Информацион техналогиялар ва тизимлар


II. Xalq xo’jaligida sodir etiladigan falokatlar, tabiiy ofatlar va ularning tavsifnomasi



Yüklə 439,5 Kb.
səhifə3/23
tarix05.04.2023
ölçüsü439,5 Kb.
#93849
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Fuqaro muhofazasi fanidan ma\'ruza matnlari

II. Xalq xo’jaligida sodir etiladigan falokatlar, tabiiy ofatlar va ularning tavsifnomasi.

Tabiiy ofatlar deganda tabiatda sodir etiladigan er qimirlashi, suv toshqini, ko’chkilar, qor ko’chishi, sel kelishi, bo’ronlar, tufonlar, yong’inlar, vulqonlarning otilishi va boshqalarni kiritish mumkin. Bunday favqulodda vaziyat kurinishida sodir etiladigan tabiiy ofatlar axolining normal faoliyatini izdan chiqaruvchi, insonlarning qurbon bo’lishiga, katta miqdordagi moddiy boyliklarning yakson bo’lishiga olib keladi.


Tabiiy ofatlar aloxida yoki bir-biriga bog’liq ravishda yuzaga kelishi mumkin. Ba’zilari insoniyat faoliyatidagi aqlsizlik bilan ish yuritish tufayli sodir etiladi (irmon yong’inlari, ishlab chiqarishdagi portlashlar, foydali qazilmalarni olishda, tog’ kon ishlarini olib borish va kar’erlardagi portlatish ishlarini olib borish jarayonidagi sabablar xisobiga ko’chki xodisalarining sodir etilishiga turtki bo’ladi). Dunyo miqesida sodir etilaetgan tabiiy ofatlarning 9/10 qismi quyidagi 4 ta turlariga to’g’ri kelishi aniqlangan: suv toshqinlari (40%), tropik tufonlar (20%), er silkinishlari (15%), va qurg’okchilik (15%) ni tashkil etarkan. Olib borilgan tadqiqot natijalariga binoan tropik tufonlar tufayli axoli orasida nobud bo’lishi bo’yicha birinchi o’rinni egallarkan, suv toshqinlari esa ko’p kuzatilishi va katta miqdordagi talafotlar bilan namoyon bo’larkan.
Er silkinishi deganda er qobig’ining kuchli tebranishi o’rganilib, vulqon yoki tektonik sabablar tufayli yuzaga keladi va imoratlarning vayron bo’lishi, yong’inlar chiqishi va insonlarning xalok bo’lishiga olib keladi. Erning silkinishi quyidagi ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi: er yuzidagi tebranishning jadalashish jarayoni, magnitatudasi va silkinish o’chog’ining chuqurligi bilan.
Erning silkinishdagi umumiy energiyasi magnituda bilan tavsiflanadi va u mikronlarda o’lchanadigan tuproq siljishidagi maksimal amplituda lagorifmi bilan ifodalanadi: Mqlg λmax. Bu qursatkich seysmograf asboblari yordamida silkinish markazidan 100 km masofadagi uzoqlikda ilchanadi. Rixter shkalasiga binoan magnituda (M) 0 dan 9 gacha o’zgaradi (9 eng kuchli silkinish). M ning bir birlikka ortishi tebranish amplitudasining 10 barobarga ortishini bildiradi va er silkinishdagi energiyaning 30 barobarga ortadi. Masalan Mq7 bilganda, tuproq silkinishdagi maksimal amplituda Mq5 bilgandagi qiymatga nisbatan 100 barobar ko’p, shu bilan birgalikda er silkinishdagi umumiy energiya miqdori 900 marotaba ortadi.
Er yuzasidagi energiya intensivligi ballarda o’lchanadi, u esa silkinish o’chog’i, magnituda, silkinish markazigacha bo’lgan masofa, erning geologik tuzilishi va boshqa ko’rsatkichlariga bog’liq bo’ladi.
Er silkinishi tufayli xalq xijaligiga katta miqdorda moddiy zarar etkazilishidan tashqari axoli orasida insonlarning xalok bo’lishiga sabab bo’ladi. Masalan 1990yil 21 iyundagi Eronning shimoliy qismi (Gilyan viloyati)da yuzaga kelgan er silkinishi tufayli 50 mingdan ko’proq axoli xalok bo’lgan, 1 mln kishi yarador va boshpanasiz qolgan.
7 dekabr’ 1988 yil Armonistondagi er silkinishi tufayli 25 ming Fuqoro xalok bo’lgan. 1,5 mingta qishloq va 12 ta shaxar katta zarar ko’rgan, shu jumladan 3 ta shaxar tilik vayronaga aylangan.
