797,26 sh.b.
Yakuniy nominal kelgusi qiymat 6843 sh.b.
Biz nisbatdan (6.2.6) shuni topamiz:
𝑖 = 𝑖 + 𝛼 + 𝑖 ∗ 𝛼 (6.2.10)
shundan 𝑖 = 0,02 + 0,04 + 0,02 ∗ 0,04.
6.2.2-jadvalda ko‘rsatilganidek nominal foiz stavkasida (6,08%)
nominal yillik to‘lov miqdorini hisoblash orqali biz umumiy nominal
kelgusidagi qiymat 6843 sh.b. ga tengligini aniqladik.
E’tiborga olingki, agar daromadingiz yiliga 4% ga oshsa,
daromadingizdagi nominal to‘lov ulushi ortmaydi.
Agar inflatsiya darajasi 8 %ga oshsa va shunga mos ravishda
nominal to‘lov miqdorini oshirsangiz, sakkiz yildan keyin hisob-
varaqdagi nominal miqdori 5000 * 1,08
8
= 9255 sh.b. tashkil etadi.
Ushbu summaning bugungi puldagi real qiymati 5000 sh.b. ni tashkil
etadi.
132
6.3. Inflatsiya darajasini pasaytirish bo‘yicha
chora-tadbirlar
Rivojlangan mamlakatlarda zamonaviy inqirozlarning asosiy
xususiyati tovarlarning ko‘p miqdorda ishlab chiqarilishida emas,
balki asosiy kapitalning haddan ziyod jamg‘arilishidadir. Bu
monopoliyalarning inqiroz arafasida narxlarni va foyda me’yorini
maqbul darajada ushlab turish maqsadida ishlab chiqarishni
qisqartirib, tovarlar taklifini kamaytirish oqibatida yuzaga keladi.
Bundan tashqari, inqiroz boshlangunga qadar tovar-moddiy zaxira-
lariga bo‘lgan investitsiyalar kamayadi, ulardan foydalanish tezligi
esa o‘rtadi. Bu esa nisbatan tovarlarni ishlab chiqarishning kama-
yishiga va investitsion faolligining pasayishiga olib keladi. Inflatsiya
jarayonlari qanchalik faol rivojlanayotgan bo‘lsa, tadbirkorlar
investitsiyalardan shunchalik kamroq foydalanadilar, bu esa
foydalanilmayotgan kapital qiymatining qadrsizlanishiga olib keladi.
Inqiroz kutilayotgan sharoitda tadbirkorlar o‘zlarini riskdan,
xususan, xom-ashyo, yoqilg‘i, butlovchi qismlarga taxmin qilinayot-
gan narxlarning o‘sishidan himoya qilishga harakat qiladilar. Pulning
qadrsizlanishi oqibatida yuzaga keladigan yo‘qotishlarni bartaraf
qilish maqsadida ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va
vositachilar narxlarni oshirib, inflatsiya darajasini ko‘taradilar.
Investitsiya xarajatlarini amalga oshirishda mablag‘larni to‘g‘ri
yo‘naltirish inflatsiya riskini sezilarli darajada kamaytirishi (hatto
yo‘q bo‘lib ketishi) mumkin. Bunday holatda sarflangan xarajatlar
o‘rnini tez qoplaydigan va budjetga katta miqdordagi to‘lovlarni
amalga oshiradigan korxonalarga imtiyoz beriladi. Bunda davlat
siyosati ishlab chiqaruvchini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lishi
kerak: unga ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish uchun,
shuningdek lizing kompaniyalari va lizing operatsiyalari uchun
turlicha kredit shakllarini taqdim qilishi kerak.
Investitsiyalarni amalga oshirishda inflatsiya riskini kamay-
tirishga ba’zi bir tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish hisobiga
erishish mumkin, masalan, imtiyozli shartlardagi kapital xarajatlarga
kreditlar taqdim qilish maqsadida maxsus tashkil etilgan investitsiya
banklari tarmog‘ini shakllantirish - foiz darajasini pasaytirib, berilgan
133
mablag‘larning ishlatilishi ustidan majburiy nazorat tashkil etgan
holda nisbatan uzoq muddatga berish. Investitsiyaga oid qarorlarni
qabul qilishda inflatsiyani hisobga olish, shaxsiy mablag‘larning
jamg‘arilishiga oid qarorlarni qabul qilish kabi muhimdir. Ko‘chmas
mulk, zavodlar va asbob-uskunalar kabi real aktivlarga qilingan
investitsiyalarda qilingan kapital qo‘yilmalardan tushadigan kelgusi
pul mablag‘larining nominal qiymati hoynahoy inflatsiya tufayli
oshib boradi. Agar siz tegishli ravishda vaziyatni to‘g‘rilamasangiz,
qimmatli investitsiya imkoniyatlarini boy berishingiz mumkin.
Investitsiyaning muqobil variantlarini tanlashda, riskni kamaytirish
va daromadni orttirish nuqtayi nazaridan, hech qachon
daromadlilikning real stavkasini investitsiyaning muqobil turi
bo‘yicha eng yuqori nominal daromadliligi bilan solishtirmang.
