suyuqlik bilan ho‟llanadi. Ho‟llangan tampon bilan badanning ociq joylari ikki,
uch marta artiladi. Artilgan joyga yaqin turgan kiyim ho‟llab tozalanadi.
Badanning ochiq joyidagi teriga ikki marotaba ishlov beriladi: birinchisi
zaharlangan joydan chiqqandan keyin va muhofazalovchi kiyimlar yechilgandan
so‟ng, IPP-8 ishidagi suyuqlik ko‟zning shilliq pardalariga va og‟iz bo‟shlig‟iga
tushmasligi kerak. IPP-8 bo‟magan taqdirda shaxsiy degazatsiyalovchi paketdan
Paxta-dokali tampon 2%-li sodali eritma bilan namlanib, badanning ochiq
joylaridagi teri artiladi (tamponning ikkinchisi №1 eritma bilan yana bir karra
o‟sha joylar artiladi). Degazirlovchi selikogelli paket (paketni ochib teridagi va
kiyimdagi ZM-tomchilari ustiga selikogelli poroshok sepiladi) hamda sovun sodali
eritma bilan badanning ochiq joyidagi teri artiladi, kiyim esa namlanadi.
ZM bilan ruxsat etilgan darajadan yuqori zararlanish ro‟y berganda, aholini
qisman sanitar ko‟rikdan o‟tkazish uchun, ular zararlangan joydan chiqqan zahoti
qo‟yidagi amallar bajarilishi shart:
-
zararlanish uqog‟idan chiqqandan so‟ng, ZM-ni ketkazish maqsadida
muhofaza va ustki kiyimlar yechiladi hamda yaxshilab silkib qoqiladi, supurgi
va tozalagich bilan supurib tozalanadi,
-
poyafzal supurgi bilan yoki toza ko‟kat bilan supurib tashlanadi, so‟ngra toza
suv
bilan yaxshilab yuviladi,
-
protivogaz sumkasini ochib silkib qoqiladi, protivogaz qutisi bilan yuz qismi
toza suv bilan
yuviladi,
-
badanning ochiq joylariga ishlov berishda toza suv bilan qo‟l, yuz, bo‟yin
yaxshilab sovunlab yuviladi, tirnoq tagi kirdan tozalanadi, og‟iz va burun
bo‟shliqlari toza suv bilan yaxshilab chayiladi,
-
suv bo‟lmaganda badanning ochiq joylariga toza qor bilan ishlov beriladi yoki
quruq tampon bilan (uni tez-tez alishtirib) yuqoridan pastga qarab bir
yo‟nalishda artiladi.
Dushman tomondan BV (bakteriologik vosita) ishlatilganda qisman sanitar
ko‟rikdan o‟tkazishda bakterial aerozolli bulut o‟tib ketgan zahoti (BV qo‟llanilgan
vaqti aniqlangach) IPP-8, dezinfeksiyalovchi eritma (2%-li monoxloramin
eritmasi) bilan juda bo‟lmaganda toza suvdan foydalanishadi. BV bilan
zararlanganda qisman sanitar ko‟rikdan o‟tkazish usuli PM va ZM-lar bilan
zararlangandagiga usulga o‟xshash bo‟ladi.
Aholini sanitar ko‟rikdan o‟tkazish jarayoni quyidagi tartibda amalga
oshiriladi:
-
suv manbasiga yaqin bo‟lgan joydan maydoncha tanlash va uchta bo‟limdan
iborat bo‟lgan palatkalar o‟rnatish: yechinish, kiyinish va yuvinish bo‟limlari.
-
dala sharoitida suvni isitish uchun avtomobil - dush uskunasidan foydalanish,
-
tashqi va ichki poyafzallarni almashtirish fondini tashkil qilish,
-
sanitar ko‟rikdan o‟tkazish uchun zarur bo‟lgan vositalar bilan ta‟minlash,
-
kiyim va poyafzallar uchun qoplar, DP - 5A asbobi, suv o‟tkazmaydigan
bog‟lamlar yoki nakleykalar, birinchi tibbiy yordamni ko‟rsatish uchun zarur
hisoblanuvchi dori - darmonlar, 1…3% - li monoxloramin eritmasi, 2% -soda
eritmasi, sovun va boshqa vositalar bo‟lishi talab etiladi.