1.2 HTML da ranglar va matnlar bilan ishlash texnologiyasi HTML teglari ma'lum bir attributlarga ega bo‘ladi. Attribut bu - tegni kengroq namoyon qilish imkonini beruvchi qo‘shimchalardi. "Body" degan teg attributlariga bag‘ishlanadi. Bu teg ichidagi attributlar, sahifani dastlabki sozlash vazifasini bajaradi, ya'ni agar kodlar ichida shu attributlar o‘zgartirilmasa yoki umuman kiritilmasa, brauzer "body" tegida kiritilgan attributlar asosida sahifani ochib beradi. Agar biz "body" tegi attributlarini ham kiritmasak, brauzer sahifani, o‘z sozlashlari asosida istalgan ko‘rinishda ochadi. Demak attributlar bilan tanishing: 1. Sahifa foni rangini o‘rnatish.
Sahifa, qizil rangli fonda namoyon bo‘ladi. Rang berishda, rang nomi yoki uning 16lik sanoq tizimidagi raqami kiritiladi. Bu raqamni maxsus utilita(Pixie utilitasi) orqali topib olish mumkin.
2. Sahifa foni sifatida rasmdan foydalanish.
Sahifa fonini ko‘rsatilgan rasm orqali yaratish. Rasm hujjat adresi bilan bir xil joyda turgan bo‘lishi kerak, agar boshqa adresda bo‘lsa, to‘liq adres yozilishi lozim.
3. Sahifadagi matn ranglarini belgilash.
Sahifadagi barcha yozuvlar qizil rangda bo‘ladi.
- link- agar havolaga hali kirilmagan bo‘lsa;
- vlink- havolaga bir marotaba bo‘lsa ham kirilgan bo‘lsa;
- alink- sichqonchani havola ustiga olib borilsa.
Agar, havolaga biror marta ham kirilmagan bo‘lsa, u sariq rangda, agar kirilgan bo‘lsa qizil rangda ko‘rinadi. "body" tegining asosiy attributlari shulardan iborat, bu attributlarni bir nechtasini birga ishlatishingiz mumkin.
CSS stillar quyidagicha yoziladi: H1{color: blue; font-size:14 px} 1. Selektor nomi- yozilgan stilni qaysaytgda foydalanish(misolda H1). 2. Qavs- stillar boshlanganini bildiradi.
3. Stil xususiyati(Свойство)- qaysi stil xususiyatidan foydalanishni o‘rnatish(misolda color, font-size). 4. Qiymat- tanlangan stil xususiyat qiymati(misolda blue, 14 px). Agar bir necha stil xususiyatlaridan foydalaniladigan bo‘lsak, ular qo‘shtirnoq(;) orqali ajratiladi, oxirida qo‘shtirnoq qo‘yish shart emas. Stil xususiyatlari yig‘indisi shaklli qavs ichiga olinishi shart({ }) va har bir stil xususiyatidan so‘ng, uning qiymatini berishdan oldin ikki nuqta(:) qo‘yilishi kerak.