Er silkinishi boshqa turdagi tabiiy ofatlarni yuzaga keltiradi: ko’chkilar, sel kelishi, suv toshqini (tig’onlarning yorilish) xisobiga yong’inlar (neft saqlagichlardagi shikastlanishlar va gaz quvurlaridagi uzilishlar - yorilishlar), kommunikatsiyalar, elektr ta’minoti, suv ta’minoti va kanalizatsiyalardagi falokatlar, ximiyaviy korxonalardagi falokatlar tufayli KZM larning chiqarib (oqib ketishi) yuborilishi xamda AES lardan RM larning atrof-muxitga tarqalishi tufayli salbiy oqibatlar yuzaga keladi.
Suv toshqini deganda daryo, ko’, suv omborlaridagi suv satxining tezkorlik ko’tarilishi tufayli katta maydonlarni suv bilan qoplanishiga aytiladi va u quyidagi sabablarga ko’ra yuzaga keladi: baxorgi paytlardagi qorlarning erishi, ko’p miqdordagi yog’ingarchilik va jala kelishi, daryolardagi muzliklarning yig’ilib qolishi, tig’onlarning buzilishi, ko’chkilar tufayli ko’llarning paydo bo’lishiga va xakozalar. Suv toshqini tufayli korxonalar, imoratlar vayronaga aylanishi, avtomobil va temir yollarning buzilishi, aloqa va elektr tarmoqlarida, sug’orish tizimiga, qishloq xo’jalik ekinlariga, xom ashyo va boshqa turdagi moddiy boyliklarga katta ziyon etkaziladi.
Suv toshqini tufayli elektr tarmoqlaridagi qisqa tutashuv zaryadlar xisobiga yong’inlar chiqishi, suv va kanalizatsiya quvurlarida uzilishlar, televizion va telegraf kabellaridagi aloqalarning yo’qolishi, ba’zi maydonlardagi er satxining chiqishi xisobiga uzilishlar paydo bo’ladi. Suv toshqinlarining oldini olishda suvning taqsimot sarflanishini doimiy nazorat qilib borish, daraxtlar ekish va suv toshqini bo’ladigan xududlarda ko’ndalangiga ishlov berish kabi ishlarni bajarish zarur. Katta daryolar uchun suv omborlarini qurish va sarflanishi nazorat qilish xisobiga ularning satxi rostlanadi, suv izanini chuqurroq olish, suv oqimining yonalishini tog’rilash, muzlarni yorish, ayniqsa, muz qalinligiga nisbatan 2,5 barobar chuqurlikda portlatishlar - ko’proq foyda beradi(tuz yoki maydalangan shlak sepish maqsadga muvofiq xisoblanadi).
Ko’chkilar – tog’ jinsli, tuproq va qor massalarning qiyalik bo’ylab sirpanib siljishiga aytiladi, sababi muvozanat xolatining yo’qolishi tufayli yuzaga keladi, bu esa turli sabablarga ko’ra sodir etiladi (jinslarning suv bilan yuvilishi, shamol va yog’ingarchilik ta’sirida namlanishi, erdagi silkinishlar va boshqa omillar natijasida mustaxkamligining kamayishiga olib keladi).
Ko’chkilar burchak qiyaligi 20o va undan yuqori bo’lgan barcha qiyaliklarda uchrashi mumkin va xamda turlicha tezlikda xarakatlanadi. Kam tezlikdagisida jinslarning tezligi yiliga bir necha un sanimetrni tashkil etsa, o’rtachasida-soatiga yoki sutkada bir necha metrga, katta tezlikdagilari esa soatiga bir necha o’n km masofolarga siljiydi. Katta tezlikda xarakatlanuvchi ko’chkilar tufayli xalq xo’jaligiga ko’p miqdordagi moddiy zararlardan tashqari insonlarning xalok bo’lishiga sabab bo’ladi.
Ko’chki xodisalari tufayli bir necha yuz va mlrd m3 xajmdagi jinslarning ma’lum kiyaliklar bo’ylab siljishiga sabab bo’ladi. Ko’chkilar xalq xo’jaligining barcha soxalariga katta talofat keltiradi, qishloq xo’jalik maydonlarining yaroqsiz xolga kelishi, foydali qazilmalar ishlab chiqarishda xavfli xolatni yuzaga keltiradi, tunellar, quvurlar, telefon va elektr simlarini, yillarni yaroqsiz xolga keltiradi.
