Mavzu: Ma’lumotlar ombori haqida tushuncha 10-sinf
Darsning maqsadi
1
2
Ma’lumotlar ombori haqida tushunchaga ega bo‘lish. Ma’lumotlarni olish va ma’lumotlar omborini tuzishning asosiy usullari bilan tanishish.
Ma’lumotlardan foydalanish, ya’ni ularni ma’lum bir texnologiya asosida yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish muhim masalalardan hisoblanadi. Ma’lumot resurslarini shunday tashkil etish lozimki, undan foydalanish maksimal qulaylik va foyda keltirsin. Masala yechishga harakat qilish, ma’lumotlarni ishlash jarayonidagi yangicha yondashish, yangi texnologiyani keltirib chiqardi. Mazkur texnologiyaning asosini ma’lumotlar ombori va banklari tashkil etadi.
Ma’lumotlar ombori nima? Ma’lumotlar ombori (MO) – bu kompyuter xotirasiga kiritilgan ma’lum bir strukturaga ega, o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasidir.
Ma’lumotlar modeli– bu ma’lumotlarning o‘zaro bog‘langan tuzilishlari va ular ustida bajariladigan operatsiyalar to‘plamidir.
Ma’lumotlarni struktaralash – ma’lumotlarni ma’lum xususiyatlari bo‘yicha birlashtirish.
Aynan bir axborotni mashina ichki muhitida joylashtirish uchun ma’lumotlarni turli xil tuzilishlari va modellaridan foydalanish mumkin. Ulardan qaysi birini tanlash MO yaratayotgan foydalanuvchining zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, u ko‘plab omillarga bog‘liq. MO tuzishning asosiy usullari First text here Second text here Third text here Ierarxiv model Tarmoq model Realyatsion model Ma’lumotlar ombori tuzishning asosiy usullari First text here Ierarxiv (shajara) model – bu modelda ma’lumotlar daraxtsimon ko‘rinishda saqlanadi.
Ierarxik (shajara) model First text here Ierarxik ma’lumotlar bazalari grafik jihatdan turli darajadagi obyektlardan tashkil topgan teskari daraxt sifatida ifodalanishi mumkin. Yuqori daraja (daraxtning ildizi) bitta obyektni egallaydi, ikkinchisi - ikkinchi darajali obyektlar va hokazo. Obyektlar o‘rtasida bog‘lanishlar mavjud, har bir obyekt quyi darajadagi bir nechta obyektlarni o‘z ichiga olishi mumkin.