Davlat tomonidan amalga oshirilayotgan soliq siyosati inflatsiya
sharoitida pul muomalasining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga
olish kerak. Bevosita soliqlarning ko‘zda tutiladigan pasayishi,
tabiiyki, bilvosita soliqlarning o‘sishiga olib keladi, bu esa iqtisodiy
inqirozning chuqurlashishini keltirib chiqarishi mumkin. Inflatsiyani
xorijiy uskunalar va texnologiyalarni xarid qilish zarurati bilan
bog‘liq investitsiyalarning kengayishi ham jadallashtirishi mumkin.
Nazorat savollari
1. Inflatsiya nima?
2. Inflatsiya riskiga ta’rif bering.
3. Inflatsiya darajasini hisoblash formulasini tushuntirib bering.
4. Inflatsiya riskini baholashda nimalarga e’tibor berish kerak?
5. Inflatsiya darajasini pasaytirish bo‘yicha mamlakatimizda
amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni qanday baholaysiz?
6. Pulning xarid qobiliyatini yo‘qotilishi deganda nimani
tushunasiz?
7. Real va nominal narxlarni bir-biridan farqi nimada?
Test
1. Pul massasining tovar aylanmasi ehtiyojlariga nisbatan ortib
ketishi natijasida pul birligining qadrsizlanishi va shunga mos rav-
ishda tovar narxlarining o‘sishi ………… deb ataladi.
134
A) inflatsiya;
B) imobilizatsiya;
C) devalivatsiya;
D) revalvatsiya.
2. Inflatsion risklarning yuzaga kelish asosiy sabablari to‘g‘ri
ko‘rsatilgan javobni ko‘rsating.
A) milliy iqtisodiyot ayrim sohalari o‘rtasidagi nomutanosib-
liklar, talab va taklif orasidagi nomutanosibliklar, davlat daromadlari
va xarajatlari orasidagi nomutanosibliklar;
B) jamg‘arma va iste’mol o‘rtasidagi nomutanosibliklar, talab va
taklif orasidagi nomutanosibliklar, davlat daromadlari va xarajatlari
orasidagi nomutanosibliklar;
C) milliy iqtisodiyot ayrim sohalari o‘rtasidagi nomutanosib-
liklar, jamg‘arma va iste’mol o‘rtasidagi nomutanosibliklar, talab va
taklif orasidagi nomutanosibliklar, davlat daromadlari va xarajatlari
orasidagi nomutanosibliklar;
D) milliy iqtisodiyot ayrim sohalari o‘rtasidagi nomutanosib-
liklar, davlat daromadlari va xarajatlari orasidagi nomutanosibliklar.
2. O‘rganilayotgan davr ichida narxlar qancha foizga o‘zgar-
ganligini aniqlovchi ko‘rsatkich nima deb taladi.
A) inflatsiya riski;
B) inflatsiya indeksi;
C) inflatsiya darajasi;
D) inflatsiya nominali.
3. O‘rganilayotgan mahsulotning davr boshidagi narxi 900
so‘m, hozirgi narxi 972 so‘m. Mahsulot uchun inflatsiya darajasini
aniqlang.
A) 7 %;
B) 9 %;
C) 6 %;
D) 8 %.
4. O‘rganilayotgan davr ichida narxlar nechta martaga osh-
ganligini ko‘rsatuvchi ko‘rsatkich qanday ataladi.
A) inflatsiya riski;
B) inflatsiya indeksi;
C) inflatsiya darajasi;
135
D) inflatsiya nominali.
5. O‘rganilayotgan mahsulot uchun inflatsiya darajasi 8 % ni
tashkil etadi. Mahsulot uchun inflatsiya indeksini aniqlang.
A) 1,08;
B) 1,008;
C) 1,8;
D) 1, 64.
6. ……………………– bu kreditor tomonidan ishlab topilgan
hamda pulning sotib olish qobiliyati o‘zgarishi hisobga olingan holda
to‘g‘rilangan yoki o‘zgartirilgan nominal foiz stavkasidir.
A) real narx darajasi;
B) inflatsiya darajasi;
C) real daromadlilik stavkasi;
D) nominal daromadlilik stavkasi.
7. Agar nominal foiz stavkasi yillik 8 %ni tashkil etsa, iste’mol
narxlari indeksi o‘zgarishiga proporsional tarzda o‘zgaruvchi inflat-
siya darajasi esa yillik 5% bo‘lsa, daromadlilikning real stavkasi
qanday bo‘ladi?
A) 2,60 %;
B) 3 %;
C) 3,83 %;
D) 2,86 % .
8. Agar nominal foiz stavkasi yillik 19 %ni tashkil etsa, iste’mol
narxlari indeksi o‘zgarishiga proporsional tarzda o‘zgaruvchi inf-
latsiya darajasi esa yillik 14,4 % bo‘lsa, daromadlilikning real
stavkasi qanday bo‘ladi?
A) 5,60 %;
B) 4,02 %;
C) 4,06 %;
D) 5,20 %.
9. I.Fisher formulasi berilgan javobni aniqlang.
A) 𝑖 = 𝑖 + 𝛼 + 𝑖 ∗ 𝛼;
B) 𝑖 = 𝑖 + 𝛼;
C) 𝑖 = 𝑅(𝑖 + 𝛼);
D) 𝑖 = (𝑖 + 𝛼)(1 + 𝑖).
Dostları ilə paylaş: |