Masalan: 1911 yili Pamirdagi er silkinish tufayli (Mq7,4 ball) 2,5 mlrd m3 xajmdagi tuproq massasining surilishiga va 200 kishidan iborat bo’lgan Osoy qishlog’idagi axolining ko’chki tagida qolishiga, so’ng Murgab daryosining tuzilishiga xamda 300 m balandlikdagi tabiiy tig’onning xosil qilinishiga sabab bo’lgan. Bir yildan so’ng 300 xonadan istiqomat qiluvchi Sarez qishlogining axolisi boshqa joyga ko’chirilgan. Xozirgi kunda xosil qilingan tabiiy ko’l –Sarez suv omboridagi suv satxining balandligi 284 km, uzundligi 53 km ni tashkil etadi. BMT ning maxsus qaroriga binoan xozirgi kunda Sarez ko’li ekologik xalokat sifatida ro’yxatga olingan.
£or ko’chkilari - qor kristallari va xavo aralashmasidan iborat bo’lgan massalarning, qiyaligi 250 - 600 bo’lgan qiyaliklarda siljish jaraeniga aytiladi. Katta toshlar va mayda daraxtlar qor ko’chkilariga tisir qila oladi. 1990y Pamir tog’idagi er silkinish va qor ko’chishi natijasida, dengiz satxidan 5300 m balandlikda 40 kishidan iborat bo’lgan alpinistlarning xalok bo’lishiga olib kelgan.
Ximoyalanish: faol va passiv ravishda amalga oshirish usullarini qo’llash mumkin. Passiv usuliga binoan ko’chki yuzaga kelishi mumkin bo’lgan qiyaliklarni chetlab o’tiladi va turli to’siqlar bilan bekitiladi. Faol usulga binoan ko’chki xavfi bor qiyaliklar portlatilib, majburiy ravishda qor va tuproq massalarining ko'chishiga, ya’ni tabiiy ko’chkilarning yuzaga kelmasligi ta’minlanadi.
Sel kelishida - asosan tog’lardagi daryolarda katta tezlik bilan xarakatlanuvchi yomg’ir suvlarining mineral zarrachalar, toshlar va tog’ jinslarining parchalari (10-70% ni tashkil etadi) bilan birgalikdagi xarakatlanish jarayoniga aytiladi. Orta Osiyo sharoitida ko’proq loyqalangan sel oqimi uchraydi. Sel oqimining tezligi 2,5-4 m/s, to’siqlarni yorib o’tish jarayonida 8-10 m/s va undan kattaroq tezlik bilan xarakatlanadi. Masalan, 1921 yilning 8 iyuniga o’tar kechasi Olma-ota shaxriga tog’ tomonidan kelgan sel (2100da) tuproq, loy, tosh, qor, qumlarni suv oqimi bilan olib kelishi natijasida, dala xovlilar odamlari bilan, xayvonlar, daraxtlar va turli jismlar shaxarga oqizib kelingan va uylar fundamenti bilan ko’chirib yuborilgan. Sel oqimi ertalabga yaqin to’xtagan va shaxar xududida 200 m kenglikdagi, ya’ni 2 mln m3 li tosh-loyqa aralashmasi bilan to’ldirib tashlangan.
Ximoyalanish- tog’ konlar qurish xisobiga suvning katta bosimli oqimini to’xtatish, suyuqlik oqimini o’tkazib yuborish, ariq va zavurlarni qazish kabi ishlarni olib borish zarur bo’ladi.
Bo’ronlar deganda Boffort shkalasiga binoan 12 balli tizimda o’lchanadigan kuchli shamollarga aytiladi. Tropik tsiklonlar xam bo’ronlar turiga kiradi (Tinch okeani, Markaziy Amerika qirg’oqlarida, Uzoq Sharq, Xind okeanlaridagi buronlar tufonlar deyiladi) bu bo’ronlarda shamol tezligi 50 m/s ortiq bo’ladi. Bo’ronlar va shtormli shamollar deganda shamol tezligining miqdori Boffort shkalasiga binoan xarakatlanish tezliklari 20,8-32,6 m/s bo’lgan kuchli shamollarga aytiladi. Bo’ronlar tufayli qishda qor massalari osmonga uchirib yuboriladi, buning natijasida yo’llarning to’silishiga, transport vositalarining to’xtashiga, suv, gaz, elektr va aloqa tarmoqlaridagi uzilishlarini yuzaga keltiradi. Masalan: 1970 yilning 13 noyabrida Pokistonning markaziy qismiga (qirg’oq qismi) kelgan biron tufayli va sel kelishi oqibatida suv satxining birdaniga qutarilishi va dengiz to’lqinining ta’sir etishi tufayli 10 mln. axoli katta miqdorda talafot ko’rgan, shu jumladan 0,5 mln. kishi nobud bo’lgan va bedarak yoqolgan.
1944 y (dekabr) Luyun orolidan (Filippin) 300 mill uzoqlikda joylashgan A£Sh ning 3-floti tayfun (tufon) markaziga yaqin joyga borib qolganligi tufayli 3 ta esminets chikkan, 28 ta tema shikastlangan, 150 dan ortiq samolyotlar kemalardan tushirib yuborilgan, 800 dan ortiq odam xalok bo’lgan.
