Informatika va at fanini o’qitishda zamonaviy texnik vositalardan foydalanish


Mavzu: Kompyuterning dasturiy ta’minoti Darsning maqsadlari



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə19/19
tarix21.12.2022
ölçüsü1,45 Mb.
#76955
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Informatika va at faninih

Mavzu: Kompyuterning dasturiy ta’minoti
Darsning maqsadlari:
Ta’limiy: talabalarga zamonaviy texnika vositalaridan foydalanib kompyuterning dasturiy ta’minotini o‘rgatish.
Tarbiyaviy: talabalarga zamonaviy texnika vositalaridan foydalanish madaniyatini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi: talabalarga kompyuterning dasturiy ta’minoti mavzusi bo‘yicha nazariy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish. Bunda o‘qituvchi darsga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rib, darsga oid yangi materiallar to‘plashi va to‘plangan materiallar talabaga tushunarli bo‘lishi lozim.
Dars turi: Nazariy mashg‘ulot – bunda o‘qituvchi darsni olib borish uchun didaktik materiallarni oldindan tayyorlab qo‘yadai. Dars materiali zamonaviy fan yangiliklarini o‘z ichiga olgan, talabaga tarqatma material ko‘rinishada berib yuboriladigan yoki talabani qiziqtiradigan matn, video, animatsion, audio kabi axborotlar ko‘rinishda bo‘lishi talaba uchun vaqt tejamkorligi va o‘zlashtirish samaradorligini oshiradi. Bu ko‘rinishdagi axborotni tayyorlashda o‘qituvchiga kompter, mikrafon qurilmasi, Snagit, EasyGIFAnimator kabi dasturiy vositalar yordam beradi. Bu kabi tayyorlangan dars materiali talaba uchun uy sharoitida televizor va DVD player qurilmalari yordamida dars mashg‘ulotlarini o‘qishi, ko‘rishi, eshitishi mumkin.
Darsga qo‘llaniladigan uslublar: ko‘rsatmalik, aqliy hujum, blits-so‘rov.
Xonaning jihozlanishi: Videoproyektr, elektron doska, tarmoqqa ulangan kompyuterlar
Darsdan kutilayotgan natijalar:
Talabalar kompyuter, proyektor, elektron doskadan foydalanish nazariyasiga ega bo‘ladilar.
Talabalar kompyuterning dasturlari bilan ishlashni o‘rganadilar.
Darsning borishi
Darsning tashkiliy qismi: O‘qituvchi bu darsni tashkil etish uchun darsga doir ma’lumotlarni oldindan tayyorlab qo‘yadi va dars yakunida test asosida bilimlarini baholashini aytadi.

Darsning mazmuni: O‘qituvchi darsning tashkiliy qismini o‘tkazib darsdan kutilayotgan natijalarni talabalarga e’lon qiladi. O‘tilgan mavzular bilan yangi mavzuning bog‘liqliligini aytib o‘tadi. Yangi mavzuni elektron doskaga yozib kompyuterning dasturiy ta’minoti haqidagi ma’lumotlarni misollar bilan qayta boshlaydi. O‘qituvchi tomonidan operatsion sistemaning bajaradigan vazifalarini, imkoniyatlarini, qo‘llaniladigan sohalarini elektron doskada tasvirlanadi.
Yangi mavzuni mustahkamlash: O‘qituvchi yangi mavzuni mustahkamlash uchun talabalardan test sinovi o‘tkazadi. O‘zlashtirish natijalar asosida tayyorlangan dars materiali talabalarga tarqatiladi.
Yuqoridagi dars ishlanmasi qisqa, sodda texnologiyada tashkil etilgan bo‘lib darsning ba’zi bir jihatlari to‘liq bayon etilmagan ammo bu dars jarayonida elektron doskaning ishlatilishi odatdagi darslardan ko‘ra vaqtni tejaydi, dars davomida talabani bilim saviyasini oshiradi hamda dars mavzusi uchun oldindan tayorlangan tarqatma material talabaning mustaqil ta’lim olishiga yordam beradi.

XULOSA.
Texnika bilan samarali munosabatda bo’lish va ulardan oqilona foydalanish uchun oo’qituvchi bilimlarning ma’lum sistemasini o’rganib chiqishi, tegishli tajriba orttirishi kerak. O’quv muddatini o’zgartirmay o’quv tarbiya jarayonini qulaylashtirish, o’quvchi va talabalarga puxta va chuqur bilim berish, ularda bilim olish ko’nikmalarini hosil qilish kabi vazifalarni amalga oshirishda o’qitishning zamonaviy texnik vositasi alohida o’rin tutadi. O’qutuvchi texnik vositasining imkoniyatlarini to’la tushunishi va undan foydalashni bilish muhim hisoblanadi


Multimediaproektorlar ma`lumotlarni tasvirlash sohasida insoniyatning eng katta ixtirosidir. Monitorlardan farqli ravishda proektorlarni uzoq vaqt tomosha qilish sog’likka zarar etkazmaydi, chunki zararli nurlanishga ega emas. proektor o’quv jarayonida juda qulay, chunki deyarli hamma uchun boshqarishda juda oddiy, tasvirning haqiqiylikka yaqinligi esa ma`lumotlarni “o’zlashtirish” da ikki barobar oshadi.
Dars jarayonida elektron doskaning ishlatilishi odatdagi darslardan ko‘ra vaqtni tejaydi, dars davomida talabani bilim saviyasini oshiradi.
Ishining natijasi shundan iboratki, barcha foydalanuvchilar o’z faoliyatlarida qo’llash imkonini beradi. Bundan tashqari , nafaqat informatika fani o’qituvchilari boshqa fan o’qituvchilari ham foydalanishlari mumkim.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  1. I.Karimov. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.

T.: “O‘zbekiston”. – 1998.
2. I.A.Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T.: “Manaviyat”, 2008, 61 – bet
3. L.P. Pressman Metodika primeneniya texnicheskix srestv obucheniya. – M.: Prosveщenie, 1988. 192 c.
4. SHaxmaev N. M. Texnicheskie sredstva obucheniya.-M.: Znanie, 1975. 191c
5.Belkin E.L., Karpov V.V., Xarnash P . I. Texnicheskie sredstva obucheniya. – YAroslavl, 1977.
6.Driga I. I., Rax G.I. Texnichesie sredstva obucheniya v obщeobrazovatelnoy shkole.- M.: Prosveshenie, 1985.
7.Zavade A. S. Uchebnoe kino na urokax istorii v V-VII klassax.-M.: MGIUU, 1981.
8.Pressman L. P. Osnovы metodiki primeneniya ekranno-zvukovыx sredstv v shkole.-M.: Prosveщenie, 1976.
9.CHashko L. V. Grafoproektor na urokax.-Kiev: Radyanska shkola, 1981 (na ukr. YAz.).
10.SHmargun N. I. Ekranno- zvukovыe posobiya v obuchenii fizike.-M.: Prosveщenie,1985
11.G.V. Karpov, V. A. Romanin. Texnicheskie sredstva obucheniya.
M.:”Prosveщenie”,M.,1979.
12.T.Hioyatxo'jayev. Kinoproyektsion apparatlar.T.: O’qituvchi , 1975.
13.L.M. Yoqubov va boshqalar O’qitishning texnikaviy vositalari T.: O’qituvchi , 1985. 140 bet.
14.B.Ziyomuhammadov, M. Tojiyev. “Pedagogik Texnologiya-Zamonaviy o’zbek milliy modeli” T.: “Lider Press” 2009
15.Bespalko V. P. O vozmojnostyax sistemnogo podxoda v pedagogike. “ Sov pedagogika”, 1989 №7.C.59-60.
16.Monaxov V.M. Metodologiya pedagogicheskoy texnologi akademika V.M. Monaxova. – M.:”Mixaylovka” MSOP,1997.
17.Tolipov O’. Q., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. Monografiya.-T.: “Fan”,2005.
18.Ishmuhamedov R.J. Innovasion texnologiyalar yordamida ta'lim samaradorligini oshirish yo'llari. Toshkent, 2003.
19.Nazarova T.S. Pedagogicheskie texnologii: novыy etap evolyusii. //Pedagogika. 1997, №3
20.Klarin M.V. Pedagogicheskie texnologii v uchebnom protsesse. M.: Znanie, 1989.
21.Guzeev V. Ot metodik – k obrazovatelnoy texnologii. //Narodnoe obrazovanie, 1998, №5.
3.3 Internet tarmog‘i ma’lumotlari

  1. www.de.uz - Masofaviy ta’lim tizimiga bag‘ishlangan veb sayti.

  2. www.tatu. –TATU veb sayti.



Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin