Qaysi javobda mantiqiy miqdorlar tavsiflangan?
*a) var sh: Boolean;
b) var sh: Integer;
c) var sh: Char;
d) var sh: String.
Axborot resurslarida saqlanayotgan va ishlov berilayotgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va qog’oz ko’rinishidagi xujjat bilan bir xil yuridik kuchga ega bo’lgan axborot nima deb ataladi?
*a) Elektron xujjat
b) Axborot resursi
c) Elektron raqamli imzo
d) Axborot
O’zbekiston Respublikasining ”Axborotlashtirish to’g’risida”gi qonuniga muvofiq faoliyat yurituvchi, aloqa va axborotlashtirish sohasini muvofiqlashtiruvchi boshqaruv organi kim?
*a) O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi
b) O’zbekiston matbuot va axborot agentligi
c) O’zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi
d) «O’zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi
Axborot resurslari bu?
*a) Axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki va ma’lumotlar bazasi
b) Hujjatlashtirilgan axborot
c) Audiovizual va boshqa xabarlar
d) Maxsus axborot
Maxfiy axborot bu?
*a) Foydalanilishi qonun hujjatlariga muvofiq cheklab qo’yilgan hujjatlashtirilgan axborot
b) Axborot resursi
c) Cheklanmagan doiradagi ommaviy axborot
d) Audio axborot
Elektron darslikning o’rgatuvchi qismi . . . ?
*a) gipermatnga asoslangan va statik, dinamik rasmlardan iborat
b) xatolarni ko’rsatib beruvchi va to’g’ri xulosaga olib keluvchi qism
c) test savollari orqali nazorat qiluvchi tizim asosida shakllanadi.
d) o’rgatuvchi, mashq qildiruvchi, nazorat qiluvchi
Dostları ilə paylaş: |