Ximoya sifatida metro saqlagichlar, er osti yo’llari, imoratlarning erto’lalari (faqat suv bosish extimoli xisobiga ximoyalanish uchastkalari tepalik joylarda bo’lgani ma’qul).
Yong’inlar deganda nazorat qilib bo’lmaydigan yonish jarayoni o’rganilib, moddiy boylikning yo’qolishiga va odamlar xalok bo’lishiga sabab bo’ladi. Enginlarning kelib chiqishiga asosiy sabab olov bilan extiyotkor bo’lmaslik, yong’in-xavsizlik qoidalariga rioya qilmaslik, bundan tashqari tabiatdagi chaqmoq-uchqun xodisalarining sodir etilishi, torf-isimliklarning o’z-o’zidan olovlanishi (90 foiz yong’inlar insonlarning xatosi va 10 foizga yaqini uchqun chiqishi tufayli sodir etilishi aniqlangan).
Tabiiy ofatlar tufayli sodir etiladigan yong’inlar keng maydonlarni qamrab olish xususiyatiga ega, ayniqsa bu xolat o’rmonlar va dashtlar (dalalar)da uchraydi. Irmon yong’inlari yonish jadalligi bo’yicha kuchsiz, o’rta va kuchli turlarga bo’linadi, xamda yonish usuliga ko’ra –pastda va tepa qismida yonishi bilan ajraladi
Irmon pastki qismi yonganda, barcha o’t-o’lanlar yonadi, daraxt tepasiga olov o’tmagan bo’ladi, Yong’inning tarqalish tezligi 0,3-1 m/min., kuchsizida esa 16 m/min. (1 km/soat), kuchli yong’inda olov balandligi 1-2 metr balanliklarda alanqalanadi, maksimal xarorat miqdori 9000 S gacha etadi. Ormon tepa qismi yonganda, dastlab pastki yong’inning davomi sifatida yuzaga keladi va daraxtlarning tepalari yonadi, olovning tarqalish tezligi 5-8 dan 8-25 km/soat gacha etadi.
Er osti yong’inlari ko’p xollarda o’rmon yong’inlarning davomi sifatida yuzaga keladi va er osti joylashgan 50 sm chuqurliklarda va undan chuqurroq bo’lgan torf qatlamlarining yonishi kuzatiladi (ba’zan ko’proq chuqurlikda) va yonish tezligi 0,1-0,5 m/min.tezlikda tarqaladi va ko’p miqdorda tutun xamda bo’shliqlar xosil qiladi. Shuning uchun xam er osti yong’inning o’chog’iga extiyotkorlik bilan yaqinlashish zarur, Yonish jarayoni qishda qor tagida xam davom etishi mumkin.
Dasht (dala) yong’inlari ochiq maydonlardagi qurigan o’tlarning yoki etilgan bug’doylarning yonishi tufayli yuzaga keladi. Asosan yoz davriga to’g’ri keladi vaularning tarqalish tezligi 20-30 km/soatni tashkil etadi.
Irmon yong’inlariga qarshi kurashda pastki qismini o’chirish yoki tuproq sepish, suv sepish va boshqa usullar ishlatiladi. Ormonning tepa qismi yonganda suvli yoki ochjig usulidagi yo’lakchalar xosil qilinadi. Ochig usuliga ko’ra 10-20 m kenglikdagi yo’lakcha yoqib yuboriladi, uning uzunligi 150-200 m.dan kam bo’lmasligi kerak. Dashtdagi yong’inlar sham xud shu usulda o’chiriladi.
Er osti yong’inlarini uchirish jarayoni quyidagi 2 usulda amalga oshiriladi:

  1. Torf yong’inning atrofida 8-10 m masofada ariqcha kavlanadi, sungra Erning mineral qatlamigacha bo’lgan maydonlar suv bilan to’ldiriladi.

  2. Yong’in atrofida ximiyaviy moddalar bilan boyitilgan yo’lakcha xosil qilinadi (sul’famol’, yuvish poroshogi va xakozalar).

Falokat – bu mexanizm, mashina, uskuna va inshoatning ishga yaroqsiz xolatga kelishidir. Asosiy sababiga-texnologik jarayonga rioya qilmaslik, xavfsizlik choralarining qurilmaganligi, loyixalashda yo’l qo’yilgan xatolar, tayyorlash jarayonidagi xatolar, mexnat intizomining past darajadaligi va tabiiy ofatlarning oqibatlari tufayli sodir etiladi. Ishlab chiqarishdagi falokatlar, ayniqsa kimeviy korxonalardagi portlashlar xisobiga juda katta miqdordagi talafotlar va qurbonlar sodir etiladi.

Yüklə 439,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin