To‘garak. Informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha to‘garak bu faol va natijaviy darsdan tashqari mashg‘ulotlardan biri. To‘garak asosida ixtiyoriylik prinsipi yotadi.
Ekskursiyalar. O‘quvchilar ekskursiyalarga juda qiziqadilar. Ma’lumki, o‘quvchilarni maktab matbuoti bilan tarbiyalash darsdan tashqari mashg‘ulotlarning muhim yo‘nalishi. U maktab gazetalari mazmuni va o‘quvchilarni gazeta chiqarish jarayonida muharrir, redkollegiya va korrespondent sifatida faol qatnashish ta’siri ostida amalga
oshiriladi. O‘quvchilar EHM yordamida mustaqil gazeta chiqarishlari uchun, ularni tekst va grafik redaktorlari bilan ishlashga o‘rgatish kerak.
Kecha va konkurslaro‘quvchilar bilan ishlashda muhim ahamiyatga ega.
O‘quvchilarda har xil konkurslar qiziqish uig‘otadi. Informatika va
axborot texnologiyalari bo‘yicha konkurs sifatida:
- “Nima?, Qaerda?, Qachon?”,
- “Kompьyuter o‘yini musobaqasi” o‘yinlarini tashkil qilish zarur.
Hozirgi kunda qaysi sohani olmaylik, barchasida yangi zamonaviy axborot texnologiyalar asosida ish olib borilmoqda. SHu maqsadda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida informatika fanining o‘qitilishi hozirgi kunda asosiy masalalardan
biriga aylanib bormoqda.
Maktablarda informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qitilishi
o‘quvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalari bilan yaqindan tanishib kompьyuterlar bilan minimal darajada ishlashni o‘rganish va boshqa zamonaviy
axborot texnologiyalari haqida tasavvurga ega bo‘lishlari kerak.
Sinfdan tashqari ishlar o‘tkazilganda nafaqat o‘quvchilar bilan balki ularni
hozirgi kunda kompьyuterlarning hayotimizdagi o‘rni zamonaviy axborot texnologiyalari haqida tasavvur va tushunchalarni
kengaytirish, fikrlash madaniyatini tarbiyalash, kompьyuter savodxonligini
oshirish ko‘zda tutiladi.
Informatika va axborot texnologiyalari to‘garagi har bir maktabda tashkil etilishi zarur bo‘lgan tadbirlardan biridir. To‘garak mashg‘ulotlari o‘quvchilarni informatika va axborot texnologiyalari faniga qiziqishini oshirish bilan birga to‘garakda shu maktabda mavjud bo‘lgan kompьyuter bilan uning imkoniyatlari va xalq ho‘jaligida foydalanish uchun mo‘ljallangan har xil dasturlar bilan yaqindan tanishadilar.
To‘garakka informatika faniga qiziquvchi o‘quvchilar qabul qilinadi. To‘garak a’zolari 10-12 tadan oshmasligi lozim. To‘garakka yuqori sinf o‘quvchilaridan ham, o‘rta sinf o‘quvchilaridan ham olish mumkin. To‘garak
haftasiga 2 martadan darsdan keyin bir-ikki soat o‘tkazish mumkin.
Bu to‘garaklar o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish,
mantiqiy fikrlash qobiliyatini o‘stirish va informatikaning asosiy tushunchalarini chuqur o‘rganishni ta’minlaydi. O‘quvchilar dunyoqarashini ilg‘or zamonaviy dasturiy va amaliy vositalar yo‘nalishida shakllantiradi. Mustaqil fikrlash
qobiliyatini oshiradi.
To‘garakning asosiy yo‘nalishi – o‘quvchilarni yangi kompьyuter
texnologiyasi bilan tanishtirish, ularga hozirgi paytda
foydalanilayotgan zamonaviy dasturiy vositalar haqida ma’lumot berish, keng tarqalgan dasturlash tillaridan birida ishlashni o‘rganish.
To‘garak a’zolari bilan hamkorlikda tashkil qilingan o‘quvchilar bellashuvining tashkil qilinishi bo‘yicha qisqacha na’muna keltirib o‘tamiz.
Bellashuv ikki guruh orasida tashkil etiladi. Har bir guruhdan 6-8 ta
o‘quvchi ishtirok etishi mumkin.