INFORMATIKA DASRDAN TASHQARI MASHG`ULOTLARNI LOYIHALASHTIRISH Reja:
Kirish 1. Darsdan tashqari mashg’ulotlar va ularning turlari. Darsdan tashqari mashg’ulotlar tasshkil etishni rejalashtirish
2. Informatikadan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalashtirish. To‘garak ishini loyihalashtirish.
3 .Informatikadan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalashtirish.
4. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan sinfdan hamda
maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilish
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Respublikamizda ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi ta’lim tizimi sifatini yuqori saviyaga olib chiqishni talab etmoqda. Uzluksiz ta’lim tizimida “Informatika” fani o‘qituvchisi faqatgina fan o‘qituvchisi emas, balki ta’limda va boshqaruvda axborot texnologiyalaridan foydalanishning samarali tashkil etuvchisi bo‘lib hisoblanadi.
Axborot hajmining keskin kengayib borayotganligi o‘quvchilar chun ham, pedagoglar uchun ham fanni o‘rganishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishni taqozo etadi. “Informatika” ta’limi jarayonida turli-tuman pedagogik texnologiyalardan foydalanib, samarali natijaga erishish uchun o‘qituvchi o‘zining pedagogik faoliyatini oldindan loyihalashtirishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shuni hisobga olgan holda biz informatika o‘qituvchisining pedagogik faoliyatini bir butun model ko‘rinishiga keltirib oldik.
Informatikani o‘qitishda foydalaniladigan texnologiyalar xilma-xil bo‘lib (ta’limda virtual texnologiyalar, o‘quv-biluv faoliyatini faollashtirishga qaratilgan texnologiyalar, multimediali texnologiyalar, o‘quvchilar bilimini nazorat qiluvchi texnologiyalar, loyihaviy o‘qitish texnologiyalari ва ҳ.к.), qo‘llanmada bu texnologiyalar informatikani o‘qitish misolida batafsil yoritib berilgan.
Informatikani o‘qitish jarayonida ta’lim jarayonini loyihalashtirish muhim vazifa hisoblanib, o‘qituvchining innovatsion pedagogik faoliyatni loyihalashtirishi natijasida o‘quv jarayonini, darsdan tashqari mashg‘ulotlarni loyihalashtirish, bilimlarni nazorat qilish va baholashni loyihalashtirish, informatikani kasbga yo‘naltirib o‘qitishni loyihalashtirishga erishilishi ilmiy tushunchalarga asoslanib ochib berilgan.
Ushbu o‘quv qo‘llanma, uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar, pedagoglar jamoasi, ilmiy tadqiqotchilar, magistr va bakalavrlar uchun zarur manba bo‘lib hisoblanadi.