O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI MATEMATIKA INFORMATIKA FAKULTETI “INFORMATIKA” KAFEDRASI KURS ISHI
Mavzu: Web dizaynda ranglar va matnlar bilan ishlash metodikasini loyihalashtirish Bajardi: Husenov Rashida Ravshanovna Ilmiy rahbar: PhD Norbekov A.O.
Navoiy-2023
Mundarija:
1.1Web dizaynda grafika tushunchasi va uning turlari. 3
Xulosa 26
Foydalangan adabiyotlar. 29
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishganidan so‘ng yurtimizda
Komputer texnologiyalari kundan-kunga rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda insonlarning Internet resurslariga bo‘lgan talabini hisobga olgan holda Internet texnologigalarni rivojlantirish asosiy masala bo‘lib qolmoqda. Ayni paytda Internet foydalanuvchilari o‘z ehtiyojini qondira oladigan ma`lumotlarga Internet tarmog‘i orqali ega bo‘lishi mumkin. Internet turli xil insonlarni yagona maqsad bilan birlashishiga sabab bo‘lmoqda.
Hamma Internet tarmog‘idan biror turdagi axborot olishga harakat qiladi. Internet tarmog‘i kun sayin rivojlanib bormoqda. Buning asosiy sababchisi esa jamiyatimizning barcha sohalari qamrab olgon axborot resurslari soning ortib borishi hisoblanadi.
Dastlabki web-sahifalar juda sodda tuzilishga ega bo‘lib, ular matnniformatlash va gipеrko‘rsatkichlardan tarkib topgan edi. Web tеxnologiyalar rivojlanishi natijasida Web sahifalar tarkibida Plugin dasturlar joylashtirila boshlandi, natijada Web sahifalarga intеraktiv xususiyati bеrildi. Web tеxnologiyalarning rivojlanishining oxirgi natijalaridan biri bu skript tillaridir (Script Languages). Ularni ishlatishdan maqsad Web sеrvеrining ishini yеngillashtirish, har xil mayda ishlar uchun Web sеrvеrini bеzovta qilmasdan, bunday masalalarni foydalanuvchi kompyutеrining o‘zida yaratishdir.
Web sahifa Intеrnеt tarmoqlarida joylashgan fayllar to‘plami bo‘lib, ularni soni soat sayin ko‘payib bormoqda. Bu fayllarda ma'lumotlarni turli xillarini: matn, grafik, tasvir, vidеo, audio ma'lumotlarni uchratish mumkin. Bugungi kunda Web Intеrnеt rеsurslari ichida eng ommaviysi hisoblanadi. Chunki, avvaldan tayyorlangan Web sahifa orqali tеgishli ma'lumotlarni to‘ldirish foydalanuvchining qanchadan-qancha vaqtini tеjash imkonini bеradi. Shu bois matеmatika va informatika yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalarga Web tеxnologiyalarni alohida kurs sifatida o‘qitila boshlandi.
Front Page saytlarining to‘g‘ri ko‘rish xususiyatlarini ko‘rib chiqish, grafika bilan bog‘liq muammolarni, saytni har xil multimediyali to‘ldirish variantlarini, sahifaning mazmunli qismi va uning yuklash tezligi orasidagi balansni topishga imkoniyat yaratib beradi. Front Pageda qaror va usullar to‘plamini ko‘rib chiqishdagi kundalik ishlarimiz ma’lumotlardan foydalanib, sanoat saytlarini bajarish mumkin. Shunday qilib, saytni korporativ ma’lumotlarni bezashga bog‘lash va u bilan distanstion rejimda to‘g‘ri ish tashkil etish mumkin bo‘ladi. Sayt yordamida mijozlar bilan mana shunday ishlar tashkil etilganda tashkilot xizmatchilari o‘z ishlarini ofis tashqarisida ham bemalol bajarishlari mumkin bo‘ladi. Elektron tijorat uchun ham saytlar yaratish ham uzluksiz axborotli xavfsiz sayt vositalarini tashkil qilish mumkin. Bu ishlarning barchasi dasturlashsiz olib beriladi.