Информацион техналогиялар ва тизимлар


To‟liq  sanitar  ko‟rikdan  o‟tkazish  jarayoni  quyidagi  ketma  -  ketlikda  olib



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/45
tarix02.01.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#38377
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
fuqaro muhofazasi

To‟liq  sanitar  ko‟rikdan  o‟tkazish  jarayoni  quyidagi  ketma  -  ketlikda  olib 

boriladi: 

 

RM bilan zaharlangan fuqarolar, kiyim almashtirish bo‟limiga kirishdan oldin, 



protivogazdan  tashqari  barcha  shaxsiy  muhofazalanish  vositalarini  yechib, 

maxsus ajratilgan joyga taxlab qo‟yiladi, bosh va ustki kiyimlar raqamlangan 

shaxsiy  qoplarga  joylashtiriladi.  So‟ngra,  ularning  kiyim  va  poyafzallari 

dezaktivizatsiyalanadi, 

Kiyim  almashtirish  bo‟limida  ishlash  uchun  saninstruktor,  DP  -  5A  asbobi 



bilan dozimetrchi, 2 - 3 ta sanitar ajratiladi. Dozimetrchi barcha kiyimlarning 

ZMlar  bilan  qanchalik  zararlanganlik  darajasini  aniqlaydi.  ZMlar  bilan 

zararlangan  kiyim  va  poyafzallar  qoplarga  joylashtirilib,  dezaktivizatsiya 

bo‟limiga  jo‟natiladi.  Dezaktivizatsiya  qilishda  yaramaydigan  kiyimlar 

almashtirish fondi hisobiga yangilari bilan almashtiriladi. 

qimmatbaho  buyumlar,  hujjatlar  raqamlangan  qoplarga  joylashtiriladi  va 



egalariga jeton ko‟rsatilgan taqdirda qaytarib beriladi. 

sanitar  o‟rgatuvchi  va  sanitarlar  yordamida  jarohatlanganlarga  birinchi  tibbiy 



yordam  ko‟rsatiladi.  Sanitar  ko‟rikdan  o‟tadigan  shaxs  yuvinish  bo‟limiga 

kirish 


oldidan 

qo‟lini, 

bo‟ynini, 

protivogazning 

yuz 

qismini 


monoxloraminning  1-2%  eritmasi  bilan  yaxshilab  artiladi,  so‟ngra  sanitardan 

sovun  hamda  yuvinish  uchun  zarur  bo‟lgan  boshqa  vositalarni  olib  yuvinish 

bo‟limiga kiradi. 

ZM  bilan  zararlanganlar  yuvinish  bo‟limida  sovun  va  yuvgichlar  yordamida 



issiq  suv  bilan  yaxshilab  yuvinadi.  Dushda  yuvinish  tartibi  qo‟yidagicha: 

qo‟llar  sovun  bilan  yaxshilab  yuviladi,  tozalagich  yordamida  tirnoq  tagidagi 

kirlar  ketkiziladi,  so‟ngra  bosh,  yuz,  bo‟yin  va  butun  tana  yuqoridan  pastga 

qarab,  2-3  marotaba  yaxshilab  sovunlab  yuviladi,  og‟iz  va  burun  bo‟shliqlari 

suv bilan chayiladi, yuvinish jarayoni 15-20 minut davom etadi. 

kiyinish  bo‟limida  ham  ishlash  uchun  sanitar  o‟rgatuvchi  va  dozimetrchi 



ajratilgan  bo‟ladi.  ZM-lar  bilan  zararlanganlar  yuvinib  chiqqandan  so‟ng 

kiyinish bo‟limida ikkinchi marta dozimetrik kontroldan o‟tkaziladi. 

Agar  zararlanish  darajasi  ruxsat  etilgandan  yuqori  bo‟lsa,  ular  takroriy 



ravishda  yuvinish  bo‟limiga  qayta  kiritiladi.  Teri  qavatining  ZM  bilan 

zararlanish darajasi ruxsat etilgandan yuqori bo‟lsa, zararlangan shaxs tibbiyot 

nazoratigaolinish shart. 



ko‟z  zararlanganda  2%-li  soda  eritmasi  bilan  yuviladi,  ho‟l  holatga  kelgan 

bog‟lamlar  almashtiriladi,  ichki,  ustki  kiyim  va  poyafzal  beriladi.  Kiyinib 

bo‟lganlar tig‟ilish punktiga yuboriladi. 

ZM  va  BV-lar  bilan  zararlanganlar  ham  xuddi  shu  usulda  sanitar  ko‟rikdan 



o‟tkaziladi. 

sanitar  bo‟limi  xodimlari,  protivogaz,  rezina  etik  va  qo‟lqopda  ishlashlari 



shart,  bundan  tashqari  yechinish  bo‟limida  muhofaza  kiyimi  va  etak  tutgan 

bo‟lishi kerak. Ishdan so‟ng sanitar xodimlari to‟liq sanitar ko‟rikdan o‟tishlari 

zarur. 

 

 



SUV  VA  OZIQ-OVQAT MAXSULOTLARINI 

DEGAZATSIYALASH. 

 

 

Suvni degazatsiyalash jarayoni qo‟yidagi ketma - ketlikda olib boriladi: 



1)  Suvni  kamida  bir  soat  davomida  qaynatish  zarur.  Lyuizit  bilan  zararlangan 

suvni  degazatsiyalashda  bu  usul  ishlatilmaydi.  Sababi  bu  usul  qo‟llanilganda 

suvning tarkibida mishyak chiqindisi hosil bo‟ladi. 

2)  Suvni maxsus filtr yutgichlar yordamida filtrlash (universal ko‟chma yuradigan 

filtr UKF-30, soatiga 3 litr suvni RM-dan tozalaydi, gazmol ko‟mirli filtr TUF-

200  yoki  modernizatsiyalashtirilgan  avtofiltrlash  stansiyasi  MAFO-7500) 

uskunalari va moslamalaridan foydalanib tozalashadi. 

3)  Xlorli  oxakning  tinitilgan  eritmasi  bilan  yoki  kalsiy  gidroxloridli  hamda 

koyagulyant-temir kuporosini qo‟shib degazatsiyalash. 

4)  Kombinatsiyalashgan usulni qo‟llash, ya‟ni filtrlash, so‟ngra esa xlorlash usuli 

Oziq-ovqat  mahsulotlarini  degazatsiyalash  uchun  qo‟yidagi  amallarning 

bajarilishi talab etiladi: 

1)  Oziq-ovqat  mahsulotlarining  ustki  qatlamini  olib  tashlash  (go‟sht  bo‟lsa  2-3 

sm.  sochiladigan  mahsulotlar  uchun  5-7  sm.),  shamollatish  yoki  qayta 

qizdirish,  so‟ngra  ularda  RM-lar  yo‟qligi  aniqlansa,  kulinariya  ishlovidan 

(kamida 2 soat qaynatiladi) o‟tkazilgach ishlatishga yaroqli deb hisoblanadi. 




2)  ZM bo‟g‟lari bilan zararlangan sabzavotlar, mevalar toza sovuq suv oqimida 2-

3  marotaba  yuviladi,  so‟ngra  kulinariya  ishlovidan  o‟tkaziladi.  Tomchi 

suyuqlik shaklidagi ZM-lar bilan zararlangan sabzavotlar, mevalar, shuningdek 

zich  bekitilmagan  idishlardagi  tayyor  oziq-ovqat  maxsulotlari  degazatsiya 

qilinmaydi, ular butunlay yo‟q qilinadi. 

3)  Konservalangan, 

ya‟ni  zichlab  bekitilgan 

maxsulotlarning  idishlar 

degazatsiyalovchi  eritmador  (1  va  2  nomerli  eritma)-dan  o‟tkazilgandan 

keyingina ishlatishga yaroqli deb hisoblanadi. 

 

“Suv va oziq-ovqat mahsulotlarini dezaktivatsiyalash usullari” 



 

 

RMlar  bilan  zararlanish  darajasi  ruxsat  etilgan  kattalikdan  yuqori  bo‟lgan 



suv,  oziq-ovqat,  tibbiy  anjomlar,  buyumlar  dezaktivatsiyadan  o‟tkaziladi  va 

radiometrik  nazoratdan  o‟tkazib  turilishi  kerak.  Suvni  dezaktivatsiyalash 

maqsadida quyidagi usullardan foydalanish mumkin: 

1. 


Idishga  suv  quyilib,  har  bir  litr  hisobiga  30  ml.  temir  kuporosi  qo‟shib, 

koagulyatsiyadan o‟tkaziladi. Suv tingandan keyin tiniq qismi boshqa idishga 

qo‟yib olinadi, chuqindi qismini esa filtr yordamida tozalanadi. 

