B2:F5 ) bloklarni ajratib olish
mumkin.
1-mashq. B1 katakka 231 ini, B2 katakga 569 ni kiritib, ularning yig„indisini B3 da hosil
qiling. Bajarish:B3 katakka = belgisini yozish orqali MS Excel 2010 kiritish rejimiga o„tadi. So„ngra
sichqonchaning chap tugmasi B1 katak ustida bosilganda, ushbu manzil B3 da hosil bo„ladi.
Navbatdagi qadamda + kiritilib, keyin B2 katak ustida yana sichqonchaning chap tugmasi bosiladi.
Natijada B3 da B1+B2 yozuvi paydo bo„ladi. Enter tugmasi bosilgandan so„ng, bajarilgan amal natijasi
B3 da hosil bo„lib, Formulalar satrida =B1+B2 ifoda yoziladi.
MS Excel 2010 da ishlash jaroyonida turli xatolar yuzaga kelishi mumkin. Ko„p uchraydigan
xatolar tavsifi xususida to„xtalib o„tamiz:
▪
###### – ma‟lumot katakka sig„magan.
▪
#ДЕЛ/0 – hisoblash formulasida 0 ga bo„lish holati mavjud.
▪
#ЗНАЧ! – formulada mumkin bo„lmagan ifodalar qatnashmoqda
, masalan: kirill shriftidagi ma‟lumot.
▪
#ИМЯ? – Excel formuladagi o„zgaruvchining nomini aniqlay olmadi.
▪
#ЧИСЛО! - formulada funksiya o„zgaruvchisi yoki qiymat noto„g„ri ishlatilmoqda.
▪
#ССЫЛКА! – katakka noto„g„ri murojaat qilingan.
▪
#ПУСТО! – katakka noto„g„ri oraliqda qiymat kiritilgan.
IV. Mavzuni mustahkamlash. O„quvchilarga darslikdagi savollar orqali murojaat etiladi va interfaol usulda mavzu
mustahkamlanadi. Mustahkamlash uchun turli soda topshiriqlardan foydalaniladi.
A1 katakka 1 ni kiriting,
B1 ga 2 ni kiriting,
C1 da
A1+B1 ni hisoblang,
D1 katakka 15 ni kiriting,
E1 ga 12
ni kiriting,