Axborotlashtirish – bu
*a) yuridik va jismoniy shaxslarning axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlaridan foydalangan holda qondirish uchun tegishli sharoitlarni yaratishning ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik jarayonidir
b) zamonaviy axborot texnologiyalari vositalarini ishlab chiqishdir
c) yuridik va jismoniy shaxslarning axborotlarga bo‘lgan ehtiyojidir
d) davlat axborot resurslarini shakllantirishdir
Axborot texnologiyalari – bu:
*a) axborotlarni to‘plash, saqlash, izlash, ishlov berish va tarqatish uchun qo‘llaniladigan uslublar, uskunalar, usullar va jarayonlar majmuasidir
b) faqat rivojlangan davlatlarda ishlatiladigan texnologiyalardir
c) butunjahon internet tarmog‘i, shuningdek lokal tarmoqlardir
d) ko‘ngilochar maqsadlarda ishlatiladigan texnologiyadir
Axborot tizimlari yoki axborot resurslarining egalari kim bo‘lishi mumkin?
*a) yuridik yoki jismoniy shaxs
b) tizim administratori
c) kompaniya direktori
d) tashilot rahbari
Konfidensial (maxfiy) axborot – bu:
*a) qonun talablariga mos ravishda kirish huquqi cheklangan axborot
b) elektron shakldagi axborot
c) cheklangan axborot
d) to‘liq kirish huquqi belgilangan axborot
Biror-bir sohaga yoki faoliyatga oid yangiliklar va voqyealar haqidagi ko‘pgina xabarlarni o‘zida mujassam etgan Internet sahifalar to‘plami qanday ataladi?
*a) veb sayt
b) veb-portal
c) veb-resurs
d) veb-saxifa
Ko‘pgina kompyuter tarmoqlaridan tarkib topgan va yagona standart asosida faoliyat yuritadigan jahon global kompyuter tarmog‘i qanday ataladi?
*a) Internet
b) Brauzer
c) Internet Explorer
d) Lokal tarmoq
|