2. 


Ionitlar yordamida tozalash (ionizatsiyalash) 

3. 


Distilyator  yordamida  haydash  yoki  qo‟lda  yasalgan  haydash  moslamasi 

yordamida o‟tkaziladi. 

4. 

Yuqorida keltirilgan usullardan birgalikda foydalanish 



Bu  usullardan  foydalanilganda  suvni  RM-lardan  tozalash  ko‟rsatkichi  95-

98%-ni tashkil etadi 

 

Oziq-ovqat  mahsulotlarini  dezaktivatsiyalash  jarayoni  qo‟yidagi  ketma-



ketlikda amalga oshiriladi: 

1. 


Zararlangan  oziq-ovqat  mahsulotlarining  ustki  qismidan  1  -  1,5  sm. 

qalinlikdagi qatlami olib tashlanadi. 

2. 

Oziq-ovqat  mahsulotining  zichlab  berkitilgan  idishlari  (konservalar) 



maxsus  dezaktivatsiyalovchi  eritmalarning  biri  bilan  yuviladi.  (SF 

poroshogining  0,2  -  0,3%li  suvli  eritmasi,  OP  -  7,  OP  -  10,  va  DL 

eritmalaridan foydalanishadi). 



3. 

Zichlab  bekitilmagan  idishlarni  yuvib,  ichidagi  oziq-ovqat  mahsulotining 

zararlangan yuqorigi qismi olib tashlanadi. 

4. 


RMlar  bilan  ruxsat  etilgan  kattalikdan  yuqori  darajada  zararlangan  suyuq 

holatdagi oziq-ovqat mahsulotlari brak, ya‟ni yaroqsiz deb topiladi. 

 

Tibbiy anjomlarni dezaktivatsiyalash uchun: 



1) 

Jarroxlik  asboblari,  shifoxona  va  dorixonadagi  metall  asboblar 

dezaktivatsiyalovchi  eritmaga  ho‟llangan  latta  bilan  yaxshilab  yuviladi, 

toza suvda chayqab olinadi, hamda sterillanadi. 

2) 

Tibbiy  xalatlar,  choyshablar,  ichki  kiyimlar  yuvish  vositasi  bilan  qo‟shib 



kir yuvish mashinasida yaxshilab yuviladi. 

3) 


Jarroxlik  rezina  anjomlari  (qo‟lqop,  grelka,  muzxalta)  iliq  yuvuvchi 

eritmalar bilan ko‟p marta yuviladi. So‟ng toza suvda chayqab olinadi va 

sterillanadi. 

 

X U L O S A 



 

Demak  talabalar  tomonidan  sanitar  ko‟rikdan  o‟tkazish  jarayonini  amalga 

oshirishda qo‟yidagilarga e‟tibor berishlari zarur ekan: 

1. 


RM va ZMlar bilan zararlanganda aholini sanitar ko‟rikdan o‟tkazish jarayoni 

qisman va to‟liq sanitar ko‟rikdan o‟tkazilar ekan. 

2. 

Suv,  oziq  -  ovqat  maxsulotlari  va  tibbiy  anjomlarni  dezaktivatsiyalash 



zarurligi, hamda uni amalga oshirish metodikasini. 

3. 


Suv va oziq ovqat maxsulotlarini degazatsiyalash metodikasini o‟rgatish. 

 

                                   A D A B I Y O T L A R  

 

1.  I.A.  Karimov  “O‟zbekisto  XXI  –  asr  bo‟sag‟asida,  xavfsizlikka  tahdid, 



barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari ”. Toshkent “O‟zbekiston”. 1997 yil. 

2.Favqulodda  vaziyatlar  va  muhofaza  tadbirlari.  O‟quv  qo‟llanma.  Fuqaro 

muhofazasi instituti – 2001 yil. 

3.N.D. Kozmin, X.I. To‟ychiyev “Aholini yalpi qirg‟in qurullaridan himoya qilish 

vositalari va usullari”. O‟zbekiston nashriyoti. Toshkent., 1977 yil. 



4.Z. Ilyasova “Hayot havfsizligi asoslari”. O‟quv qo‟llanma. 

Fuqaro muhofazasi instituti, Toshkent – 2001 yil.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin